Konveyer va nasoslarda energiya auditi Reja: Nasos qurilmalarida elektr energiyann tejash
Konveyerlarni ishga tushirishda statik moment va
inersiya momentlarining kattaligi
Qurilishda, konchilik ishlarida va shuningdek sanoatning boshqa sohalarida lentali konveyerlar sochiluvchi, donali va bo‘lakli materiallarni gorizontal va burchak ostida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda juda keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalarda asosan 4A rusumli uch fazali rotori qisqa tutashtirilgan va faza rotorli asinxron motorlar ko‘llaniladi, ularning quvati bir necha yuz kVt gacha boradi. .
Ko‘p yuritmali konveyerlarda yukori sirpanishli yoki faza rotorli, og‘ir ishlab chiqarish rejimida ishlaydigan konveyerlarda ishga tushirish momenti katta bo‘ladigan asinxron motorlar qo‘llaniladi.
Konveyerlarni ishga tushirishda statik moment va
inersiya momentlarining kattaligi va shular asosida o‘tish jarayoni vaqti uzayib ketishi natijasida motor chulg‘ami qiznb ketishi mumkin.
Ishga tushirish vaqtida elektr energiyadan ratsional foydalanish
maqsadida kuchlanishni pog‘onali rostlash qo‘llaniladi. Konveyerni
ishga tushirish va tormozlash rejimlarida elektr energiya sarfini
kamaytirish elektryuritma inersiya momentini kamaytirish, hamda
bir motorni ikkita yarim quvvatiga teng motorlar bilan
almashtirish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarishda turli rusumli va konstruksiyali nasos qurilmalar juda keng qo‘llaniladi. Ularning elektryuritmalari asinxron va sinxron motorlardan iborat bo‘lib, quvvati bir necha yuz vattdan to ming kilovattgachadir. Porshenli nasos eritma nasoslar suvoq materiallarini transportirovka qilish va suvoq ishlarini mexanizatsiyalashda qo‘llaniladi. Avtomatli uzgichlarni qo‘llash eritma bosimi oshishi vaqtida elektr energiya sarfini oshib ketishini cheklaydi.
Bo‘yash jarayonlarini mexanizatsiyalashda bo‘yoqchi stansiyalar va
elektr bo‘yash pultlari qo‘llaniladi. Qum, maydalangan granit va
boshqa tog‘ jinslarini suv bilan birga transportirovka qilishda R rusumli so‘ruvchi nasoslar qo‘llaniladi. Bundan tashqari har xil
quvvatdagi suv nasoslari keng qo‘llaniladi.
Nasos qurilmalarida elektr energiyann tejash uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
1. Nasoslarni maksimal yuklanganligiga elektr energiyaning
eng kam solishtirma qiymati to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda
nasoslarni yuklanishini oshirish kerak. Agar suv o‘tkazgichning
tavsifi nasos pasporti ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri kelmasa nasosni
almashtirish kerak bo‘ladi.
2. Kam ish unumli nasoslarni yukori ish unumli va FIK
yuqori bo‘lganlari bilan almashtirish kerak. Bunda elektr
energiyaning iqtisodi hisobi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu erda H,Q – nasos bosimi (m) va ish unumi (m3/soat), t – yil davomida nasosning ishlagan vaqti (soat), motorning, yangi va almashtirilgan nasosning
f. I. K. lari.
Misol: F. I. K. bo‘lgan nasosni bo‘lgan nasos bilan almashtirilganda elektr energiyadan qilinadigan iqtisodni hisoblang.
N = 20,5m, Q = 18 m3/s, , t = 2100 soat
3. Nasoslarga ishchi g‘ildirak va yangi zichlagichlar o‘rnatish
hisobiga uning F.I.K. ni pasportida keltirilagan darajaga keltirish. Bu tadbir natijasida elektr energiyadan iqtisod qilish quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu erda N – shu rejimda ishlayotgan nasos hosil qilgan bosim, shu ish rejimida ishlayotgan motor va nasosning F.I. K. pari.
4.Nasosning ishlash holatini texnologik jarayonidan kelib chiqqan holda talab qilinayotgan suv miqdoriga qarab rostlash. Iqtisodiy nuqtai nazardan nasoslar sonini va ularning motorlari tezliklarini rostlash eng makbulidir. Zadvijkalar yordamida nasoslarning ish unumini rostlash nasos motorlarida elektr energiya isrofining oshishiga olib keladi.
5. Tezliklari rostlanmaydigan nosos qurilmalaridagi motorlarning tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati: Asosiy adabiyotlar:
Zakon o ratsionalnom ispolzovanii energii v Respublike Uzbekistan. Tashkent, 1997.
Elias Krontiris. Mejdunarodnыy opыt energosberejeniya. /Mejdunarodnoe soveщanie po obmenu opыtom. Energosberejenie v promыshlennыx ustanovkax. Tez. Doklada. – T.: 1995.
Xashimov A.A., Sitdikov R.A. Audit energoeffektivnыx elektrotexnicheskix sistem i kompleksov. Konspekt leksiy. – T: TGTU, 2001.
Energy Audits for Industry. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Energy Audits for buildings. Fuel efficiency booklet, Best practice programme, 1993
Spravochnik po avtomatizirovannomu elektroprivodu /Pod red. Elisseva i dr. – M.: Energoatomizdat, 1983.