VIRUSLARNI ANIQLASh VA DAVOLASH USULLARI.
Viruslarni aniqlovchi va davolovchi turli dasturlar mavjud.
AidsTest.
AidsTest programmasi dedektor - dastur bo'lib, u D.N.Lozinskiy mahsulidir. Bu dastur hozirgi kunda 1500 dan oshiq virusni aniqlaydi va davolaydi. Afsuski bu dastur faqatgina o'ziga ma'lum viruslarni aniqlaydi. Dedektor - dasturlarning asosiy kamchiligi - noma'lum viruslarni aniqlay olmasligidir.
Shunday bo'lsada, Aidstest dasturi keng tarqalgan.
ADinf REVIZOR DASTURI.
ADinf dasturi D.Mostovoy mahsulidir. Bu dastur fayllar holati haqidagi ma'lumotni eslab qoladi. Navbatdagi tekshirish natijasida bu ma'lumotning o'zgarishi fayl o'zgartirilganligidan dalolat beradi. Bu virusning xarakati natijasida bo'lishi mumkin. Birorta o'zgarish revizorning nazoratidan chetda qolmaydi. Revizor darhol Sizni o'zgarish xaqida ogoh qiladi. Lekin o'zgarish sababini tushuntirmaydi. Buning sababi virus ekanligini, yoki o'zingiz kiritgan o'zgarishlar ekanligini o'zingiz aniqlashingiz zarur. Adinf virusini davolamaydi. Uning maxsus Adinf.Ext maxsus davolovchi dasturiga ega bo'lsangiz, u bu muammoni bir zumda hal qiladi.
Shuningdek, Norton AntiVirus, McAfee VirusScan, Kaspesky, DrWeb, AviraAntivir kabi zamonaviy antiviruslar mavjud.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI.
Kompyuterdagi zaruriy ma'lumotlar arxiv nusxasini saqlash, o'zgartirilgan fayllarni yangilab turish maqsadga muvofiq.
Viruslarni aniqlovchi va davolovchi, ularni himoya kiluvchi mahsus dasturlardan foydalanish mumkin.
* Aniqlovchi dasturlar virus bilan shikastlangan faylni aniqlaydi.
* Davolovchi dasturlar shikastlangan fayllarni virusdan tozalaydi va faylni shikastlanishdan avvalgi xolatini tiklaydi.
* Revizor dasturlar kompyuterdagi fayllar haqidagi ma'lumotni eslab qoladi, o'zgarish aniqlanganda, Sizga xabar beradi.
* Revizor doktorlari fayllardagi o'zgarishni aniqlaydi va o'z holiga qaytaradi.
* Boshqa kompyuterlardan disketlarda keltirilgan ma'lumotlar keltirilishi zarur. Buni dedektor - dastur yordamida bajarish mumkin.
Har ehtimolga qarshi shikastlangan kompyuterni davolash uchun zarur dasturli disketlarni tayyorlab quyish zarur. Bu:
* sistemali disketa;
* disklarni formatlovchi dasturlar;
* ko'p ishlatiladigan dasturlar;
* arxivdan tiklovchi dasturlar;
* viruslarni aniqlovchi va davolovchi dasturlar.
Bu disketalarda yozish himoya tirkishi albatta berkitilishi zarur.
Operatsion sistema yuklovchisini virusdan himoyalanish uchun OS ni yuklashdan avval A diskni tekshiring. Disketa bo'lsa, disk kalitini ochib qo'ying.
Ba'zan kompyuterni virusga qarshi tekshirib turing.
Disketali begona foydalanuvchilarni nazoratsiz kompyuterda ishlashiga yo'l qo'ymang.
Virus yangi turlari tug'ilishini, ko'payishini hisobga oling. Shuning uchun antiviruslarni yangilab turishni aslo unutmang!
Do'stlaringiz bilan baham: |