Magnit o’zak presslanish zichligi susayishidagi ta'mirlash.
Magnit o’zak diametri katta bo’lmagandagi presslanishning umumiy sustlanishida magnit o’zakning bosuvchi barmoq 9 va chekkadagi plastina 7 orasida har bir 2÷4 tish oralab tekstolit klin 8 qoqiladi (6.1,d-rasm). Klin 8 magnit o’zakning me'yordagi presslanishini ta'minlaydi. Klinning zaruriy qalinligini agiqlash uchun, oldindan 1 MPa bosimda magnit o’zakni presslash mumkin. klinning kengligi pazning kengligidan katta bo’lishi mumkin emas. Klinning o’z-o’zidan tushib qolishining oldini olish uchun uni o’rnatishdan avval elimlovchi lak suritiladi va so’nggi plastina 7 shimarib qo’yiladi. Magnit o’zakning xududiy sustlanishida (shikastlik yoki ventilyatsiya tirgagi tushib qolsa), shikastlangan tirgak tog’rilanadi, tushib qolgani o’rniga tekstoltk klini qoqiladi va unga ikki tomondan so’nggi plastinalarni shimarib qo’yiladi.
Presslanish tortuvchi shpilkalar yordamida bajarilgan yirik mashinalar magnit o’zaklari presslanish zichligi susayganda, shpilkalarni tortib qo’yiladi. Buning uchun payvadlash choklari, tortuvchi shpilkalar o’z-o’zidan buralmasligi uchun qo’yilgan stopor gaykalar echiladi, diametral qarama-qarshi tomonda joylashgan to’rt nuqtadagi gaykalar tortiladi va qolgan gaykalarni galma-galdan birnecha bosqichda burab mahkamlash yo’li bilan bosuvchi flyanets tortiladi. Tortishning so’ngida payvandlash choklari tiklanadi.
Agar gaykalarni tortish imkoni bo’lmasa, yoki tortish bilan magnit o’zak preslanishi tiklanmasa, tish zonasiga STEF-1 turdagi shishatekstolit klinlarni qoqish bilan magnit o’zak preslanishi tiklanadi. Bunda klinlar qoqiladigan yuzalar benzin surtib yog’sizlantiriladi va quritiladi, segmentlar va klinlarga turdagi lak va elimlovchi epoksid lak surtiladi. Klinlar o’rnatilgandan so’ng to’la polimenlanish maqsadida 20÷25 0S haroratda 10÷12 soat mobaynida quritiladi.
Magnit o’zak plastinalari orasi izolyatsiya shikastlanganda ta'mirlash. Klinlar o’natilgan joyga yaqin bo’lgan alohida segmentlarning kichik chuqurliklaridagi lak qoplamasida shikastlanish bo’lsa, u holda segmentlar orasiga klin qoqishdan avval 20÷35 mm qalinlikda B lakda slyuda qatlami yotqiziladi. Stator yuzasidagi plastinalar aro lokal shikastlar segmentlar va izolyatsiya orasiga slyuda parchalarini joylashtirib bartaraf etiladi. Buning uchun segmentlar maxsus charxlangan tor va yupqa zarur uzunlikdagi po’lat polosalar bilan ajratiladi.
Shikastlanishning katta maydonlari azot kislotasi bilan xurushlab (edirilib) bartaraf etiladi. Statorga magnitlovchi va nazorat chulg’amlari kiydiriladi. Magnitlovchi chulg’amdan tok o’tkazib, yuqori darajada qizish joyi aniqlanadi, bu izolyatsiyaning shikastlanganligidan dalolat beradi. Shikastlangan joy atrofi yuzasini shpaklevka va kimyoviy barqaror emal bilan tozalanadi, shikastlangan zonani magnitlovchi chulg’am yordamida 75÷105 0S gacha isitiladi, so’ngra tok uzilib, shikastlangan joy azot kislotasi bilan tozalanadi.
2.2. rasm. Magnit o’zak tish: 1-ptotez; 2-tish
Tozalashdan so’ng kislota qoldig’i 4÷5 marta 10%li kaltsiy sodasi eritmasiga shimdirilgan latta bilan artiladi va ta'mirlanayotgan joy 40÷60 0S issiqlikdagi distirlangan suv bilan yuviladi. So’ngra latta bilan artilib, spirt bilan yuviladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |