Ma’ruza №3 Mavzu: Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash materiallari. Dars maqsadi



Download 114 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2022
Hajmi114 Kb.
#863214
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza ¹3 Mavzu Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash mate (1)

YOg‘och materiallar.
YOg‘och mustahkamlovchi material sifatida kon-qidiruv lahimlarini mustahkamlash uchun ko‘p ommalashgan materialdir. Quyidagi daraxt turlari ko‘p qo‘llaniladi: archa, sosna, tilog‘och, kedr, pixta. YOg‘ochli tuzilishlar afzalligi: oddiy tayyorlanishi, tiklashning yuqori bo‘lmagan mehnati, yuqori bo‘lmagan dastlabki qiymat. Kamchiliklari: er osti sharoitlarida kam muddat ishlatilishi, yong‘inga xavfli, chirishga moyilligi, ko‘p marotaba ishlatilishga yaroqli emasligi. Archa va pixtaga qaraganda sosna yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lganligi uchun ko‘p ishlatiladi.
Mustahkamlash inshooti tayyorlash uchun imkoniyat darajasida quruq yog‘och qo‘llash lozim. Ninabargli daraxtlar uchun me’yoriy namlik 10—12%, tilog‘och - 14—15% ni tashkil etishi lozim. YAngi kesilgan yog‘ochda o‘rtacha namlik 40% tashkil etadi. YOg‘ochda namlik kamayishi va zichlik ortishi bilan uning mexanik xossalari ortib boradi. YOg‘ochning nuqsoni – (buralma qatlam, sershox, chirishi) uning mexanik xossalarini keskin pasaytiradi. CHirigan yog‘ochlarni qo‘llash mumkin emas.
Mustahkamlash yog‘ochlarining sortlari. Aylana yog‘och turlariga quyidagilar kiradi: g‘o‘la (xari), podtovarnik, ustun, arralangan materiallarga – yassi taxtacha (arralangan), to‘sin, taxta va obapollar (cheti bo‘rtiqli taxta). Lahimlarni mustahkamlashda ko‘proq ustun va obapollar ishlatiladi. Xoda – yog‘och stvol kesmasi, uzunligi 5m.dan 9 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 12sm. va undan ortiq. Podtovarnik – aylana yog‘och, uzunligi 3m.dan 9 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 9sm dan 11sm gacha. Kon ustunlari - aylana yog‘och, uzunligi 0,5 m.dan 5 m.gacha va yuqori yon yuza qalinligi 7sm dan 30 sm gacha. Ustun uzunligi og‘ishi ±2 sm o‘lchamgacha joiz, diametri — 0,5 sm ustun qalinligi 11 sm gacha (oxirgi o‘lcham) va 1 sm ustun qalinligi12 sm bo‘lganda.
Kon lahimlarini mustahkamlash uchun quyidagi arralangan yog‘ochlar qo‘llaniladi: arralangan taxta – bo‘ylama o‘q uzunasiga o‘rtasidan arralangan ustun. Arralangan taxta va yassi taxtacha asosan vaqtinchalik krepda yuqori to‘sin va shurflarni mustahkamlash sifatida, shuningdek, yon yoqlarni tortib bog‘lashda va lahim shipida qo‘llaniladi. To‘sinlar – qalinligi eniga teng yoki enining yarmidan ortig‘iga teng bo‘lgan arralangan materialllar.Agar qalinligi va eni 10sm va undan kam bo‘lsa, u to‘sincha deyiladi. To‘sin tomonlari kant (hoshiya) deyiladi. To‘sinlar ba’zan qidiruv shaxtalarida uncha chuqur bo‘lmagan stvollarni mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. To‘rt kanatli va ikki kanatli to‘sinlar mavjud, oxirgisida faqat ikki tomoni arralangan bo‘ladi. To‘sinlar uzunligi 1m dan 6,5 m gacha o‘zgarib turadi, kesimi – 13X13 dan 25X25 sm gacha. Ikki kanatli to‘sinlar shurflarni mustahkamlash va ruda shpallarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Taxtalar – kengligi qalinligining ikki hissasidan katta arralangan materiallar. Taxtalar kesilmagan, ya’ni yon qirralari arralanmagan, kesilgan, ya’ni to‘g‘ri burchakli kesimga ega bo‘lishi mumkin.Taxtalar shiplarni va lahim yon yoqlarini tortib bog‘lashda, ko‘tarmalarda yurish bo‘limlarini berkitish uchun va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Obapol - cheti bo‘rtiq taxtalarga - tashqi yuzasi arralanmagan va uzunligining yarmidan arralangan, va - taxtachalarga – tashqi yuzasi obapol uzunligining yarmidan ko‘pigacha arralanganga bo‘linadi.
YOg‘och mustahkamligi (qarshiligi, qisilishi, tortib bog‘lanishi, egilishi) daraxt turiga, namligiga, tuzilishiga, xarakteriga, yo‘nalishiga va kuch sarflashiga bog‘liq (2 –jadval).
2 - jadval.

Daraxt turi

Zichligi, g/sm3

Mustahkamlik chegarasi, MPa

Tola bo‘ylamasida siqilishi

Statistik egilishda

Tola bo‘ylamasida tortib bog‘lanishi

YOrilishda

radial

tangensial

Sosna

0,53

44

79

115

7

7,5

Archa

0,46

42

77,5

122

5

5

Tilog‘och

0,68

51,5

97

129

11,5

12,5

(sibir) -
pixtasi

0,39

33

58,5

-

6

6,5

Kedr

0,44

35

64,5

78

5,5

6

Jadvalda yog‘ochning 15% namlikda fizik – mexanik xossalari ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymati ko‘rsatilgan.


Aylana materiallardan yog‘och (sosna)ning hisoblangan qarshiligi egilishda 16 MPa ga, aylana bo‘lmagan elementlar uchun - 13 MPa. ga teng.
Mustahkamlovchi yog‘ochlar chirishdan antiseptika bilan - shimdirilib va surtilib himoya qilinadi. Antiseptika kishilar uchun xavfli bo‘lmasligi, shimdirilgan yog‘och bilan ishqorlanmasligi, yuvganda hid va zararli gazlar bo‘lmasligi, yonib ketishga moyil bo‘lmasligi, yonganda esa zararli gaz va quyuq tutun ajratmasligi lozim. Daraxtni zamburug‘lashdan (chirishdan) himoyalash uchun uni yog‘ochga tez singadigan, yonmaydigan va hidsiz 2 – 4%li ftorit natriy eritmasi bilan shimdirish lozim. Xlorli rux ham xuddi ftorit natriy xossalariga ega, ammo suv bo‘lganda osongina ishqorlanadi.
Kremneftorli natriyni qaynoq eritma vaqtida daraxtga shimdirish mumkin, sovigan eritmasi yog‘ochga yaxshi singmaydi. Daraxtga yong‘indan himoyalanish xususiyati paydo qilish uchun, krepni yong‘indan himoyalanish tarkibi bilan shimdiriladi: Petrovning fosfatli ammoniy yoki fosfatli va oltingugurtli ammoniy aralashmasining kerosinli kontakti bilan. Oxirgi aralashma nam tortmaydi, yog‘och mustahkamligini pasaytirmaydi. Daraxtni chirishdan saqlash uchun yong‘indan himoyalanish aralashmasiga ftorit natriy va boshqa antiseptikalar qo‘shiladi.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish