Maruza 6
Jilliliq hadiyseleri haqqindagi taliymattin rawajlaniw tariyxi
Reja:
1. Issiqlikning mexanik nazariyasi to`grisida J. Dal`ton, Gey-Lyus-
sak va Avogadro ishlari.
2. Issiqlik fizikasi va atomistika soxasida J.K. Maksvell, L.Bol`tsman, G.I. Gess va D.Gibbs ishlari.
3. A.Eynshteyn va Smoluxovskiy tomonidan Broun xarakati nazariyasining yaratilishi va uning J.Perren tomonidan eksperimental tasdiqlanishi.
Adabiyotlar:
1. P.S.Kudryavtsev. «Kurs istoriii fiziki», 228-248 betlar.
2. B.I.Spasskiy. «Istoriya fiziki», 2-chast`, 76-92 betlar.
J. Dal`ton ximiyaga atom og’irligi tushunchasini kiritdi va ximiyaviy elementning belgilanishini taklif qildi. Lekin fanda boshlangan yangiliklar ko`p olimlar tomonidan bir-biridan bexabar xolda ochiladi. Masalan o`sha davrda moddaning atom og’irligini nemis olimi I. Rixter (1762-1807) tomonidan ixtiro qilingan edi.
1802 yil J. Dal`tondan bexabar xolda o`zgarmas bosimda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligini frantsuz fizigi va ximigi Jozef Lui Gey-Lyussak (1778-1850) tomonidan ochildi, lekin bu kashfiyot nazariy jixatdan J. Dal`ton gaz nazariyasida tushuntirilgani uchun Gey-Lyussak qonuni eksperimental qonun sifatida qabul qilindi.
1811 yil italyan fizigi va ximigi Amedeo Avogadro (1776-1856) atom-molekulyar nazariyasini rivojlantirib, «bir xil temperaturada, bir xil bosimda va teng hajmlardagi gazlardagi molekulalar soni bir xil bo`ladi», deb aytadi. Bu son fizikada Avogadro soni 6,02/1023 mol`-1 dan yuritiladi. Avogadro bir xil element molekulasi bir qancha atomlardan tarkib topganligini ham aytib o`tadi, bu bilan u Gey-Lyussakning eksperimental qonunini atom-molekulyar nazariyasi bo`yicha tushuntirilishida yordam beradi.
Jon Dal`ton, Bertsellius va boshqalar fanda Avogadroni bu nazariy kashfiyotini ham tan olmadilar va natijada ximiyada atomistikaning rivojlanishi 19 asrning 60 yillarigacha orqaga surildi. Jerar (1816-1850) va italyan ximigi Kannitstsaro (1826-1910) lar tomonidan Avogadro soni tajribada tasdiqlanganidan so`ng Avogadroning atom-molekulyar nazariyasi ximiyada rivojlandi va uni fizikada qo`llanilib issiqlikning molekulyar-kinetik nazariyasining rivojlanishiga olib keldi hamda Klauzius gazlarning kinetik nazariyasi formulasi ni 1857 yili berdi. Demak Joul` va boshqa olimlar issiqlik bu kinetik energiyaning bir ko`rinishidir. Energiyaning saqlanish qonuni klassik mexanika tushunchasidan harakatdagi molekula va atomlar bir-birlariga tortilish va itarish kuchlaridan tashkil topgan bu energiyaning saqlanish qonunining bir ko`rinishidir. Demak xulosa qilib aytganda, gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi klassik mexanika qonunlariga asaoslangan bo`lib shu qonuniyat asosida tushuntirilar edi.
Jeyms Klark Maksvell 13 iyun 1831 yil sayoxatchi ixtirochi Jon Klerk oilasida Shotlandiyada tug’ildi. U 10 yoshida Edinburg akademiyasining o`rta o`quv gimnaziyasida o`qidi. U 5 yildan so`ng o`kishida geometriyaga qiziqib o`zicha geometrik jismlarning modelini chiza boshladi.
Maksvell 1847 yili Edinburg universitetiga o`qishga kirib uning fandagi dunyoqarashi shakllana boshladi va u fizikaga qiziqa boshladi. 1850 yili Edinburg Qirolligi jamiyatida elastik jismlarning muvozanati temasida doklad qildi, hamda elastik materiallar qarshiligi nazariyasini yaratdi.
21 sentyabr 1859 yili Buyuk Britaniya Assotsiatsiyasi yig’ilishida J. K. Maksvell «Gazning dinamik nazariyasiga doir tushunchalar» degan temada doklad qilib molekula ham birqancha mayda materiyalardan tashkil topgan va ularning harakati tabiat qonunlariga bo`ysunadi, deydi. Olimladan Daniil` Bernulli, Joul`, Kryonig, Klauziuslarning gazning bosimi, temperaturasi va zichligi o`rtasidagi o`zaro qonuniy bog’liqligini o`rganib, gaz molekulalarining o`zaro to`qnashishi natijasida har bir to`qnashishda zarrachalarning tezligini o`zgarishi uning o`rtacha to`qnashishlari soniga bog’liqligini isbotlaydi. Maksvell gaz qonunlarida molekulalarning bir xil temperaturada gaz molekulalari erkin to`qnashadi va har bir gaz zarrachalarining massasi molekulalari tezligi kvadratiga teskari proportsional ekanligini isbot etadi.
Umuman Maksvellning gaz molekulalarining elastik sharsimon deb tushuntirishi N`yuton mexanikasi qonunlari orqali tushuntirishda osongina keltirib chiqaradi.
Lyudvig Bol`tsman 20 fevral 1844 yili Vena shahrida tug’ilgan. U Vena, Geydel`berg va Berlin universitetlarida o`qidi. U hali talabalik yillarida (1865) «Notekis yuzalarda elektr harakati haqida» nomli ilmiy ishini chop ettirdi.1867 yil Bol`tsman universitetni bitiradi va «Gazlarda atom va modlekulalar soni va gazlarning ichki ishi» nomli ilmiy maqolasini e`lon qiladi. Bol`tsman 1869 yili Grashs universitetining fizika soxasi bo`yicha professorlik unvoniga sazovor bo`ladi, hamda universitetning eksperimental fizika kafedrasini boshqaradi va o`sha zamon asbob –uskunalari bilan jixozlangan fizikadan eksperimental laboratoriya tashkil etadi. 1873 yili Venaga qaytib keladi va matematika kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi. 1876-1889 u yana Gratse universitetiga qaytib, statistik fizika bo`yicha bir qancha muxim ishlarni amalga oshiradi. 1884-1894 yillari Myunxen universiteti professori, 1902 yildan to umrining oxirigacha Venaga ishlaydi va 1906 yil 16 sentyabrda vafot etadi.
Bol`tsman o`z xayotida fizikaning fundamental ishlaridan bu statistik mexanika, termodinamikaning ikkinchi qonuniga qo`shgan ishlarida olamshumul ahamiyatga ega.
Jozayya Vilard Gibbs 11 fevral 1839 yil N`yu-Gavana shtatining professor oilasida tug’ilgan, uning oilasi shtatlardan 3 yilga 1866 yili evropaga ko`chib keladi. U Parijda va Berlinda o`qiydi, mashhur olimlar Kirxgof va Gel`mgol`tslardan saboq ologan. Uning birinchi ilmiy ishi, ya`ni doktorlik dissertatsiyasi texnik mexanikaga bag’ishlangan edi. 1873 yili uning birinchi termodinamik ishi «Termodinamik suyuqliklarning grafik metodi» ishi edi. U o`ziningn ishlarida termodinamik ish Karno tsiklinigrafik ifodalab, grafikning yuzini hisoblash orqali termodinamik ishni hisoblab chiqarish mumkin ekanligini ko`rsatgan. Uning ishlarida 1) entropiya va temperatura, 2) entropiya va hajm, 3) hajm logarifmetri, 4) temperatura va bosimlarni sodda usulda, ya`ni berilgan qiymatlarida grafik usulda yuzani topib uning qiymatlarini hisoblashni ko`rsatadi. Gibbs bu ishlarini Maksvell yuqori baholagan edi, uning metodi bilan istalgan moddaning grafigi orqali uning parametrlarini o`lchash mumkinligini ta`kidlaydi. Gibbs termodinamikada termodinamik funktsiyalar metodini qo`llagan olimlardan biridir.
Gibbs juda ko`p akademiyalarning a`zosi bo`lgan. 1902 yili uning «Statistik mexanika asoslari» ilmiy ishlari to`plami chop etilgan. Bu bilan u molekulyar kinetik nazariya faqat issiqlik hodisasini mexanik holatda tushunishdan, issiqlikning fizikaviy va ximiyaviy jarayonlarda o`rnini aniqlashga hissa qo`shgan. U 1903 yili 28 aprelda bevaqt olamdan o`tgan.
M.Plank 1909 yili N`yu-Yorkda Kolumbiya universitetida lektsiya o`qiyotganida Gibbsning entropiyasini tushuntirilishini jahon bo`yicha eng sodda metod deb tan olgan.
Al`bert Eynshteyn 14 mart 1879 yili Ul`ms (Germaniya) shahrida kichik komersant oilasida tug’ilgan. Uning otasi komersant bo`lgani uchun ham Al`bert yoshligida shaxarma-shaxar ko`chib yurishga to`g’ri kelgan, shu sababli u to`liq o`rta ma`lumot ola olmagan. U 16 yoshida Oliy texnika maktabiga (Tsyurix, Shveytsariyada) kirish imtixonlaridan o`tolmay o`rta maktabni bitirgandan so`ng o`sha Tsyurixdagi Oliy politexnika maktabining pedagogika fakultntiga o`qishga kirib 1900 yili tugatadi. U o`sha davrda har doim o`zlashtiruvchi bo`lmagan, u ko`pgina fanlarni maktabda majburan o`qitilishiga qapshi edi. Oilasi o`sha paytda Italiyada bo`lgan. 1902 yilda Eynshteynning otasi vafot etadiyu Moliyaviy qiynalgan Eynshteyn 1901 yili texnikumda matematikadan dars beradi, 1902 yilgacha u repetitorlik qiladi va 1902 yildan 1909 yilgacha Bern shahrida patentlik byurosida inspektor lavozimida ishlaydi va o`zining ilmiy ishlari bilan shug’ullanadi. Uning birinchi ilmiy ishlari Molekulyar fizika va termodinamikaga bag’ishlangan edi. U Broun harakatining nazariyasini yaratadi, bu nazariyani u «Molekulalarning o`lchamini aniqlashning yangi metodi» deb atagan edi. 1906 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va 1905-1908 yillari «Issiqlik o`tkazuvchanlikning kvant nazariyasi» ni yaratadi. 1911 yili Praga universitetiga nazariy fizika bo`yicha professorlik lavozimida ishlaydi, lekin 1 yildan so`ng Tsyurixga qaytib borib o`zi o`qigan Oliy politexnika maktabida professorlik lavozimida ishlaydi. 1914 yili Berlindagi Prussiya akademiyasining a`zosi etib saylangandan so`ng Berlinga ko`chib o`tadi. 1922 yili Nisbiylik nazariyasi uchun u Nobel mukofoti sovrindori bo`ladi.
Germaniyada vujudga kelgan fashizm Eynshteynga tazyiq o`tkaza boshlaganidan so`ng u AQSh ning Oliy ilmiy tekshirish Priston institutiga ketadi. U o`z ilmiy ishlarida massa va energiya orasidagi bog’lanishni yaxshi tushungani uchun 1939 yil prezident Ruzvel`tga xat yozib atom energiyasidan foydalanishning xunuk oqibatga olib kelishini aytadi. U Xirosima va Nagasakidagi atom bombasining portlashini juda katta qayg’u bilan qarshi oladi va hayotining oxiriga 1955 yil 18 aprelgacha jahon jamoatchiligini atom urushining oldini olishga chaqiradi.
Eynshteyn o`zining «Nisbiylik nazariyasi» bilan mashhur bo`lsa-da, u «Issiqlik o`tkazuvchanlikning kvant nazariya» sini yaratib N`yuton klassik mexanikasidagi ko`pgina noaniqliklarni tushuntira olgan.U issiqlikning kinetik nazariyasi va atom gipotezasini tushuntira oldi, Broun harakatidagi zarrachalarni oddiy zarrachalar deb ularning harakatini esa issiqlik harakati deb tushuntiradi.
Bir vaqtning o`zida Broun harakatini o`rganishda Marian Smoluxovskiy (1872-1917) tomonidan eksperimental molekulalar-ning harakati uning issiqlik harakati ekanligi isbotlandi va ato-mistik gipoteza orqali tushuntirilishi aytildi.
Issiqlikning kinetik nazariyasi va moddalarning atom molekulalardan tashkil topgani eksperimentator frantsuz fizigi J. Perren tomonidan ham isbotlangan.
1906 yili o`zining xodimlari bilan Bol`tsman tomonidan aytilgan gaz molekulalarining harakati balandlik bo`ylab energetik tasdiqlandi.
Takomillashtirish uchun savollar.
Natural falsafaning mazmuni nimadan iborat ? bunda asosan qaysi fan o`tiladi?
J. Dal`ton elementning ximiyaviy belgisini birinchi bo`lib taklif qildi, lekin bundan foydalanilmadi. O`sha davrda qaysi olimning ximiyaviy belgisi tan olingan edi ?
Issiqlikning molekulyar-kinetik nazariyasini N`yutonning klassik mexanikasi qonunlari orqali tushuntirish nima uchun ancha vaqtgacha qiyin kechdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |