Маъруза №20
O‘zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari
Avvalgi paragraflarda aytib o‘tilganidek, nochiziq qarshilik chiziqli qarshilikdan quyidagi umumiy xossalari bilan tubdan farq qiladi:
1) VAXning bir bo‘lagidan boshqa bo‘lagiga o‘tganda statik va dinamik qarshiliklar qiymatlari o‘zgarishsiz saqlanmaydi;
2) statik va dinamik qarshiliklar umumiy holda bir-biriga teng emas (ular VAXning ayrim nuqtalari va bo‘laklarida bir xil bo‘lishi mumkin);
3) nozichiq element nosimmetrik xarakteristikaga ega bo‘lishi mumkin: qarshilikning qiymati elementga berilgan kuchlanish ishorasiga bog‘liq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, nochiziq element ventil xususiyatiga ega bo‘ladi.
Nochiziq elementlarning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda olingan xarakteristikalari ko‘pchilik hollarda bir-biridan tubdan farq qiladi. Ammo ayrim guruh nochiziq elementlarda VAX, kulon-volt va veber-amper xarakteristikalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda bir xil bo‘ladi. Bunday nochiziq elementlar noinersion nochiziq elementlar deb ataladi. Shu nuqtai nazardan o‘zgaruvchan tok zanjiridagi nochiziq elementlar aktiv, induktiv va sig‘im elementlarga bo‘linadi. Bu elementlarning har biri boshqarilmaydigan va boshqariladigan turlarga bo‘linadi.
6.23-rasm
Nochiziq va nosimmetrik VAXli element yordamida o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash, ya’ni o‘zgarmas tokka o‘zgartirish, signalni modulyatsiyalash yoki demodulyatsiyalash mumkin. Simmetrik xarakteristikaga ega bo‘lgan nochiziq reaktiv elementlar yordamida chastotani ko‘paytirish, kuchlanishni mutadillash va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Agar noinersion nochiziq elementga sinusoidal kuchlanish berilsa, u holda xarakteristikaning nochiziqligi tufayli elementlardan o‘tadigan tok nosinusoidal bo‘ladi (6.23–rasm, а). O‘z navbatida nochiziq element orqali sinusoidal tok o‘tkazilsa, undagi kuchlanish tushuvi nosinusoidal bo‘ladi (6.23–rasm, b). Shunday qilib, aytish mumkinki, nochiziq element nosinusoidal kuchlanish va tok manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ayrim nochiziq qarshiliklarda xarakteristikaning nochiziqligi elementni tokdan qizishi natijasida undagi haroratning o‘zgarishi tufayli yuz beradi. Haroratning o‘zgarishi inersion jarayon bo‘lganligi sababli nisbatan kichik (f=50 Gs) chastotalarda ham nochiziq elementning harorati va qarshiligi o‘zgaruvchan tok davri mobaynida o‘zgarmay qoladi. Shuning uchun ham kuchlanish va tok oniy qiymatlari orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lib, ularning ta’sir etuvchi qiymatlari orasidagi bog‘lanish esa nochiziq bo‘ladi. Bunday nochiziq elementlar inersion elementlar deyilib, ularga cho‘g‘lanish lampasi, baretterlar, yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |