ML-Node-Z
|
ZigBit
|
Mikrokontroller
| | |
Protsessor
|
Texas Instruments MSP430
|
Atmega1281
|
Takt chastotasi
|
32.768 kGts dan 8 MGts gacha
|
4 MGts
|
Operativ xotira, Kbayt
|
10
|
8
|
Flash-xotira, Kbayt
|
48
|
128
|
Qabullab uzatgich
| | |
Tipi
|
IEEE 802.15.4
|
IEEE 802.15.4
|
Chastota diapazoni, MGts
|
2400-2483.5
|
2400-2483.5
|
Ma’lumotlarni uzatish tezligi, Kbit/s
|
250
|
250
|
Chiqish quvvati, dBm
|
-24 dan 0 gacha
|
-28 dan 0 gacha
|
Sezgirligi, dBm
|
-95
|
-101
|
Antenna
|
Chip
|
1 yoki 2 ta chip
|
Tashqi interfeyslar
| | |
ARO‘
|
12 razryadli, 7 kanalli
|
10 razryadli, 3 kanalli
|
Raqamli interfeyslar
|
I2C/SPI/UART/USB
|
I2C/SPI/UART/IRQ /JTAG
|
Boshqa parametrlar
| | |
Ta’minot quvvati, V
|
0.9 dan 6.5 gacha
|
1.8 dan 3.6 gacha
|
O‘lchamlari, mm
|
44x33x10
|
19x14x3
|
Temperatura diapazoni, oC
|
-40 dan 85 gacha
|
0 dan 85 gacha
| ITU-R bilan belgilangan, ISM chastota polosalari
Chastota diapazoni
| |
Polosa
|
Markaziy chastota
|
Qo‘llanish sohasi
|
6.765 MGts
|
6.795 MGts
|
30 KGts
|
6.780 MGts
|
Lokal qo‘llanish
|
13.553 MGts
|
13.567 MGts
|
14 KGts
|
13.560 MGts
|
|
26.957 MGts
|
27.283 MGts
|
326 KGts
|
40.680 MGts
|
|
40.660 MGts
|
40.700 MGts
|
40 KGts
|
40.680 MGts
|
|
433.05 MGts
|
434.79 MGts
|
1.84 MGts
|
443.92 MGts
|
Yevropa, Afrika, Yaqin Sharq, Rossiya
|
902 MGts
|
928 MGts
|
26 MGts
|
915 MGts
|
Shimoliy va Janubiy Amerika
|
2.4 GGts
|
2.5 GGts
|
100 MGts
|
2.45 GGts
|
|
5.725 GGts
|
5.875 GGts
|
150 MGts
|
5.8 GGts
|
|
24 GGts
|
24.25 GGts
|
250 MGts
|
24.125 GGts
|
|
61 GGts
|
61.5 GGts
|
500 MGts
|
61.25 GGts
|
Lokal qo‘llanish
|
122 GGts
|
123 GGts
|
1 GGts
|
122.5 GGts
|
Lokal qo‘llanish
|
244 GGts
|
246 GGts
|
2 GGts
|
245 GGts
|
Lokal qo‘llanish
| Simsiz sensor tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish protokollari va texnologiyalari SST fizik joylashuv o‘lchami bo‘yicha WPAN (Wireless Personal Area Networks) simsiz personal hisoblash tarmoqlari guruhiga kiradi. Simsiz sensor tarmoqlari ishlashida ahamiyatli ta’sirlardan biri batareyalarning cheklangan hajmi, odatda batareyalarni almashtirish mumkin emas. Shuning uchun, sensorlarda uzatiladigan ma’lumot hajmini pasaytirishga yo‘naltirilgan, dastlabki qayta ishlashni bajarish zarur, asosiysi, ma’lumotni uzatish va qabul qilishda davrlar sonini minimallashtirish kerak. Ushbu masalani yechish uchun maxsus kommunikatsion protokollar ishlab chiqilgan. SST IEEE802.15.4 SST protokollarining keng qo‘llaniladigani ZigBee alyans protokollari hisoblanadi. ZigBee alyans simsiz sensor tarmoqlar uchun protokollar steki standartini ishlab chiqish uchun, ishonchlik darajasi yuqori bo‘lgan, kam energiya sarflanadigan, uncha katta bo‘lmagan oraliqlarda ma’lumotlarni uzatishning simsiz tarmoqlari uchun, fizik darajani va ulanish darajani belgilaydigan, IEEE802.15.4 standartini ishlab chiqdi. IEEE802.15.4 standarti ZigBee protokoli uchun bazaviy asos bo‘lib qolmasdan, ancha katta darajadagi protokollarda (6loWPAN, DigiMesh va boshqalar), tarmoq darajada dasturiy sozlashlar yordamida tarmoqning har qanday topologiyasini ishlab chiqadi. SST radiotexnologiyasi xarakteristikalari
Texnologiya (standart)
|
ZigBEE (IEEE 802.15.4)
|
WiFi (IEEE 802.11b)
|
Bluetooth (IEEE 802.15.1)
|
Chastota diapazoni
|
2.4-2.483 GGts
|
2.4-2.483 GGts
|
2.4-2.483 GGts
|
O‘tkazuvchanlik qobiliyati, kbit/s
|
250
|
11000
|
7131.1
|
Protokollar stek o‘lchami, kbayt
|
32-64
|
1000 dan ortiq
|
250 dan ortiq
|
Batareyadan uzluksiz avtonom ishlash vaqti, sutka
|
100-1000
|
0.5-5
|
1-10
|
Tarmoqda tugunlarning maksimal soni
|
65536
|
10
|
7
|
Ta’sir diapazoni, m
|
10-100
|
20-300
|
10-100
|
Qo ‘llanish sohalari
|
Masofaviy monitoring va boshqarish
|
Multimedia axborotlarini uzatish
|
Simli ulanishni almashtirish
| Simsiz sensor tarmoq tugunlarining turlari Koordinator Koordinator – global muvofiqlashtirishni, tarmoq parametrlarini tashkillashtirish va o'rnatishni amalga oshiradi, SST ning eng murakkab qurilmasi bo’lib, katta hajmdagi xotirani va eng katta quvvat manbasini talab qiladi. Bitta tarmoqda faqat bitta koordinator bo'lishi kerak. Koordinatordan tashqi tarmoqqa chiqish amalga oshiriladi (u shlyuz - gateway vazifasini bajaradi). Ko'pincha koordinator tayanch stantsiya (BS) deb nomlanadi. Koordinator quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - ishlatilmayatkan kanallarni tarmoq uchun mavjud bo'lgan kanallar ro'yxatidan aniqlaydi va ishlab chiqaruvchi tomonidan aniqlanadi va tarmoqni tashkil qiladi;
- mavjud tarmoq haqida ma'lumotga ega bo'lgan tarmoq signal paketlarini uzatadi;
- tarmoq qullarini boshqaradi, tarmoq parametrlarini o'rnatadi - o'rnatilgan pastki tarmoqlarning maksimal chuqurligini, tarmoq marshrutizatorlari va bo’ysinuvchi qurilmalar sonini aniqlaydi;
- bo’ysinuvchi qurilmalar o'rtasida ma'lumotlarni yo'naltirishni ta'minlaydi;
- ko'pincha qabul qilish rejimida ishlaydi;
- marshrutizatsiya jadvallarini tashkil qilishni ta'minlaydi;
- marshrutizatorlarga va oxirgi qurilmalarga tarmoqqa kirishga ruxsat beradi.
Marshrutizator - Marshrutizator (Router) – SST ning boshqa tugunlaridan ma'lumotlarni oladi, buferlaydi va uzatadi, shuningdek uzatish yo'nalishini aniqlaydi.
- Marshrutizator quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- aktiv kanallarni aniqlaydi, tarmoqqa ulanadi va terminal qurilmalariga tarmoqqa kirishga imkon beradi – ilova tomonidan belgilangan aktiv kanallarning qo'shimcha ro'yxatlaridan foydalanadi;
- koordinator tomonidan tarmoq parametrlari bilan signal tarmoq paketlarini uzatadi;
- marshrutizatorga ulangan bo’ysinuvchi qurilmalarning tarmoq manzillarini boshqaradi;
- marshrutlash qurilmalarining quyidagi sinflarini qo'llab-quvvatlaydi: marshrutizatsiya jadvali va daraxtsimon marshrutizatsiya funktsiyasi bo'lgan qurilma, faqat daraxtsimon marshrutizatsiya funktsiyasi bo'lgan qurilma, favqulodda vaziyatda daraxtsimon marshrutizatsiya funktsiyasini qo'llab-quvvatlovchi qurilma.
Sensor tuguni quyidagi xususiyatlarga ega: - har doim mavjud tarmoqni qidiradi va unga kirishga harakat qiladi – tarmoq va marshrutizator parametrlarini aniqlash uchun ilova tomonidan belgilangan qo'shimcha, aktiv kanallar ro'yxati va mavjud tarmoqni sinxronlashtirish signal paketlarini ishlatadi;
- avtonom manbadan ishlaydi (batareya);
- sinxronizatsiya paketlaridan koordinator ma'lumotlarining mavjudligini aniqlaydi;
- koordinatordan ma'lumotlarni so'rash;
- uzoq vaqt "uxlash" holatida bo'lishga qodir (umumiy ish vaqtining 99,99% gacha).
Nazorat savollari - 1. Sensor tarmog’i deganimiz nima? U qanday elementlardan tashkil topadi?
- 2. Ad hoc aloqa tarmoqlarining o’ziga xosligi nimada?
- 3. Sensor tarmoqlarining bazaviy arxitekturasi tarkibiga qanday komponentalar kiradi?
- 4. Simsiz sensor tarmog’i tugunining apparat qismi qanday nimtizimlardan tashkil topadi?
- 5. SST tugunlari uchun qanday cheklovlar mavjud?
- 6. SST da qanday ma’lumot uzatish usullari qo’llaniladi?
- 7. SST qurilishi uchun qaysi chastota diapazonlari ruxsat etilgan?
- 8. SST da ma’lumotlarni uzatishning qaysi protokollari va texnologiyalari ishlatiladi?
- 9. SST tugunlari asosiy turlarining farqini aytib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |