Dinamik tormozlar elektrik (rekuperativ, reostatli va rekuperativ - reostatli) va gidrodinamik bo‘ladi. Uning qo‘llanilishi cho‘zilgan qiyaliklarda tezlikni to‘g‘irlashda, ayniksa samaralidir, chunki bunda friksion materiallar emirilishi kamayib, belgilangan tezlikni aniq saqlash sharoiti yaratiladi.Lekin bu tormozlar xavfsizlik tormozi hisoblanmaydi va poezddagi tormoz bosimi kuchi hisoblarida inobatga olinmaydi.
Boshqaruv qismi xususiyatlariga ko‘ra tormozlar avtomatik va avtomatik bo‘lmaganiga bo‘linadi. Bu ikkala tormoz turlari pnevmatik, elektropnevmatik, elektr, avtomatik bo‘lmaganlari esa yana qo‘l yordamida ishlatiladigani buladi.
Avtomatik tormozlarni xarakterli belgisi bo‘lib, poezd ajrab ketganda mashinachi harakatidan qatiy nazar ishlab ketishi hisoblanadi.
Pnevmatik tormozni harakatga keltirshp tormoz magistralidagi siqishgan havoni chiqarib yuborish bilan ta’minlanadi. Magistral bosimning kamayishi avtomatik elektr tormozining uskunalarini ishlab ketishiga sabab bo‘ladi. EPT ning avtomatikligi shu bilan amalga oshiriladiki, uning erkin holatida chiziqli boshqaruv simlari kuchlanish ostida bo‘ladi, tormozlash jarayoni simlarda tok yo‘qolganda yoki kuchlanish kattaligi kamaygandagi holatiga to‘g‘ri keladi.
Avtomatik bo‘lmagan tormozlar harakat tarkibining bir birligi oralig‘ida qo‘llaniladi (masalan: lokomotivdagi yordamchi tormoz). Bu tormoz bitta pult orqali boshqariladi.
Avtomatikli pnevmatik tormozlar harakati xarakteristikasiga ko‘ra qattik, bo‘lmagan, yarim qattiqlikdagi va qatiklariga bo‘linadi.
Q a t t i q b o‘ l m a g a n tormozlar tormozlanishga xar qanday zaryadkali bosimda qo‘yib yuborishi, to‘la qo‘yib yuborish - magistraldagi bosimni uncha katta bo‘lmagan bosimda (0,015-0,03MPa) ishlab ketishi bilan xarakterlanadi. Magistral bosimni tormozni qo‘yib yuborish holatida bo‘lganida yumshoqlik tempi (0,03 MPa gacha1 minutda) bilan sekin - asta kamaytirilganda to‘xtatmaydi. Qattiq bulmagan turdagi tormozni ishlaganidan so‘ng tormoz silindridagi bosim har qanday tempda magistralda oshadi.
YArim q, a t t i q, tormoz xuddi qattiq, bo‘lmagan turidagi kabidir, lekin magistraldagi har bosim oshishi bilan qo‘yib yuborishiga uni ma’lum bosqichi to‘g‘ri keladi ( tormoz silindridagi bosimni kamayishi).
Q a t t i q, tormozlar shu bilan xarakterlanadiki, tormoz magistralidagi xar bosimi qattaligining o‘zgarishi, tempning o‘zgarishidan qat’iy nazar, tormoz silindridagi ma’lum kattalikdagi bosimiga tegishli bo‘ladi. Bunday tormozlar boshlang‘ich zaryadkadayoq to‘xtatadi.
Qattiq bo‘lmagan va yarim qattiq, tormozlar drosselli teshikchalardan tormoz magistrali orqali zaryadkalanadigan ishchi kameraga ega. Bunday tormozlar ishchi kamerasi va magistraldagi bosimlar farqidan harakatlanadi, shuning uchun har qanday zaryadli bosimdan ishlab ketishi mumkin.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida qo‘llaniladigan yuk vagonlari havotaq,simlagichlari qattiq, bo‘lmagan - tekis va yarim qattiq - tepalik bosqichida hsoblanadi. Qattiq turdagi havotaqsimlagichlar esa, namunaviy havotaqsimlagichlar o‘rniga faqat murakkab, qiyaligi 0,040 va undai katta bo‘lgan tepaliklarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |