Kothari C.R. Research methodology (Methods & Techiques) // New Delhi: New age international limited,, 2009.-
3
Define research problem
Muammoning tug’ilishi va qo`yilishi
ilmiy bilish va ilmiy ijodning eng
muhim bosqichidir.
Bu bosqichda ilmiy muammo o`rtaga tashlanib, bajarilishi kerak bo`lgan
ilmiy tadqiqot vazifasi aniq va lo`nda qilib belgilanadi. Bunday axbarotlarni
to`plash va o`rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirilishi lozim. Ilmiy
tadqiqotning vazifasini aniq belgilash juda muhim, chunki undan ko`p jihatdan ilmiy
tadqiqot vazifasini ijobiy bajarish bog’liq bo`ladi.
2-bosqich.
Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash va birlamchi
gipotezani ilgari surish va asoslash:
- mavzu bo`yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
- tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
4
Gipoteza (qadimgi grek. ὑπόθεσις — taxmin, faraz)
2
–
tekshirilayotgan
muammo yoki hodisa to`g’risida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt
va ma`lumotlarga zid bo`lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish
shaklidir. Gipoteza aksioma yoki paspulatga o’xshamay, uning haqiqiyligi
isbotlanishi kerak bo’ladi. Ilmiy gipoteza – bu haqiqiyligi kritik eksperiment bilan
isbotlanishi mumkin bo’lgan ilmiy xulosadir.
Juda ko`p hollarda birlamchi gipoteza tadqiqot asosiy vazifasini belgilash va
to`plangan barcha ilmiy axborotlarni tanqidiy tahlil qilish asosida tug’iladi. Bunda
birlamchi gipoteza bir nechta variantlarda bo`lishi mumkin va shular ichidan
maqsadga yaqini tanlab olinadi va u
ishchi gipoteza
deyiladi. Ishchi gipotezani
aniqlash uchun boshlang’ich eksperimentlar o`tkazishga to`g’ri keladi.
Gipoteza ilmiy taxmin bo`lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy
jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo`lishi uchun asoslanishi lozim
.
3-bosqich.
Nazariy tadqiqotlar.
Texnik-tadbiqiy tadqiqotlarda nazariy tadqiqotlar o`tkazishda hozirgacha
fundamental fanlar aniqlagan qonuniyatlarni analiz va sintez qilish va ularni tadqiqot
qilinayotgan ob`ektga qo`llash, hamda matematika, nazariy mexanika, jarayonlar va
qurilmalar va boshqa fanlarni ishlatgan holda yangi, hozirgacha noma`lum
qonuniyatlarni kashf etish amalga oshiriladi.
Nazariy tadqiqotlarning maqsadi
– kuzatilayotgan hodisalarni mumkin qadar
to`la qamrab olish, hodisalar orasidagi aloqalarni o`rganish, hamda qabul qilingan
ishchi gipotezadan ko`proq natijalarni olishdir. Boshqacha qilib aytganda,
nazariy
tadqiqot
qabul qilingan ishchi gipotezani tahliliy (analitik) rivojlantiradi va tadqiqot
qilinayotgan muammoning nazariyasini ishlab chiqishga olib keladi, ya`ni ushbu
muammo doirasida ilmiy umumlashtirilgan bilimlar sistemasi yaratiladi. Bu
nazariya ushbu muammoga taaluqli fakt va hodisalarni tushuntirib beradi.
4-bosqich.
Eksperimental tadqiqotlar (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash,
to`g’rilash yoki inkor etish uchun);
2
https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B8%D0%BF%D0%BE%D1%82%D0%B5%D0%B7%D0%B0
5
Eksperement
deb – aniq belgilangan sharoitda ma`lum bir hodisani,
jarayonni va h.k.ni aniq maqsad yo`lida o`rganish uchun qo`yilgan tajribaga aytiladi.
Bunda tadqiqotchiga bo`layotgan o`zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish,
hodisalarga turli vositalar bilan ta`sir ko`rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash
imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o`lchash usullaridan
foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko`rsatgan ta`siri
o`rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: