Ma`ruza 3 Ilmiy tadqiqotda muammoni qo`yish va gipotezani asoslash Reja


 Ilmiy tadqiqotda gipotezani ilgari surish va asoslash



Download 425,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana15.01.2022
Hajmi425,96 Kb.
#368506
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза3

3. Ilmiy tadqiqotda gipotezani ilgari surish va asoslash 

 

Ilmiy tadqiqot jarayonida ilgari suriladigan 



gipoteza 

haqiqatni ijodiy qidirish, 

yangi ilmiy bilimni shakllantirish va o`stirishning navbatdagi shaklidir. Ilmiy ijodda 

gipoteza

  ilmiy  bashorat  bilan  amaliyot  o`rtasida  bog’lovchi  rol  o`ynaydi  hamda 

ob`ekt  ichida  va  bilishning  turli  ob`ektlari  o`rtasida  mavjud  aloqalar  va  o`zaro 

munosabatlar haqida ilmiy asoslangan taxmin hisoblanadi.  



Gipoteza – 

bu hali haqiqat emas, balki taxmin qilingan, ehtimol tutilgan, real 

mumkin  bo`lgan  va  kutilgan  ilmiy  bilimdir.  Ilmiy  ijod  mazkur  bilimning 

haqqoniyligi yoki soxtaligini isbotlab berishi kerak.  

Mavjud  bilimlar  umumlashmasi  bo`lgan  gipoteza  ilmiy  ijod,  tadqiqot 

jarayoniga faol ta`sir ko`rsatadi, olimning fantaziyasi, tasavvuri, intuitsiyasi, ilmiy 

sezgisini  qo`zg’atadi.  U  yangi  bilimlar  sari  yetaklaydi.  Ularni  isbotlash  uchun 

dalillar  qidirish  mavjud  bilimini  kengaytiradi  va  teranlashtiradi,  olimni  yangi 




12 

 

g’oyalarni  ilgari  surish  va  ularni  asoslashga  olib  keladi.  Gipotetik  bilim  jiddiy 



ehtimoliy xususiyatga ega.  

Olimning  tafakkurida  tug’ilgan  dastlabki  faraz  intuitiv,  ko`pincha  tasodifiy, 

kutilmagan xususiyatga egadir. Ba`zan u aql bovar qilmas mo`jiza bo`lib tuyuladi. 

Ilmiy  ijodning  vazifasi  uning  haqiqiy  yoki  soxtaligini  isbotlash,  ilmiy  tahlil  va 

izlanishda  farazlar  va  gipotezalarni  qo`llash  mumkinligini  asoslashdan  iborat. 

Binobarin, gipoteza bilim o`zini o`zi rivojlantirishi uchun evristik salohiyatni o`zida 

mujassamlashtirgan.  

Gipotezada ilgari surilgan taxminlar ehtimoliy xususiyatga ega bo`lgani tufayli 

(«ma`lum shartlar bajariladigan bo`lsa, ob`ekt o`zini unday emas, bunday tutadi», 

degan sxema bo`yicha), gipotezaning o`zi go`yoki ildamlab ketadi va uni asoslash 

uchun tadqiqotchi yangni faktlar qidiradi, yangi tajribalar, kuzatishlar, o`lchashlar 

o`tkazadi,  o`z  fan  sohasi  va  qo`shni  fan  sohalaridagi  bilish  natijalarini  tahlildan 

o`tkazadi.  Gipoteza,  o`zini  o`zi,  o`zining  fan  tizimida  bo`lish  huquqini  nazariy 

asoslab, bilimga to`lib boradi.  

Olim  o`z  ijodiy  laboratoriyasida  ilmiy  gipotezani  hech  bo`lmasa  qisman 

haqqoniy bilimga aylantirish umidida ilgari suradi va asoslaydi. J.S. Mill o`zining 

«Mantiq tizimi» asarida shunday deb yozgan edi: «

Ilmiy gipotezaning sharti abadiy 

gipoteza bo`lib qolishda emas, balki kuzatilgan faktlarga uni taqqoslab, isbotlash 

yoki  bo`lmasa  inkor  etishdadir

»

1



.  Puxta  qo`yilgan  eksperiment  ilmiy  faraz, 

gipotezadan  haqqoniy  nazariyaga  o`tishga  ko`maklashadi,  ya`ni  gipotezani 

verifikatsiya qiladi, yoki uning soxtaligini ko`rsatadi, ya`ni ilgari surilgan gipotezani 

fal’sifikatsiya  qiladi.  Binobarin,  tajriba,  eksperiment,  fanning  haqiqiy  faktlari 

to`g’riga  o`xshash  gipoteza  bilan  haqqoniy  ilmiy  nazariya  o`rtasida  demarkatsion 

chegara rolini o`ynaydi. 

Gipoteza o`zining rivojlanish jarayonida uch bosqichni bosib o`tadi: 

• Dalilli materialning to`planishi. 

• Gipotezaning shakllanishi. 

 

1



 Дж.Ст. Милль. Система логики. Москва, 1899. С. 389.  


13 

 

• Amalda sinalishi va tasdiqlanishi. 



Shu  tarzda  gipoteza  ilmiy  nazariyaga  aylanadi.  Oddiy  gipotezada  ob`ektning 

fizik  xossalari  haqida  taxminlar  qilinadi,  keyin  esa  uning  matematik  nazariyasi 

beriladi. Gipoteza ushbu hollarda asosli hisoblanadi: 

• Bilish tamoyillariga zid bo`lmasa. 

• Avvaldan fanga ma`lum bo`lgan qonunlarni e`tiborga olsa,  ammo yangilarini 

ularga yaqinlashtirib qurmagan bo`lsa. 

• Ilgari surilgan barcha omillarni tushuntirib bersa. 

• Uni tekshirish mumkin bo`lsa. 

• U  mumkin  qadar  soddalik  asosida  qurilgan  bo`lsa,  (ya`ni  o`zida  kerak 

bo`lmagan elementlarni saqlamasa). 

• Mantiqqa zid bo`lmasa. 

Ma`lumki,  bitta  hodisa  uchun  odatda  bir  emas,  balki  bir  nechta  gipotezalar 

ilgari suriladi. Ayrim hollarda ularning ba`zilari bir-birini inkor etadi. Bu esa noxush 

holat hisoblanmaydi, chunki turli gipotezalarning mavjudligi turli sohalar bo`yicha 

tahlil qilishni talab qiladi, bu  esa ilmiy umulashtirish jarayonini jiddiy tarzda amalga 

oshirish  uchun  zamin  yaratadi.  Ma`lumki  ma`lum  bir  narsani  isbotlab  yoki  inkor 

etib, olim yangilikni qidiradi. Gipoteza tasdiqlanadimi yoki yo`qmi, bunga bog’liq 

bo`lmagan  holda,  u  haqiqatni  izlanishiga  yordam  ko`rsatadi.  To`g’ri  bo`lmagan 

gipoteza  ham  foyda  beradi,  chunki  uni  inkor  etish  jarayonida  haqiqatga  olib 

boruvchi yo`llar torayadi va qisqaradi. Agar gipoteza tasdiqlansa, u ilmiy nazariyaga 

aylanadi. 

Har qanday bilim ham ilmiy bo`lmaydi.  

Ilmiy bilim hodisalarning o`zaro bog’lanish va sodir bo`lish qonunlarini ochib 

beradi va ularning kelgusidagi taraqqiyoti haqida bashorat qiladi. Ilmiy bilimning 

haqqoniyligi amaliyotda mutlaqo tekshirish bilan kafolatlanadi. 


Download 425,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish