Ma’ruza-2 Polimerlanish reaksiyalari uchun qo’llaniladigan monomerlar. Olifenlar Reja: 1


Izobutilenni laboratoriyada olish



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana06.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#532499
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma\'ruza

Izobutilenni laboratoriyada olish 
Laboratoriya sharoitida toza izobutilen faqat izobutil yoki uchlamchi butil 
spirtini degidratatsiyalab olinadi. Uchlamchi spirtdan suv xammadan xam yaxshi 
shavel kislotasining ta’sirida qizdirilganda ajralib chiqadi. Bunda spirtni va kislotani 
suvli eritmasini qaytar sovutgich bilan jixozlangan kolbada 80 
o
C gacha qizdiriladi. 
Ancha toza izobutilenni shu spirtlarda 250-300 
o
C da aktiv ammoniy oksid 
ishtirokida degidratatsiyalab olish mumkin. Xosil bo’layotgan gaz spiral shaklidagi 
shisha naydan o’tkaziladi. Mayda muz bilan tuz aralashmasiga botirib qo’yilgan 
bo’lib, u yerda gaz spirtdan va suvdan xalos bo’ladi. Keyin gaz uglekislota va efir 
aralashmasida sovutiladi. Natijada gaz suyuqlanadi. Suyuq izobutilen past xaroratda 
xaydaladi va izobutilen propilendan ajratib olinadi. 
Izobutilenni olishni sanoat usullari 
Izobutilenni sanoat usulida olishning eng eski usullaridan biri bu uni kreking 
gazlaridan o’rtacha suyultirilgan sulfat kislota bilan absorbsiyalab ajratib olishdir. 
Barcha monoolefinlar ichida izobutilen u bilan oson ta’sirlashadi. Natijada 
uchlamchi butilsulfat kislota xosi bo’ladi va uni yana izobutilenga qaytarishadi. 
Izobutilen sovuqda 63% sulfat kislota bilan deyarli 100% absorbsiyalanadi. Past 
xaroratlarda (+10 ÷ -10 
o
C) izobutilenni polimerlanish xisobiga yo’qotilishi kam 
bo’ladi, ammo harorat ortishi bilan polimerlanish xisobiga yo’qotilish ortadi. Kislota 
konsentratsiyasini ortishi ham izobutilenni yo’qotilishlarini ko’paytiradi. Buni 
oldini olish uchun reaksion aralashmani o’ta sovutish kerak. Bundan tashqari kislota 
konsentratsiyasini ortishi bilan boshqa to’yinmagan uglevodorodlarni ham sulfat 


kislota bilan ta’sirlashishi kuzatiladi. Izobutilenni olish uchun xomashyo sifatida 
kreking-gazning butan-butan fraksiyasi xizmat qiladi. Gaz aralashmasi -10 ÷ +30 
o

da 60% sulfat kislotadan o’tkaziladi yoki gazlar aralashmasini avval suyultirib keyin 
shu sharoitda sulfat kislota bilan ekstraksiyalanadi. Ikkinchi usul texnologiya nuqtai- 
nazaridan qulayroq bo’lib, uning asosida uzluksiz jarayon yaratilgan. Jarayon 
amalga oshiriladigan absorberlar ilonsimon sovutgichlar va qorishtirgich bilan 
jixozlangan. Uchlamchi butyl sulfat kislota saqlovchi reaksion aralashmani 
absorberlardan so’ng o’ta qizigan bug bilan gidrolizlanadi va uchlamchi butil spirti 
olinadi. Olingan spirt 35% sulfat kislota bilan degidratatsiyalanadi. Bu usulda 
qimmatbaxo jixoz va uskunalar ishlatiladi va ishlatilgan kislotani qaytarish 
jarayonining murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu usulni rivojlantirib, yangi usul 
taklif qilishgan. Unga ko’ra uglevodorodlar aralashmasini 65% li sulfat kislota bilan 
ekstraksiyalab ajratib olingan suyuqlik kislota konsentratsiyasi 45% bo’lguncha suv 
bilan suyultiriladi. Keyin past bosimda qizdirilib to’g’ridan-to’g’ri gaz holidagi 
izobutilen olinadi. Olingan gaz ishqor bilan yuviladi, sovutilib spirt va polimerlardan 
tozalanadi. So’ng suv bilan yuvib bosim ostida suyultiriladi. Ishlatilgan kislota yana 
65% konsentratsiyagacha bug’latilib, ekstraksiya qaytariladi. 
Izobutil spirtini katalitik degidratatsiyalash izobutilen olishning yangi 
texnologiyasidir. Dastlabki xomashyo uglerod oksidi va vodoroddan yuqori 
bosimda sintez qilinadi. Degidratlanishni 360 
o
C va biroz yuqori bosimda 
aktivlangan alyuminiy oksidi ishtirokida etil spirtini degidratatsiyalashda 
qo’llaniladigan jix,ozga olib borishadi. Xom izobutilen sovutilib suvdan va spirt 
buglaridan tozalanadi, 5 atm bosimda suyultirilib 75 ta likopchali kolonnada xdydab 
tozalanadi. Natijada 98%-li izobutilen olinadi. 
Izobutilen tabiiy gazdan kam olinadi. Bu usul gazga boy davlatlarda sanoat 
miqyosida uzlashtirilmoqda. Tabiiy gaz quyi xaroratda fraksiyalarga ajratiladi. 
Izobutilen olish uchun yo sof izobutandan, yo butan fraksiyasidan foydalaniladi. 
Texnik izobutan to’g’ridan-to’g’ri 500-600 
o
C larda degidrogenlanadi. Bunda 
jarayon pirolitik katalizatorsiz yo katalizator ishtirokida olib boriladi. Pirolitik 
jarayon qo’shimcha maxsulotlarning hosil bo’lishi bilan boradi. Katalizator odatda 


xrom oksidi mustaxkamlangan silikagel qullanilsa degidrogenlash saylanma va 
pastrok xaroratlarda 350-400 
o
C ketadi. Bunda qo’shimcha reaksiyalarni ketishini 
minimumga tushirish sharti reaksiya sharoitini anik ushlab turishdir. Bu usuldan 
farqli butan fraksiyasi asosida izobutilen olish samaraliroqdir. Butan fraksiyasini 
avval izobutan bilan boyitiladi. Buning uchun butanni izobutangacha izomerlanadi 
va faqat shundan keyin izobutan izobutilenga degidrogenlanadi. N-butanni 
izomerlanishi muvozanatli reaksiya bo’lib, muvozanat shartiga bosim, xarorat va 
katalizator miqdori sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Katalizator sifatida suvsizlantirilgan 
alyuminiy xlorid quruq vodorod xlorid ishtirokida, bor ftorid va suvsiz vodorod 
ftorid, alyuminiy bromidlar ishlatiladi. Alyuminiy bromidni xullas izobutanni 
chiqish unumini oshiradi (78-82%), ammo jarayon sekin ketadi. Sanoatda suyuq 
fazada izomerlanishni quydagicha olib boriladi: suyultirilgan n-butan ma’lum 
miqdordagi alyuminiy xlorid bilan aralashtiriladi va hosil bo’lgan suspenziya 
reaktorga uzatiladi. Reaktor inert tuldiruvchi, masalan, maydalangan kvars bilan 
to’ldiriladi. Reaktorda 12-35 atom bosim va 50-150 
o
C xarorat ushlab turiladi. 
Xarorat katalizator miqdori va vodorod xlorid miqdori bilan belgilanadi. Bir 
vaqtning o’zida reaktorga ma’lum miqdordagi vodorod xlorid va suyuq n-butan 
beriladi. Ikkala suyuqlik to’ldiruvchidan oqib tushib aralashadi; bunda uglevodorod 
bilan alyuminiy xloridni kompleksi hosil bo’ladi. Natijada izomerlanish sodir 
bo’ladi. Uglevodorodlar aralashmasi reaktordan apparatga beriladi, u yerda 
alyuminiy xlorid ajratib olinadi va keyin bosim ostida haydalib aralashma vodorod 
xloriddan holos bo’ladi. Ajratib olingan vodorod xlorid yana qaytib reaktorga 
beriladi. Vodorod xlorid qoldig’idan aralashma ishqorni suvli eritmasi bilan yuvib 
tozalanadi. Ma’lum vaqt oralig’ida reaktordan katalizator avtomatik chiqariladi va 
qayta tiklanadi (regeneratsiya). Ishlab chiqarish jarayonining ikkinchi bosqichi 
izomerlangan uglevodoroddan izobutilen olishdir. Buning uchun izomerlanish 
bosqichida hosil bo’lgan maxsulot to’g’ridan-to’g’ri degidrogenlanadi yoki tozalash 
maqsadida izomerlanish maxsuloti rektifikatsiyalanadi. 
Butan fraksiyasi asosida izobutilen ishlab chiqarishning uchinchi usulida 
avval degidrogenlash olib borilib butilenlar aralashmasi olinadi va keyingi 


bosqichda bu aralashma izomerlanib izobutilenga aylantiriladi. Bu usulda kam 
degidrogenlash katalizatori ushlab alyuminiy oksidga yuritilgan xrom oksidi 
qo’llaniladi. Degidrogenlashning optimal xarorati 500 
o
C. Degidrogenlash 
atmosfera bosimida olib boriladi, sababi bosim biroz ortib ketsa ham jarayon 
butadiyen hosil bo’lishi tarafga burilib ketadi. Degidrogenlash maxsuloti taxminan 
25% butilenlardan kamda vodoroddan, quyi uglevodorodlardan, reaksiyaga 
kirishmagan butandan iborat bo’ladi. Bu aralashma bosim ostida siqiladi, 
uglevodorodlardan ajratiladi va rektifikatsiyalanadi. Butan jarayonga qaytariladi, 
butenlar izobutilenga qayta ishlanadi. Buten-1 va buten-2 ni izobutilenga izomerlash 
uchun katalizator sifatida fosfor kislota shimdirilgan kremnezem silikagel yoki 
shamot, alyuminiy oksidi va x.k. ishlatiladi. Jarayonni xarorati 250-540 
o
C qilib 
ushlab turiladi, gazlar aralashmasini katalizator bilan kontakt vaqti 0,2-2 sek, bosim 
atmosfera bosimi yoki biroz kutarilgan bo’ladi. Kislota tabiatidagi katalizatorlar 
izobutilenni polimerlanishini yuzaga chiqargani uchun dastlabki butilen aralashmasi 
suv bug’i bilan suyultiriladi. Bu polimerlanish ehtimolini keskin kamaytiradi. 
Butanni degidrogenlanishi va hosil bo’lgan butilenlarni izomerlanishi bitta 
bosqichda olib borsa bo’ladi. Buning uchun tarkibiga degidrogenlash katalizatori - 
xrom oksidi yuritilgan alyuminiy oksidi - va izomerlanish katalizatorlari silikagelga 
yuritilgan toriy oksididan iborat kompleks katalizator qo’llaniladi. 
Polimerlanish uchun qo’llaniladigan izobutilen juda toza bo’lishi kerak. 
Butan fraksiyasidan olingan izobutilen tarkibida butilenlarni bo’lishi uni 
polimerlanishiga halaqit beradi. Bu izobutilenni tozalash qiyin, sabab izobutilen va 
butilenlarni qaynash xaroratlari bir-biriga juda yaqin. Shu sababli izobutilen spirtni 
degidrogenlab olingan izobutilen osonroq tozalanadi va polimerlanishga yengilroq 
uchraydi. 
Toza izobutilen past xaroratda suyuq xolda inert gaz ostida saklanadi. Bu uni 
kislorodni oksidlovchi ta’siridan saqlaydi, peroksidlar hosil bo’lishining oldini 
oladi. 
Izobutilen saqlanadigan sisternalar yumshoq varaq po’latdan payvandlanadi 
va ularni sovutish etaklari (rubashka dlya oxlajdeniya) bilan jixozlanadi. Sisterna 


ichi korroziyaning oldini olish maqsadida bo’yaladi. To’ldirishdan oldin sisterna 
quritilishi kerak, undan xavo quruq azot yoki quruq tabiiy gaz bilan siqib chiqariladi. 
Izobutilenning fizik va fiziologik xossalari. 
Izobutilen - C
4
H
8
, Jeneva nomlanishi bo’yicha 2-metilpropen (yoki u-butilen, 
R- metilpropilen yoki a,a-dimetiletilen) rangsiz, yoqimsiz, yorituvchi gazning xidiga 
o’xshash xidli suyuqlik. U (-6,9 
o
C) da oson suyuqlanadi. Barcha yengil uchuvchan 
uglevodorodlar singari havo bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. 
Izobutilen molekula og’irligi 56,1, suyuqlanish harorati - (-140,35 
o
C), 
qaynash xarorati - (-6,9 
o
C), singdirish ko’rsatgichi 1,3814 (-25 
o
C), zichligi 0,6002 
(15,6 
o
C); suyuqlanish issiqligi 25,265 kal/g (-140,35 
o
C), bug’lanish issiqligi 87,7 
kal/g (25 
o
C), yonish issiqligi 11516,7 kal/g (25 
o
C). 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish