Ma’ruza 19. Html tili



Download 1,15 Mb.
Sana09.12.2019
Hajmi1,15 Mb.
#29078
Bog'liq
HTML

Ma’ruza 19. HTML tili

Reja:
19.1. Web-sayt yaratish.

19.2. Web-sahifaga matn kiritish

19.3. Web-sahifada grafika

19.4. Web-sahifaga jadval joylashtirish
Tayanch iboralar: web-sahifa, web-sayt, teglar.
19.1.Web-sayt yaratish.
Internetning WWW hizmati asosan web-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug’ulishi tabiiy. Web-sahifalar odatda HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yaratiladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML tilining buyruqlari “<” va “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg deb yuritiladi. Butun dunyo o’rgimchagi–World Wide Web (WWW) HTML gipermatn bog’lanish tili yordamida tuzilgan Web-sahifalardan iborat. HTML-hujjat fayli nomining kengaytmasi “html” bo‘ladi. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida xotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko‘rinishida chiqadi.

HTML tilining asosiy qoidalari quyidagicha:

1 − qoida. HTMLdagi istagan harakat teglar bilan aniqlanadi. Bitta teg (chap) harakatning bosh qismida, ikkinchisi esa, (o’ng) oxirida turadi. Bunda teglar « < » yoki « > » ishoralar bilan yonma-yon turadi. Yolg’iz o’zi ishlatiladigan teglar ham mavjud.

2 − qoida. Brauzer darchasidagi burchakli qavs ichiga joylashtirilgan istagan teg yoki boshqa ko’rsatma tashqariga chiqarilmaydi va HTML-fayl uchun ichki buyruq hisoblanadi.

HTML qoidalariga ko’ra, yopuvchi (o’ng) teg xuddi ochuvchi (chap) teg singari yoziladi, lekin teg nomi oldiga «/» (to’g’ri slesh) simvoli qo’shib qo’yiladi. Qo’shaloq teglar orasida yagona farq shundaki, yopuvchi teglar parametrlardan foydalanmaydilar.

Mos yakunlovchi teglarga muxtoj bo’lgan teglar konteyner teglar deyiladi. Ochuvchi va yopuvchi teglar orasida yozilganlarning barchasi teg-konteynerga tegishli bo’ladi. Ba’zida yakunlovchi tegni tushirib qoldirsa ham bo’ladi. Masalan,

jadvalining yacheykasidagi ma’lumotlarni ifodalovchi teg uchun unga mos bo’lgan yopuvchi teg ni doimo tushirib qoldirish mumkin, jadval yacheykasi uchun ma’lumotlarning tugallanganligi navbatdagi tegning paydo bo’lishi orqali aniqlanadi.



Qator teglar yakunlovchi teglarga muxtoj bo’lmaydi. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: tasvirni o’rnatish tegi;
satrining majburiy ravishda uzatilishi.Quyida HTML-hujjat va unga mos web-sahifa namunasi keltirilgan.



O'ZBEKISTON MENING VATANIM!









Yuqorida aytib o’tilganidek - teglar bu HTML tilidagi buyruqlar. Web sahifalardagi ma'lumotlar teglar yordamida o'qish uchun qulay va imlo xatosiz ko'rinishli qilib yaratiladi, chunki bu sahifalardan ko’pchilik foydalanishadi.

HTML ning asosiy teglari. HTML-fayl–bu oddiy matnli fayl. SHuning uchun uni istagan matn redaktorida, masalan MS Word yoki oddiy «Bloknot»da yaratish mumkin. Hujjat yaratilgach, uni matn formatida saqlash kerak. Lekin, bu ishni bajarishda oldin uning kengayishini o’zgartirish, ya’ni TXT o’rniga HTML yoki HTMni qo’yishni esdan chiqarmaslik kerak. HTML va HTM kengayishi HTML-fayl uchun standart hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kengayishlar kompyuterga faylda matnlardan tashqari HTML kodlari ham mavjudligini ko’rsatib turadi. HTML tili harflar razmeriga befarqdir, ya’ni bosh va kichik harflar bir xil qabul qilinadi. Lekin teglarni yozishda ko’pincha bosh harflardan foydalaniladi. HTML-hujjatni web-brouzerlar yordamida hotiraga yuklansa, u ekranga web-sahifa ko`rinishida chiqadi.

Web-sahifa ko’rinishi va aks ettirilayotgan axborotning qanaqaligidan qat’iy nazar, har bir Web-sahifada ishtirok etishi zarur bo’lgan quyidagi to’rtta teglar mavjud:

1. brauzerga hujjat HTML tilida yozilganligi to’g’risida xabar beradi.

2. HTML–hujjatning kirish va bosh qismini belgilaydi.

3. asosiy matn va axborotni belgilaydi.

4. bu Web-sahifa to’g’risida ko’proq to’la-to’kis axborot olish uchun kerak bo’ladigan elektron pochta manziliga ega. Ishlatyilishi

Kerakli matn
Teg o'z nomi bilan adres yani manzillarni belgilash uchun ishlatiladi. Bu teglar orasida yozilgan manzilni har qaysi brauser o'zi hohlagan tarzda namoish etadi.



Bu teglar Web-brauzerga HTML–hujjatning har xil qismlarini aniqlash uchun juda zarurdir, lekin ular Web-sahifaning tashqi ko’rinishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmaydi. Ular HTMLga kiritilgan navbatdagi yangi ma’lumotlar uy sahifalarida to’g’ri sharhlash, shu bilan birga barcha Web-brauzerlarda bir xil ko’rinishga ega bo’lishi uchun juda zarurdir.

va teglari. Bu teglar brauzerlarga ular orasidagi matnni xuddi HTML matni kabi sharhlash (izohlash) zarurligi to’g’risida xabar beradi, chunki HTML-hujjatlari faqat matnlidir.

va teglari. Ular Web-sahifalar nomlarini belgilaydi. Buning uchun va teglar orasida Web-sahifa nomi kiritiladi. Har bir HTML–hujjat faqatgina bitta nomga ega bo’ladi.

va

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish