Meksikani tog‘lar mamlakati. deb atash mumkin. chunki Meksika hududining yarmi
dengiz sathidan 1000 m. balandlikda joylashgan. Uning tabiiy boylik
zahiralari juda katta
bo‘lib. bu sohada Lotin Amerikasida birinchi o‘rinda turadi . SHuning uchun ham turizm
sohasini rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega mamlakat. Meksika qadimiy va boy
madaniyatga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. U yerda dunyoga mashhur
asori – antiqalar nihoyatda ko‘p. muzey va kutubxonalarda qadimiy ko‘rgazma va qo‘lyozmalar
saqlanib qolgan. Meksikada avtomobilsozlik. elektronika va elektrotexnika yetakchi sohalardan
hisoblanadi. Mamlakatda yiliga 390-400 ming avtomobil‘ ishlab chiqariladi.
Mamlakatda
transport vositalari yaxshi rivojlangan. 26.5 ming km. temir yo‘l. 237 ming km.
avtomobil‘yo‘llari mavjud.
Dengiz flotlari Tinch va Atlantika okean qirg‘oqlarida joylashgan. Mamlakatda 53 ta
aeroport bo‘lib. Meksika shaharlari va yetakchi davlatlar bilan havo aloqalari o‘rnatilgan.
Yalpi milliy mahsulot 728.2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi . Meksikada turizm sohasi
faoliyati ham ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan chet el valyuta tushumlarining 10%i turizm
sohasiga to‘g‘ri keladi. Xorijiy turistik tashriflar bo‘yicha Meksika davlati Amerika qit‘asida
AQSH va Kanadadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi . 2000 yilda Meksikaga 20 million 641
ming xorijiy turistlar tashrif buyurgan. bu ko‘rsatkich 1999 yilga nisbatan 5.0% o‘sishni
tashkil etgan. 2001 yilda 2000 yilga nisbatan xorijiy turistlar tashrifi 4.0%ga kamaygan. 2002
yilda 19.7 mln. chet el turistlari tashrif buyurgan 2001 yilga nisbatan 0.7% ga tashriflar
sonini kamayishi kuzatilgan.
Meksika turizm bozorini asosan AQSH. Kanada. Yevropa Ittifoqi davlatlari. Markaziy
Amerika. Osiyo va Tinch Okeani hududidagi mamlakatlar ta‘minlaydi .
Meksika aholisining turmush tarzi nihoyatda notekis. Barcha daromadlarning 45%i
10% aholi qo‘lida to‘plangan. 69% aholi nochor ahvolda yashaydi.
Meksika mamlakatida
umuman. ko‘pgina ijtimoiy masalalar o‘z yechimini kutmoqda. SHuning uchun ham
mamlakatda chetga chiqish va ichki turizm kam rivojlangan. Biroq mamlakatda turizm
sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar va turistik resurslar mavjud.
Meksika mamlakati xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha. jahon turistik tashriflarning 2.7%i . Amerika mintaqasiga qilingan
tashriflarning 17.1%i Meksika mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002
yilda
xorijiy turistlar tashrifi 0.7% ga kamaygan.
Xalqaro turizm tushimlari bo‘yicha jahon turizm daromadlarining 1.9%i . Amerika
mintaqasi tushimlari bo‘yicha 7.8% ni tashkil qilgan.
2001 yilga nisbatan 2002 yilda daromadlar miqdori 5.4% ga o‘sganligi kuzatilgan.
Har bir xorijiy tashrif Amerika mintaqasida o‘rtacha 995 AQSH dollarini tashkil qiladi.
Meksika davlatida esa 2002 yilda har bir xorijiy tashrif 452 AQSH dollarini tashkil etgan.
Bu Meksikada turizm industriyasini. servis xizmatlarini yaxshi rivojlanmaganligidan dalolat
beradi. Meksika O‘zbekiston respublikasini 1991 yil 26- dekabrda tan oldi va 1992 yil 16
martidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi siyosiy. iqtisodiy
va madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda Braziliya davlatining turizmi Braziliya Janubiy
Amerikada joylashgan davlat. Braziliya hududining kattaligi 8.5 mln. kv. Km..
aholisining
soni 162.6 mln. kishi. Lotin Amerikasidagi eng yirik va iqtisodiy jihatdan qudratli davlat
hisoblanadi. Amerika qit‘asidagi AQSH va Kanadadan boshqa davlatlar Lotin Amerikasi deb
yuritiladi. Bu mamlakatga xos muhim xususiyat shundan iboratki . bu mamlakatda portugal tili
davlat tili hisoblanadi. vaholanki . Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlarda asosan ispan tili
davlat tili hisoblanadi. Braziliya 1500 yili portugaliyaliklar tomonidan kashf etilgan . XIX
asrga qadar Portugaliya mustamlakasi bo‘lgan.
Braziliya «qizil daraxt» degani . 1822 yilda mustaqil imperiyaga aylandi. 1889 yili
respublika deb e‘lon qilinadi . Bozor munosabatlari asosida rivojlanish yo‘lini tanlab olib.
Muhim islohotlar o‘tkazildi. Yirik shaharlari Braziliya 1.6 mln.. San-Paulu 15.4 mln.. Rio
– de Janeyro 9.8 mln.. Belu-Orizonti 2.1 mln.. Sal‘vador 2.1 mln.. Fortaleza 1.5 mln. kishi
istiqomat qiladi .
Braziliya va mintaqadagi boshqa davlatlarning yana bir muhim xususiyati shuki . ularning
iqtisodiyoti xorij sarmoyasiga. birinchi navbatda. AQSH ga bog‘liq. SHu sababli
braziliyaning
tashqi qarzi 125 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi . Braziliya bu qarzni to‘lash u yoqda
tursin . xatto uning foizini to‘lashga ham qodir emas.
Mamlakatda 1980 yillardagina bir qancha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. xorij sarmoyasiga
qaramlikdan chiqish chora–tadbirlari ko‘rildi va asta – sekinlik bilan industrializatsiya sari
yo‘l tutildi . chunki mamlakat iqtisodi asosan agrar sohaga asoslangan edi.
Hozirgi kunda Braziliya mintaqada iqtisodiy jihatdan ancha rivojlangan davlatga aylandi.
Yalpi ichki mahsulot miqdori 375 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib . o‘ninchi o‘rinni
egallaydi. YaMM miqdori 886.3 mlrd. AQSH dollar. jon boshiga esa 5580 dollarni tashkil etadi
Braziliya kofe yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi .Mamlakatning
asosiy savdo
sheriklari: AQSH. Farbiy Yevropa mamlakatlari. OPEK. ya‘ni neft‘ qazib oluvchi 11 davlat.
Yaponiya. Kanada va Lotin Amerikasidagi davlatlardir Transport vositalari ichida avtomobil‘
asosiy bo‘lib. 1.7 mln. km. avtomobil‘ yo‘li mavjud. Temir yo‘llarning uzunligi 30.6 ming
km. Asosiy dengiz portlari – Paramaribo. Kayenna. Fortaleza. Natal. Rio-de –Janeyro.
Sal‘vador. Vitoriya va boshqalar. Mamlakat hududining 60%ni o‘rmonlar tashkil etadi .
Qimmatbaho turdagi daraxtlar zahirasi bo‘yicha Braziliya jahonda birinchi o‘rinda turadi .
ammo ulardan unumli foydalanilmaydi . Aholining 42%i xizmat sohalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Braziliya turizm sohasi bo‘yicha juda katta imkoniyatlarga ega. lekin mamlakatda turizm
juda sekinlik bilan rivojlanmoqda. Braziliya iqtisodiyotida xizmat sohalari nufuzi ortib
borayotgan bo‘lsa ham. turizm va u bilan bog‘liq tarmoqlar sust rivojlanmoqda. 2002 yilda
mamlakatga 3.8 mln. ga yaqin xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Lekin 2001 yilga nisbatan
20.7% ga tashriflar soni kamaygan.
O‘rta darajada rivojlangan Braziliya iqtisodiyotida bir qancha muammolar mavjud.
Yuqorida ta‘kidlanganidek. bu asosan tashqi qarzlar bo‘lib.
ular yildan yilga oshib
bormoqda. Mamlakatdagi boylik nihoyatda notekis taqsimlangan . 10% aholi qo‘lida 90%
boylik to‘plangan . 40 mln. aholi esa qashshoqlikka mahkum etilgan . ishsizlar soni 10 mln.
dan ortiq kishini tashkil etadi . 23 mln. aholi savodsizdir.
SHuning uchun ham mamlakatda turizm industriyasi sust rivojlanmoqda.
Braziliya mamlakati xalqaro turizm harakatlarini iqtisodiy tahlil natijalarini o‘rsatishicha.
jahon turistik tashriflarning 0.54% ni . Amerika mintaqasiga qilingan tashriflarning 3.3%i
Braziliya mamlakatiga to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi
– 20.7% ga kamaygan. Xalqaro turizm tushumlari bo‘yicha. jahon turizm daromadlarining
0.65%i . Amerika mintaqasi tushumlari bo‘yicha 2.7% ni tashkil qilgan. 2001 yilga nisbatan
2002 yilda daromadlar miqdori – 16.0% ga kamayganligi kuzatilgan. Har bir xorijiy tashrif
Braziliya mamlakatida 825 AQSH dollarni tashkil qilgan. Jahon bo‘yicha bu ko‘rsatgich
18.2% ga yuqori bo‘lgan. Amerika mintaqasi bo‘yicha 20.6%ga past bo‘lgan.
Braziliya turizm
bozorini asosan AQSH. Buyuk Britaniya. Kanada. Germaniya.
Meksika. Frantsiya. Yaponiya. Skandinaviya mamlakatlari ta‘minlaydi . O‘zbekiston
Respublikasi bilan Braziliya federativ Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar endigina
shakllanmoqda. Bu mamlakat bizning respublikamizni 1992 yilning 26 yanvar kuni tan olgan
bo‘lsa. 1993 yilning aprelidan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Dastlabki Braziliya
sayyohlari O‘zbekistonga tashrif buyurganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: