3.
Aralash va kombinatsiyalash usuli
.
Bu usulda
sistemaning ortiqcha bog‘lanishlari bir qismida zo‘riqish kuchlari,
qolgan qismida esa sistema tugunlarining ko‘chishlari noma’lum
deb qabul qilinadi. Kuchlar va ko‘chishlar
usulining bir vaqtda
qo‘llanilishi sababli ushbu usul aralash usuli deyiladi.
4.
Ketma-ket yaqinlashish usullari
.
Ushbu usullar
ko‘chishlar usulining takomillashgan taqribiy usullari hisoblanadi.
5.
Matritsalar usuli
. Bu usul matritsalar yordamida EHM lar
bilan hisoblashga asoslangan.
Statik aniqmas sistemalarni bu
usullar yordamida hisoblash
bilan ramalarni hisoblash orqali tanishib chiqamiz.
Ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar.
1. Statik aniqmas
sistemalar deb, nimaga aytiladi?
2. Statik aniqmas sistemalar statik aniq sistemalarga nisbatan
qanday afzalliklari va kamchiliklarini ayting?
3. Statik aniqmas sistemalarni qanday turlarini bilasiz?
4. Statik aniqmas sistemalarni hisoblash usullarini ayting?