Rudani o‟z-o‟zidan yonuvchanligi
. Bu xususiyat tarkibiy qismida oltingugurt
ko‘p bo‘lgan kolchedanli rudalarga taalluqli, oltingugurt qo‘porilgan rudani qizdiradi
natijada ruda o‘z-o‘zidan yonadi. Yer osti yong‘ini sul‘fidli rudalarni yonishidan hosil
bo‘lib, uni o‘chirish katta qiyinchiliklarga olib keladi, bu o‘z navbatida korxonaga katta
zarar keltiradi. Bunday yong‘in xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilinmalik sababli
yuzaga keladi.
Namlik sig‟imi
. Ruda tabiiy holatda va qo‘porilib parchalanganda suvli, namli
va quruq ko‘rinishda bo‘ladi. Rudani suvliligi rudadagi suv miqdori va rudani tarkibiga
suv singuvchanligiga bog‘liq bo‘lib, bu suv miqdori 1 m
3
hajm
rudadagi suvning hajmi bilan o‘lchanadi.
Rudani namligi uning zichlanib qolishiga ta‘sir etadi, qish vaqtida esa muzlab
qolishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |