Ma’ruza №9 mavzu: Grafit qazilmalarini flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi Reja



Download 142,51 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.05.2023
Hajmi142,51 Kb.
#941247
Bog'liq
N-MA’RUZA№ 9



MA’RUZA № 9 
MAVZU: Grafit qazilmalarini flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi 
 
Reja: 
1. Flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi. 
2. Flotatsiya usulida boyitish texnologik sxemalari. 
 
Flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi. 
Flotatsiyadan foydalanish juda kambag‘al grafit qazilmalarini, ya’ni 
tarkibida 3-5% grafit bo’lgan qazilmalarni boyitish imkonini beradi. 
Grafitning flotatsiya qobiliyati ko‘p jihatdan uning tuzilishiga bog‘liq. 
Kristalli va yoriqli grafitlar oson boyitiladi, kriptokristalli (amorf) grafitlar esa 
yomon boyitiladi va odatda uni chiqindi sifatida ko‘rilganligi boyiz boyitib 
olinmaydi. 
Kriptokristalli grafitlarining yomon flotansiyalanuvchanligi ularning o‘ta 
mayda zarracha shaklida tarqalganligi bilan izohlanadi, bundan tashqari ulardagi 
organik moddalar grafitni so‘ndiradi. Grafitni havoga kam miqdorda mumkin 
bo‘lgan kuydirish orqali uning flotatsiyasini yaxshilanadi. 
Grafit ko‘pikli reagent (qarag‘ay moyi yoki boshqalar) yordamida, 
shuningdek, yig‘uvchilar, asosan, kerosin, mazut, moy yordamida yaxshi 
flotatsiyalanadi. 
Hindistondagi fabrikalarda flotatsiyalashdagi pH = 4-5 muhidlarda amalga 
oshiriladi. 
Grafit flotatsiyasining turli bosqichlarida ultratovush ta’sirini o‘rganish 
natijasida reagentlarni emulsifikatsiya qilishda, qattiq moddaning bo‘tanada 
tarqalishi, reagentlarni konditsiyalashda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishda 
ultratovush yordamida boyitma sifatining oshishi flotatsiya jarayonida aniqlandi. 
Eng katta ta’sirga qattiq material bo‘tanada tarqalganda erishildi. Kamchiliklar 
orasida flotatsiya tezligining asosan pasayishi qayd etildi. 
Tadqiqotchilar grafit flotatsiyasi uchun yangi RAS puflash agentini taklif 
qilishdi, bu standart VKP bilan solishtirganda samaraliroq, arzonroq va toksik 
bo‘lmagan reagentdir. Ikki va uch fazali ko‘piklarning xossalari va barqarorligiga 
puflovchi moddalarning ta’sirini qiyosiy tadqiqotlar olib borilgan va grafit sirtining 
o‘lchamlari va fizik-kimyoviy xususiyatlarining ko‘piklanish jarayoniga ta’siri 
o‘rganilgan. Laboratoriya flotatsiyasi tadqiqotlariga ko‘ra, RASning optimal 
iste’moli VKPga qaraganda 3 baravar kam ekanligi aniqlangan. 
Ko‘pincha grafitga hamroh bo‘lgan kvarts, slyuda va bir qator puch tog‘ 
jinslari yoki minerallari so‘ndirish uchun suyuq shisha, sulfidli - siyanid, kaliy 
bikromatini ishlatiladi. 


Kriptokristalli grafit flotatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab 
tadqiqot institutlari tadqiqotlar o‘tkazgan. Shunday qilib, Gipronin metallurgiya 
instituti tarkibida 21,7% kul bo‘lgan gfafitdan, -0,08 mm 81% li sinf o‘lchamida 
yanchilgan, asosiy flotatsiyada olingan boyitmani 3 marta qayta tozalash bilan 
o‘tgazilgan flotatsiyalash sxemasiga ko‘ra, olingan boyitma 1 va 2-navlid bo‘lib 
uglerod miqdori 91,4-82,6%, mahsulot chiqishi 45,0 va 36,8%, ajralishi 52,1 va 
38,7% bo‘lgan. Bu holda reagentlar sarfi: kerosin - 3 kg/t, qarag‘ay yog‘i - 10 g/t 
(ishqoriy muhitda). Olingan boyitmani qo‘shimcha kimyoviy boyitishda kul 
tarkibini 2,2% gacha kamaytirish imkonini beradi. 
Sxemalarning texnik-iqtisodiy asoslanishiga ko‘ra, 1 tonna grafitni qayta 
ishlash uchun eng past xarajatlar o‘ziga xos boyitish jarayoni sifatida gravio-
flotatsiyalash sxemasi orqali olingan, shu jumladan o‘lchami 3-0 mm bo‘lgan 
grafitni cho‘ktirish orqali tayyor boyima, va oraliq mahsulot uchun 86-90% li -0,071 
mm sinfgacha yanchiladi hamada flotatsiya qilininadi. Asosiy flotatsiyalashda 98% 
li -0,071 mm sinfgacha yanchiladi va 4 marta qayta tozalash flotatsiyasidan 
o‘tkazildi. Flotatsiya jarayonida kerosin - 4,5 kg/t, qarag‘ay yog‘i - 10 g/t, suyuq 
shisha - 4,5 kg/t ishlatilgan. Kambag‘al rudadan (uglerod miqdori 70-75%) olingan 
bo‘ladi: 
• chiqishi 65,2-69,7% va uglerod ajralishi 75,6-78,7% bo‘lgan boyitmalar 1-
navli boyima hisoblanadi (kul miqdori 12,9-12,1%);
• 2-navli boyitmalarda (20,2-16,0% miqdorida) kul tarkibi 19,35-18,5% va 
uglerodning ajralishi 20,8-16,8%. 
Boy rudalarni boyitish (uglerod miqdori 87%) samarasiz, chunki 
boyitmalardagi kul miqdori dastlabki rudaga nisbatan atigi 3,5% ga kamayadi. 
Bunday rudalar, dastlabki maydalash bosqichidan so‘ng, kam kulli boyitmalar olish 
uchun ularni kimyoviy tozalashdan o‘tkazish tavsiya etiladi. Kul miqdori 30% 
bo‘lgan rudalarni boyitish juda qiyin va shuning uchun boyitish uchun tavsiya 
etilmaydi. 
Xorijiy mamlakatlarda kriptokristalli grafitni boyitish rudalarni saralash 
(Avstriya, Meksika), grafit va boʻsh jinslarning teng boʻlmagan yanchish 
qobiliyatiga asoslangan holda tanlab yanchish usuli (Avstriya, Italiya) va flotatsiya 
usulida (Avstriya, Yaponiya, Chexoslovakiya) amalga oshiradi. 
Avstriyaning Graphitwerke Kaiserbery fabrikasida 60% uglerod tarkibli 
rudani qayta ishlaydi. Flotatsiya o‘lchamiga qadar oldindan maydalangan ruda uch 
marta tozalash va ko‘pik mahsulotini bir marta qayta maydalash bilan flotatsiyadan 
o‘tkaziladi. Flotatsiya jarayonida kerosin, suyuq shisha, qarag‘ay yog‘i ishlatiladi. 
Boyitishdan so‘ng uglerod miqdori 90-92% bo‘lgan boyitma olinadi. 
“Ruda ulushi” boyitish fabrikasida (Chexoslovakiya) asosiy flotatsiya va 
olingan flotoboyitmani to‘rt marta tozalashni o‘z ichiga olgan flotatsiya sxemasiga 


ko‘ra, asosiy flotatsiya konsentratini qayta maydalash bilan uglerod miqdori 45 dan 
60% gacha va ajralishi 70-74% bo‘lgan grafit boyitmasining to‘rtta navli olinadi. 
Flotatsiyalash pH = 6-7 muhidda kresol va moy bilan amalga oshiriladi. 
Silikatlarni olib tashlash uchun suyuq shisha ishlatiladi. Ftorsilikat 
kislotasining kichik dozalarini qo'shish foydali ekanligini isbotladi. Flotatsiyalash 
zaif ishqoriy bo‘tanada ham sodir bo‘lishi mumkin. Boyitishdan so‘ng uglerod 
miqdori 94% gacha bo‘lgan boyitma olinadi. 
Yaponiyada (Toxoku viloyati) boyitish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, amorf 
grafitning yetarli darajada to‘liq flotatsiyasiga erishish uchun kerosin qo‘shilishi 
zarur. Arsenik kislotadan foydalanish jarayonni tezlashtiruvchi vosita sifatida juda 
samarali. Flotatsiyalanishi qiyin bo‘lgan grafitni boyitishda eng yaxshi natijalarga 
oleyk kislotasi bilan erishish mumkin. Biroq, tozalangan grafitning sifati past. 
Kvarts va loydan tozalovchi sifatida kremniy kislota tuzi eng samarali hisoblanadi. 
 

Download 142,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish