Beton va temirbeton.
Beton deb, qurilishda qo‘llaniladigan va bog‘lovchi moddalardan, qumdan, mayda shag‘aldan yoki suv bilan aralashtirilgandan so‘ng, yoki qotiruvchi aralashtirilgandan so‘nggi shag‘aldan hosil bo‘lgan aralashma qotishi natijasida olingan sun’iy toshli materialga aytiladi. Mayda shag‘al yoki shag‘al qattiqligi undan olinadigan beton qattiqligidan past bo‘lmasligi lozim. Sementli bog‘lovchilarda betonlar ko‘p qo‘llaniladi. Agar bog‘lovchi modda sifatida sintetik smola ishlatilsa, unda olingan beton plastbeton deyiladi.
Qum (mayda to‘ldiruvchi) va mayda shaqal yoki shag‘al (yirik to‘ldiruvchi) inetr qo‘shimchalar sanaladi, ular sementga ketadigan xarajatni kamaytirish bilan birga betonning yuqori mustahkamlik va zichlikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bog‘lovchilar, suv va qotiruvchi beton va plast betonning faol tarkiblari sanaladi.
Beton tarkibi massa munosabati bilan ifodalanadi: 1 : A : B ya’ni sementning bir qismiga qumning A qismi va mayda shag‘al yoki shag‘alning B qismi to‘g‘ri keladi. Mayda va yirik to‘ldiruvchilar loyqa, tuproqli va loyli aralashmalar bilan ifloslanmasligi lozim. Beton tayyorlashdan oldin ularni yuvish lozim. Mayda shag‘al 50-60 mm kattaligida, kvarsli qum 0,15 – 5 mm don o‘lchamida va organik aralashmalarsiz qo‘llaniladi. Beton aralashtirishdagi suv toza bo‘lishi va unda sementli tosh qattiqligiga ta’sir qiladigan erkin uglerod oksidi va boshqa moddalar bo‘lmasligi lozim.
Zichligiga ko‘ra betonlar og‘ir va engil betonlarga bo‘linadi. Kon krepi uchun asosan 2200 2300 kg/m3 zichlikka ega og‘ir betonlar ishlatiladi. 1 m3 beton aralashmasida sement xarajati bo‘yicha yog‘li (250 kg/m3 dan ortiq), o‘rtacha (200— 250 kg/m3) va yupqa (200 kg/m3 dan kam) betonlar farqlanadi. Kon krepi uchun yog‘li va o‘rtacha betonlar ishlatiladi.
Konsistensiyasiga ko‘ra, beton aralashmalar shunday farqlanadi: qattiq, plastik va quyma. Qattiq aralashmalarda quruq aralashma massasidan 6 – 6,5 % suv (130—170 l/m3) mavjud. Joylashtirishda ular titratish yoki shibbalashni talab qiladi. Plastik betonlarda 6,5—8% suv (1 m3 ga 170—230 l) mavjud va kuchsiz shibbalashda yaxshi joylashadi. 8—12% suvli (230 l/m3 dan ortiq) quyma betonlar erkin oqadi va qolipga quyiladi. Kon krepini tayyorlash uchun qattiq beton qo‘llaniladi. Plastik betonlar ko‘pincha temir betonli tuzilmalarni tiklashda, quymalari esa – beton quyish holatlarida qo‘llaniladi.
Betonli aralashmada suv massasining sement massasiga munosabati suv sement munosabati deyiladi – S/S. Qattiq betonlar uchun S/S=0,3-0,4.
Betonli kreplarni tayyorlash uchun qattiqligi 20 dan 50 MPa gacha bo‘lgan betonlar ishlatiladi. Beton qattiqligi sementga va suvsement munosabatiga S/S bog‘liq.
Beton aralashma tarkibi laboratoriyada tanlanadi. Bunda shunday maqsad qo‘yiladi: sementni oz sarflab, qotgandan so‘ng, betonning talab qilingan qattiqligini ta’minlaydigan, joylashish uchun qulay bo‘lgan beton aralashmani olish.
Torkret – beton – sementdan, suv bilan aralashtirilgan qumdan (sement qum eritma) tuzilgan beton. Torkret – betonda qum yirikligi 8 m gacha bo‘ladi. Qum yoki mayda shag‘alning yirik zarralari (25 mm gacha) qo‘shilgan bunday beton sachratma beton deyiladi. Bunday betonlarda suv sement munosabati 0,3 dan 0,4 gacha chegarada bo‘ladi. Torkret – beton va sachratma betonning farq qiluvchi xususiyatlari beton aralashma tayyorlash va uni joylashtirish usullari sanaladi. Oldindan tayyorlangan sementning quruq aralashmasi va to‘ldiruvchi maxsus pnevmatik beton aralashtirgichga yuklanadi va 0,2 – 0,3 MPa bosimi ostidagi siqiq havo ta’sirida aralashma soplo oxirida jihozlangan shlangga beriladi. Aralashmani suv bilan qotishi soplada ro‘y beradi va u tezda lahim yuzasida paydo bo‘ladi. Sachratma beton turli xildagi qurilishlarda ko‘p qo‘llaniladi, er osti sharoitlarida esa lahimlarni mustahkamlash uchun asosiy material hisoblanadi. Torkret – beton jinslarni nurashdan himoya qiladigan qoplama tariqasida, gidroizolyasion qoplama yaratish va qatlamlashda, beton kreplarini kuchaytirish va ta’minlashda qo‘llaniladi. Qotishni tezlashtirish uchun betonga sement massasidan 2 – 5 % miqdorda ftorli natriy qo‘shiladi. Sachratma betonning hisoblanish qarshiligi xuddi og‘ir betonniki kabi bo‘ladi. Betonning zarur markasini hosil qilish uchun sachratma beton tarkibini sement sarflanishi bo‘yicha olinadi. (2.1 jadval).
Jadval 2.1
Beton markasi (qisilishda talab qilingan qattiqlik chegarasi, MPa)
|
1 m3 da sement xarajati quruq aralashmada, kg
|
Quruq aralashmada yirik to‘ldirmaning solishtirma miqdori
|
Vertikal yuzadan materialning ajralib ketishi, %
|
1 m3 sachratma betonda sement miqdori, kg
|
M300 (30)
|
250
|
0,2-0,3
|
10-12
|
300-350
|
M400 (40)
|
300
|
0,3-0,4
|
12-14
|
350-400
|
M500 (50)
|
350
|
0,4-0,5
|
16-20
|
450-520
|
Temirbeton – metall bilan armaturlangan beton. Geolog qidiruv lahimlarini mustahkamlash uchun tayyorlashda katta mehnat talab qilinishi va yuqori narxda bo‘lishi bilan bog‘liq holda chegaralangan qo‘llanish kasb etadi. Keyingi vaqtda temirbetondan ramali yoki yaxlit kreplar elementlari tayyorlanadi (ustunlar, yuqori to‘sinlar, tortib bog‘lovchilar, plitalar va boshqalar)
Ko‘mir shaxtalarida temirbeton quvurli ustunlaridan va metalli yuqori to‘sinlardan tuzilgan aralash ramali kreplar qo‘llaniladi. Maxsus og‘ir kon geologik sharoitlarda elementlari aylana va taqasimon lahimlarni biriktirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, egri chiziqli bloklardan tuzilgan yig‘ma, yaxlit temir betonli kreplar qo‘llaniladi.
Metall.
YUqori qattiqlik va ko‘p marta ishlatilish imkoniyati bilan bog‘liq holda, metall eng mukammal mustahkamlovchi material hisoblanadi. Po‘lat prokat o‘z xossalarini yo‘qotmasdan sezilarli darajada deformatsiyaga va yuqori tuzilish sifati koeffitsientiga ega bo‘lgani uchun kon kreplarining barcha elementlarini tayyorlash uchun yaroqli. Krep elementlari deformatsiyadan so‘ng to‘g‘rilanishi mumkin, qaytadan qo‘llanilishi mumkin. Metalli kreplarning nuqsoni er osti sharoitlarida korroziyaga moyilligidir. Krep elementlarini tayyorlash uchun SVPning maxsus (shaxtali) novli ko‘rinishi qo‘llaniladi.
SVP ko‘rinishidan arkli metalli moslanuvchi krep elementlari tayyorlanadi.
SHaxtali kreplarning ayrim elementlari uchun eski kon relslari, kon relslari, qo‘shtavrli yoki shvellerli po‘lat prokat o‘z qo‘llanilishiga ega. SHuningdek, po‘lat chiviq – A-I, A-II, A-III sinfli armaturli issiqlayin jo‘valangan po‘lat qo‘llaniladi. A-I sinfli armaturli po‘lat sterjenlari – aylana, silliq, A-II, A-III va A-IV sinf sterjenlari – davriy ko‘rinishli. Bunday sterjenlar ankerli kreplar tayyorlash uchun va temirbeton tiklash uchun ishlatiladi. Og‘ir kon geologik sharoitlarda metalli ramali kreplar tayyorlash uchun 850 MPa qattiqlik chegarasidagi va 600 MPa oquvchanlik chegarasidagi prokatli po‘latdan foydalanish tavsiya etiladi.
Nazorat savollari:
1. Kon mustahkamlash inshooti deb nimaga aytiladi?
2.Mustahkamlash materiallari qanday bo‘linadi?
3.Mustahkamlash materiallarini sanang.
4.Beton deb nimaga aytiladi?
5.Plastbeton deb nimaga aytiladi?
6.Torkret – beton deb nimaga aytiladi?
7.Sachratma beton deb nimaga aytiladi?
8.Temir beton deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |