MA`RUZA 4
Mavzu Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari
REJA
1. O’qitish metodlari haqida umumiy tushuncha.
2.Tabiatni og`zaki o’qitish metodlari.
3.Tasviriy ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatish asosidagi suhbat.
4. O’qilgan darslik mavzusi (maqolasi) asosida suhbat.
Tayanch tushunchalar:
O’qitish metodlari, og`zaki o’qitish metodi, kuzatishko’zgarmali metodi, tasviriy ko‘rgazmali qurollar, o’qilgan darslik mavzusi (maqolasi), amaliy o’qitish metodlari, ko’rgazmali o’qitish metodlari, metodik uslub.
1. O’qitish metodlari haqida umumiy tushuncha.
O’qitish metodi deganda o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘langan faoliyati tushuniladi, bu jarayonda o‘quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoqarashi shakllanadi
Tabiatshunoslikni o‘qitish amaliyotida turli xil o‘qitish metodlari qaror topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
a) o‘quvchilar bilim oladigan manbalar;
b) o‘quvchilar faoliyatining xarakteri;
d) o'qitish jarayonida o‘quvchilar faoliyatining xarakteri
Tabiatshunoslikni o’qitish metodlari asosan uch guruhga bulinadi.
Og`zaki o’qitish metodlari materialni uqituvchining og`zaki bayon qilib berishi, suhbat utkazishi, kitob bilan ishlashish.
Ko’rgazmali o’qitish metodlaridemonstratsiya qilib kursatuvlar, uzicha kuzatishlar,ekskursiyalar.
Amaliy o’qitish metodlari og`zaki va ezma mashg`ulotlar, grafik va laboratoriya ishlar.
O’qitish metodlarini metodik uslublar bilan adashtirmaslik kerak.
Metodik uslub faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko'rgazmali qurollarni, kinofilmlardan fragmentlami, diafllm, diapozitivlarni ko'rsatish, doskadagi sxe- malardan, rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, geografiya maydonchasi, maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar vaqtida u yoki bu boshqa faoliyatni ko‘rsatish va hokazolar). Metod va metodik uslublar o‘zaro chambarchas bog‘Iiqdir. Ularning didaktik birligi shundan iboratki, ular bir-biriga o‘tishi mumkin. Masalan, o‘quvchilar bajaradigan tajribalar o‘qitish metodi hisoblanadi, tajribani o‘qituvchi tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o‘qituvchi tomonidan diafllm namoyish qilinishi metodik uslub hisoblanib, o‘quv filmlarini ko‘rish 0‘qitish metodi ham boiishi mumkin. Metod va uslublardan kompleks holda foydalaniladi, ular bir- birlarini toidiradi, o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarini bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga, tabiat- shunoslik kursida tushunchalarni to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi. Har bir metod turi kichik uslublardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |