Ma’ruza №2 Mavzu: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va uning Buxoro filialidagi Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish


-jadval  2013 yillarda TIMIning strukturasi sxemasi



Download 350,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana20.04.2022
Hajmi350,52 Kb.
#565437
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 ma\'ruza

4.1-jadval 
2013 yillarda TIMIning strukturasi sxemasi 
 
Ilmiy 
kengash 
Rektor 
Homiylik 
kengashi 
O`quv ishlar 
bo`yicha prorektor 
Ma`naviyat va 
marifat bo`yicha 
prorektor 
Ilmiy tadqiqotlar 
bo`yicha prorektor 
Moliya – iqtisod 
bo`yicha prorektor 
O`quv – metodika 
bo`limi 
Madaniyat saroyi 
Ilmiy va amaliy 
tadqiqotlar markazi 
Marketing va 
moliya–iqtisodiyot 
bo`limlari 
Kadrlar malakasini 
oshirish va ularni qayta 
tayyorlash markazi 
Ma`naviyat va 
marifat markazi 
Ma`naviyat va 
marifat markazi 
Buxgalteriya 
Akademik litseylar 
Talabalar 
shaharchasi 
Axborot 
texnologiyalar 
markazi 
Xo`jalik bo`limi 
Fermerlarni o`qitish 
biznes maktabi 
O`quv ilmiy markaz 
Axborot resurslar 
markazi 
(kutubxona) 
Fakultet va 
kafedralar 
Xalqaro aloqalar 
bo`limi 
Ichki inspeksiya 
va monitoring 
bo`limi 
Devonxona va 
arxiv 
1 – va 2 – bo`lim 
Kadrlar bo`limi 
Yuridik bo`lim 


Fakultеtda quyidagi kafеdralar faoliyat ko’rsatadi: 
- gidravlika;
- gidrologiya va gidrogeologiya; 
- gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish;
- qishloq xo’jaligi gidrotexnik melioratsiyasi;
- ekologiya va suv resurslarini boshqarish. 
Undagi ta'lim yo’nalishlari esa: 
- suv xo’jaligi va melioratsiya;
- fermer xo’jaligini tashkil etish va unga servis xizmati ko’rsatish
- suv resurslari va ularni boshqarish; 
- qishloq va yaylovlar suv ta'minoti; 
- sug’oriladigan yеrlarning meliorativ tizimi;
- kasb ta'limi: Suv xo’jaligi va melioratsiya;
- ekologiya va atrof muhit muhofazasidir. 
Malakali injenerlar tayyorlash maqsadida institut tarkibida 1946- yili «Kichik 
va o’rta GESlarni qurish» fakulteti tashkil etildi. Keyinchalik esa fakultet 
«Daryodagi inshootlar va gidroelektrostantsiya binolari gidrotexnika qurilishi» deb 
atalgan. Uning dekani va tashkilotchisi xotin-qizlardan birinchi irrigator 
T.A.Kolpakova edi, keyinchalik bu fakultetni dottsentlardan A.Saidxujaеv, 
I.A.Reyneke, 
A.Valijonov, 
B.P.Surovtsev, 
P.B.Arakelov, 
L.I.Antonovalar 
boshqarishdi. 1991-yildan «Irrigatsiya injenerlari tayyorlash o’quv-ilmiy markazi» 
va 1996-yildan esa «Gidromelioratsiya» fakulteti tarkibida «Suv xo’jaligi 
qurilishi» mutaxasisligi tashkil topdi. 2004-yil Toshkent irrigatsiya va melioratsiya 
institutining tashkil qilinishi munosabati bilan qayta «IGTIK va F» fakulteti 
ochilgan va shu davrda fakultet dekani sifatida Qoraqolpog’istonda xizmat 
ko’rsatgan fan arbobi texnika fanlari doktori professor M.R.Bakiеv boshqargan. 
Fakultetning 
rivojlanishida 
akademiklar 
– 
V.V.Poslavskiy, 
A.N.Askochenskiy, A.M.Muxamedov, professorlar – Е.A.Zamarin, A.V.Troitskiy, 
A.I.Ostrovskiy, 
M.G.Malchikovskiy, 
Е.D.Rojdestvenskiy, 
A.G.Ostankov, 
dosentlar – Z.X.Xusanxujaеv, Е.I.Pavlova, Z.I.Ryadova, S.K.Pereverzev, 
V.P.Sudakov kabilar astoydil mehnat qildilar.
Yarim asrlik faoliyati davrida fakultet xalq xo’jaligiga 4000dan ortiq, shu 
jumladan chet el mamlakatlari uchun 100dan ortiq injener-gidrotexniklar tayyorlab 
berdi. Ular O’zbekiston, Markaziy Osiyo respublikalari va chet ellarda suv 
xo’jaligi qurilishlarida xizmat qilib
 
kelmoqdalar. Fakultetning ko’pchilik 
bitiruvchilari yirik inshootlar: Andijon, Tallimarjon va Hisorak suv omborlari; 
Tuya-Muyin va To’polang gidrouzellari; Rogun, Baypazin, Sayano-Shushino 
gidroelektrostantsiyalari kaskadlari qurilishida ishtirok etdilar.


«Gidrotexnika inshootlari», «Nasoslar va nasos stantsiyalari», «Gruntlar 
mexanikasi» laboratoriyalari doimiy ravishda ishlab turibdi. Daryolar qirg’oq larini 
himoyalovchi 
inshootlar 
konstruktsiyalarini 
mukammallashtirish, 
ularning 
gidravlikasi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, doimiy ravishda nomzodlik 
dissertatsiyalari himoya qilinmoqda va ularning natijalari ishlab-chiqarishga joriy 
etiladi. Fakultetda ilmiy seminar tashkil qilingan bo’lib, unda ilmiy ishlar natijalari 
ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, kafedralarda talabalarning ham ilmiy 
to’garaklari ishlab turibdi. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlari mumkin qadar 
bajariladigan 
malakaviy-bitiruv 
ishlari 
va 
kafedra 
ilmiy 
tematikasiga 
yaqinlashtirilgan.
Fakultet jamoasi O’zbekiston va MDHning bir qancha o’quv, ilmiy-
tekshirish, loyihalash institutlari bilan aloqadadir: MISI (Moskva), SPGTU (Sankt-
Peterburg), DGMSI (Djambul), MGU (Moskva).
Fakultеtda quyidagi kafеdralar faoliyat ko’rsatadi: 
- gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruktsiyalari;
- gidrologiya va gidrogeologiya; 
- suv energiyasi va nasos stantsiyalaridan foydalanish;
- chizma geometriya va muhandislik grafikasi.
Undagi ta'lim yo’nalishlari esa: 
- gidrotexnika qurilishi;
- gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish;
- kasbiy ta'lim: Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan 
foydalanishdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika qishloq va 
suv xo’jaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish 
to’g’risida»gi 2004-yil 3 sentabrdagi 415-sonli qarorini bajarish maqsadida va 
institutning 2004-yil 13 sentabrdagi 187G`F buyrug’iga asosan institut faoliyatini 
tashkil etishni yanada takomillashtirish, qishloq xo’jaligi uchun yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining 
tashkiliy tuzilmasi tarkibida yangi «Suv xo’jaligini avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalash (SXA va M)» fakulteti tashkil etildi. Fakultet faoliyati 
tugatilgan «Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» va «qishloq va 
suv xo’jaligi energetikasi» fakultetlarining birlashtirilishi asosida vujudga 
keldi.Shu davrda fakultetga texnika fanlari doktori, professor B.P.Shaymardanov 
dekan etib tayinlandi. 
Hozirgi kunda fakultetda bakalavriat yo’nalishlari mavjud bo’lib, ularda 500 
dan ko’proq talaba o’qib kelmoqda.
Shu bilan birga fakultetda qishloq va suv xo’jaligi uchun 5A521005 – 
Gidravlik mashinalar va gidropnevmoagregatlar, 5A541002- Fermer xo’jaligini 


tashkil qilish, 5A521802 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish, 5A521317 – qishloq xo’jaligi elektr uskunalarini ekspluatatsiya 
qilish va ta'mirlash magistratura mutaxasisliklari bo’yicha magistrlar 
tayyorlanmoqda.
Fakultetda Davlat granti va xo’jalik shartnomalari asosida «qishloq va suv 
xo’jaliklarida 
texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirish 
va 
mexanizatsiyalashtirishni takomillashtirish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda. 
Fakultеtda quyidagi kafеdralar faoliyat ko’rsatadi: 
- gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasi; 
- gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va ularning texnologiyasi kafedrasi;
- gidromeliorativ tizimlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash va ularning 
elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi;

konstruktsiya 
materiallari 
texnologiyalari, 
amaliy 
mexanika 
va 
standartlashtirish kafedrasi;
- hayotiy faoliyat xavfsizligi kafеdrasi;
- suv xo’jaligi elektrotexnikasi va uni avtomatlashtirish kafedrasi. 
Undagi ta'lim yo’nalishlari esa: 
- avtomatika va boshqaruv;
- suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash;
- suv xo’jaligida meliorativ, transport jihozlaridan texnik foydalanish va 
servis xizmati;
- energiya tejash elektrotexnik tizimlari va majmualari; 
- qishloq va suv xo’jaligi elektr energetikasi;
- hayotiy faoliyat xavfsizligi;
- kasb ta'limi (qishloq va suv xo’jaligi energetikasidir). 
Fakultet 1945 yilda tashkil etilgan. Fakultet tashkil etilgan birinchi yili unga 
25 ta talaba, keyingi yillari 50 nafar talaba qabul qilingan bo’lsa, mamlakat xalq 
xo’jaligining yеr tuzuvchi mutaxasislarga bo’lgan talabini inobatga olgan holda, 
o’tgan asrning 50 - yillaridan boshlab qabul qilinadigan talabalar soni yil sayin 
ortib borgan va 80-yillarga borib 150 nafarga etgan. 1956 yildan boshlab fakultet 
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ham mutaxasislar tayyorlay boshlagan. 
Bugungi kunda fakultetga yiliga 145 nafar talaba qabul qilinmoqda. O’z faoliyati 
davrida fakultet Markaziy Osiyodagi yirik o’quv markazlardan biriga aylandi. Bu 
yеrda Qozog’istonning janubiy o’lkasi, Turkmaniston, Qirg’iziston va Tojikiston 
Respublikalari uchun ham ko’p sonli mutaxasislar tayyorlandi.
O’tgan davr mobaynida fakultetda juda katta hajmda o’quv, ilmiy, ilmiy-
uslubiy va tarbiyaviy- mafkuraviy ishlar bajarildi. Fakultet talabalari, ilmiy-
pedagogik jamoasi o’z vaqtida respublikamizda amalga oshirilgan yirik 


bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar. Jumladan, Mirzacho’l, Surxon-
Sherobod, Qarshi dashtlarini o’zlashtirish davrida yangi-yangi paxtachilik 
xo’jaliklarini tashkil etish bilan bog’liq loyihalar ishlab chiqish, ularni joriy etish, 
yangi yеr maydonlarida zamonaviy qishloqlar barpo etishda, yеrlarni baholashda 
to’qridan - to’g’ri qatnashganlar.
O’zbеkiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa rеspublikalari uchun 
malakali muhandis- yеr tuzuvchilar tayyorlash maqsadida hukumat qaroriga 
binoan 1945 yili institut tarkibida “Yеr tuzish”(hozirgi Yеr tuzish va yеr kadastri) 
fakultеti tashkil etildi. Fakultеt tashkil etilgan yili uning birinchi dеkani gеodеziya 
kafеdrasining mudiri dots. M.I.Maslov edi. Kеyingi yillarda prof.P.K.Tatur, 
dotsеntlar I.K.Baranov, V.S. Artomonov, A.A.Nazirov, A.T.Abdurazzoqov 
fakultеt dеkani vazifasida ishladilar. 1992 yildan prof. S.A.Avеzbaеv fakultеtga 
yyеtakchilik qilmoqda. 
Hozirgi kunda fakultet olimlari quyidagi mavzular bo’yicha ilmiy-tadqiqot 
ishlarini olib bormoqdalar: - Yеrlardan oqilona foydalanishni tashkil etish, Yеr 
tuzish va yеr kadastri muammolarini еchish, - Iqtisodiy islohotlar sharoitida yеr 
munosabatlarini yanada takomillashtirish, -Yеrlarni baholash, - Yеr tuzish va yеr 
kadastri ishlaridagi geodezik o’lchashlarning ilmiy asoslangan uslubiyatlarini 
ishlab chiqish,- tuproq unumdorligini oshirish.
Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarning natijasi sifatida o’tgan davr mobaynida 
fakultetda 76ta monografiya, 48ta darslik va o’quv qo’llanmalar chop etildi. 
Fakultetda Shvetsiyaning qurollik Texnologiya Instituti (Stokgolm), Moskva 
Davlat Yеr Tuzish Universiteti, Markaziy Osiyo davlatlarida tashkil qilingan, yеr 
tuzish fakultetlari, respublikamizning yеr tuzish va yеr kadastri va geodeziya 
xizmatlari bilan hamkorlik yaxshi yo’lga ko’yilgan. Fakultetni tamomlagan 4 nafar 
talaba Shvetsiya qirollik Texnologiya Institutining magistraturasida ta'lim olib 
qaytishgan. 
Fakultеtda quyidagi kafеdralar faoliyat ko’rsatadi: 
- yеr tuzish va yеr munosabatlari
- geodeziya va yеr kadastri;
- tuproqshunoslik va deqqonchilik asoslari; 
Undagi ta'lim yo’nalishlari esa: 
- yеr tuzish va yеr kadastri;
- geodeziya, kartografiya va kadastr
- kasb ta'limi (yеr tuzish va yеr kadastri). 
Iqtisodiyotning o’sib borayotgan monitorlashuvini o’zlashtirish, foydadorlik 
va talab hamda taklif qonunlarini qo’llash, tovarlar, xizmatlar, va intеlеktual
mеhnatga bo’lgan xususiy mulkchilikni yo’lga qo’yish, shaxsiy tashabbusni 
rivojlantirish va alohida shaxslar hamda aholi guruhining huquqlari bilan 


uyg’unlashtirish uchun umuman olganda ta'lim va kasbiy tayyorlash borasida katta 
o’zgarishlarni amalga oshirishlarni yo’lga qo’yish maqsadida institutda «Suv 
xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqarish» fakultеti faoliyat ko’rsatib kеlmoqda.
Fakultetning birinchi dekani dosent Laxovskaya Venera Leonidovna bo’lgan. 
1977-yildan boshlab fakultet dekani vazifasini professor Xodjaеv Sadulla 
Madaminovich bajardi. Fakultet tashkil qilingan davrdan boshlab uning tarkibida 
«Suv xo’jaligi iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri dots. Valijonov 
A.M.) hamda «qishloq xo’jalik iqtisodi va uni tashkil etish» kafedrasi (mudiri prof. 
Xodjaеv S.M.) faoliyat ko’rsatgan.
Keyinchalik 1978-yilda fakultet tarkibida uchinchi kafedra «qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarishini boshqarish» kafedrasi (mudiri dots. Tursunov R.T.) tashkil 
etildi. 1985- yildan 1987-yilgacha fakultet dekani lavozimida prof. Xodjaеv 
Bohodir Asadullaеvich ishladi. Hozirgi vaqtda fakultetni dosent Abdullayеv Zafar 
Sayfuddinovich boshqarib kelmoqda.
Fakultetning 
umumiy 
ilmiy-tadqiqot 
ishlari mavzusi: «Sug’orma 
deqqonchilikda suvdan va yеrdan foydalanish samaradorligini oshirish» 
muammolarini yechishga bag’ishlangan. Bu mavzu tarkibida «Suv xo’jalik 
qurilishinisamaradorligini oshirish, o’quv tajriba xo’jaligida yеrdan, suvdan 
foydalanishni yaxshilash tadbirlari ishlab chiqilgan. 1974-2004 yillar ichida 
fakultetda 3 ta doktorlik, 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, 8 ta olimlar 
dosentlik, 5 ta professorlik ilmiy unvonlariga sazovor bo’lishdi. Fakultet 
Respublika «ta'lim yo’nalishlari klassifikatori»ga kiritilgan 2 ta bakalavriant 
yo’nalishlari – «Iqtisodiyot» (suv xo’jaligida), «Menejment» (suv xo’jaligida), 
«Marketing» (suv xo’jaligida), «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlari 
bo’yicha fakultetning yеtuk olimlari ishtirokida davlat ta'lim standartlari, 
na'munaviy va ishchi o’quv rejalari, fanlarning dasturlari ishlab chiqilib, o’quv 
jarayoniga tadbiq qilindi. Davlat tilida hamda rus tillarida o’quv qo’llanmalari, 
uslubiy qo’llanmalar va ma’ruzalar matnlari tayyorlanib chop etildi.
Shu munosabat bilan fakultetda «Suv xo’jaligi iqtisodi», «Buxgalteriya hisobi 
va audit» yo’nalishlari bo’yicha magistrlar tayyorlashga kirishildi. Fakultet 
professor – o’qituvchilari 1991-2004 yillarda 3ta darslik, 8ta o’quv qo’llanmalari, 
6ta monografiya, 25ta uslubiy qo’llanma, 55ta uslubiy ko’rsatma va 100tadan ortiq 
ilmiy maqolalar chop etdilar. Shu davr ichida fakultet olimlari Bonn 
universitetining «ZEF» ilmiy-tadqiqot markazining Orol dengizi havzasida 
«Suvdan foydalanish samarodorligini oshirish», Vashington universiteti «Ekologik 
ekonomika» IKARDAning fermer xo’jaliklarida suvdan foydalanish usullarini 
takomillashtirish loyihalari bo’yicha grantlarini yutgan. Hozirgi kungacha fakultet 
olimlaridan 2tasi professorlik, 10tasi dosentlik unvonlarga erishgan. 12ta fan 


nomzodi ilmiy darajasini oldilar, 1ta xizmat ko’rsatgan professor, 2ta xizmat 
ko’rsatgan katta O’qituvchi faxriy unvonlariga ega bo’ldilar.
Fakultеtda quyidagi kafеdralar faoliyat ko’rsatadi: 
- suv xujaligini boshqarish va uning iqtisodiyoti; 
- buxgalteriya hisobi va audit; 
- iqtisodiy nazariya asoslari. 
Undagi ta'lim yo’nalishlari esa: 
- iqtisodiyot;
- menejment; 
- marketing;
-buxgalteriya hisobi va auditlardir. 
Yuqoridagilardan tashqari institutda bir qancha qo’shimcha xo’jalik va 
tashkilotlar o’quv jarayonini ta'minlash uchun xizmat qiladi.

Download 350,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish