Qonunning 4-moddasi «Avtomobil transportida mulkchilik shakllari» deb nomlangan bo‘lib, bu moddada O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti xususiy va ommaviy mulk asosida
faoliyat ko‘rsatishi mumkinligi, avtomobil transportining barcha mulqdorlari teng huquqlarga egaligi va qonun himoyasidan bab-baravar foydalanishlari belgilab qo‘yilgan.
Avtomobil transporti yerlari (5-modda), avtotransport vositalarini tasniflash (6-modda) kabi masalalar ham Qonunda o‘z o‘rnini egallagan.
Qonunning 7-moddasi «Avtomobilda tashish turlari» deb nomlanib, bu moddada avtomobilda tashishlar shahardagi, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro tashishga bo‘linishi belgilangan va ularga ta’rif berilgan.
Avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va oshqarish, avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining asosiy vakolatlari Qonunning 9,10 va 11-moddalarida ta’kidlab o‘tilgan.
Avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya talablariga, Shuningdek, standartlar va texnik shartlarga, tibbiy-sanitariya va yong‘inga qarshi normalarga muvofi qlik sertifi katiga ega bo‘lishi lozimligi; avtotransport vositalarini standartlash, metrologiya va sertifi katlash ishlarini tashkil etish, muvofi qlashtirish va ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifi katlash markazi hamda boshqa davlat organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi; sertifi katlashdan o‘tmagan va belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmagan avtotransport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda avtomobilda tashishlar tashuvchilar tomonidan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshirilishi Qonuning 12 va 13-moddalarida belgilab berilgan.
Yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashish shartlari va tomonlarning javobgarligini nazarda tutuvchi tashish shartnomasi asosida amalga oshirilishi qonunning 15-moddasida belgilab qo‘yilgan. Tashuvchining huquq va majburiyatlari hamda mijozning huquq va majburiyatlari Qonuning 17–20-moddalarida belgilab berilgan. Tashish shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun javobgarlik; yuk yoki bagaj yo‘qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan (buzil gan) hollarda tashuvchining javobgarligi; tashuvchining yuk tashish uchun
avtotransport vositasini bermaganligi yoki o‘z vaqtida bermaganligi uchun javobgarligi; yuk tashish uchun tashuvchi tomonidan berilgan avtotransport vositasidan foydalanmaganlik uchun mijozning javobgarligi; yo‘lovchini jo‘natib yuborish kechiktirilgani uchun tashuvchining javobgarligi; yo‘lovchining hayoti yoki sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi uchun tashuvchining javobgarligi; mijozning zarar yetkazganlik uchun javobgarligi masalalari Qonuning 21–27-moddalarida belgilab berilgan.
Qonunda harakat xavfsizligini va ekologiya normalarini ta’minlashga katta ahamiyat berilgan, chunki yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i hamda yuk, bagaj va yuk bagajlarni o‘z vaqtida asrab-avaylab yetkazib berish, avtomobil transporti korxonalari xodimlarining mehnati va atrof-muhitni muhofaza qilish bevosita harakat xavfsizligiga bog‘liqdir. Shu bois Qonunning 29-moddasida harakat xavfsizligini va ekologiya normalarini ta’minlash, zaharlovchi, portlovchi, alangala nuvchi, radioaktiv, zaharli va boshqa xavfli yuklar faqat bunday yuklarni tashish qoidalari o‘z o‘rnini egallagan.
Qonunning 30-moddasi nizolarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Bunda uklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli avtotransport korxonalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga haqli ekanligi va bu talab va da’volarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyati Avtomobil transporti Nizomida belgilab qo‘yilganligi uqtirib o‘tilgan.
Tashishning umumiy shartlari hamda bunday tashish yuzasidan tarafl arning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodek siga muvofiq transport-ning ayrim turlariga oid ustavlar, kodekslar, boshqa qonunlar va belgilangan tartibda ularga muvofiq chiqarilgan qoidalar bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda avtomobil transporti tashkilotlarining o‘z mijozlari bilan bo‘ladigan munosabatlari Avtomobil transporti Ustavi bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |