Microsoft Power Point dasturida elektron taqdimot yaratish texnologiyasi Microsoft Power Point 2010 dasturida elektron taqdimot yaratish uchun asosan quyidagi ishlarni ketma-ket bajarish orqali amalga oshiriladi:
Taqdimot slaydlari uchun “Tema” tanlash - bunda tema tanlash taqdimot mavzusidan kelib chiqqan holda “Дизайн” lentasi orqali tanlanadi.
Titul varog‘ini tayyorlash. Titul varog‘i – bu elektron ma’ruzaning birinchi beti hisoblanadi. Bu bet uchun maxsus «Титулний слайд» nomli slayd maketidan foydalaniladi. Bu maket «Заголовок слайда» va «Подзаголовок слайда» nomli bо‘limlardan tashkil topgan. Bu yerda yana qо‘shimcha bо‘limlar qо‘shish uchun «Вставка» menyusining «Надпись» tugmasidan foydalaniladi.
SmartArt tasvirlari bilan ishlash. Taqdimot kо‘rinishi undagi slaydlarning kо‘rkamligi va mavzuni yoritishga bog‘liq. Kо‘pgina foydalanuvchilar slaydlarni kо‘rkamlashtiruvchi rasmlar chizishni bilmaydi. Bunday foydalanuvchilar uchun maxsus rasmlar jamlangan “SmartArt” strukturalashgan tasvirlar kolleksiyasi mavjud. Unning yordamida osongina mavzu g‘oyasini yoritib beruvchi strukturalar yaratish mumkin.
Rо‘yxatlar bilan ishlash. Taqdimotda rо‘yxatlar biror bir obyektni sifatlarini sanab о‘tishda ishlatiladi. Rо‘yxatlar markerlar, sonlar va xarflar orqali tashkil etilishi mumkin.
Rasmlar bilan ishlash. Power Point dasturida rasmlar bilan ishlashning 2 xili mavjud:
Fayl kо‘rinishida saqlanayotgan rasmlardan. Fayl kо‘rinishida saqlanayotgan rasmlardan foydalanish uchun «Вставка» menyusining «Рисунок» tugmasi bosiladi va ochilgan oyna yordamida kerakli rasm tanlanadi.
MS Office rasmlar tо‘plamidan. MS Office rasmlar tо‘plamidan foydalanish uchun «Вставка» menyusining «Картинка» tugmasi bosiladi va ochilgan oyna yordamida kerakli rasm tanlanadi
Taqdimot betlarini nomerlash. Taqdimot betlarini nomerlash uni sifatlaridan birini oshishiga olib keladi.
Obyektlarga animatsiya berish. Animatsiya bu xarakatlantirish demakdir. Slaydni samaradorligini oshirish maqsadida slaydlardagi ba’zi obyektlarga animatsiyalar beriladi. Buning uchun avval animatsiya berish kerak bо‘lgan obyekt belgilab olinadi va «Анимация» menyusining «Добавит анимация» tugmasi bosiladi. Natijada ekranda «Вход», «Выделения», «Выход», «Пути перемешения» nomli bandlar ostida har xil animatsiyalar paydo bо‘ladi. Ulardan qaysi biri tanlansa shu turli animatsiya avvaldan tanlangan obyektga о‘zlashtiriladi. Bu animatsiyani «Област анимация» tugmasini bosish bilan ochiladigan oynaning «Просмотр» tugmasini bosish orqali kо‘rish va sozlash tugmalari yordamida ma’ruzaga mos qilib sozlab olish mumkin.
Prezentatsiyani saqlash. Taqdimot yaratish ishlari bajarilib bо‘lganidan keyin uni kompyuter diskiga saqlab qо‘yish kerak. Buning uchun «Файл» menyusining «Сохранить» yoki «Сохранить как» buyruqlaridan foydalaniladi.
Nazorat savollari
MS Power Point 2010 dasturini ishga tushirishni qanday usullarini bilasiz?
Foydalanuvchi interfeysi qanday elementlardan tashkil topgan?
MS Power Point dasturida lenta deganda nima tushiniladi?
“Файл” менюсининг elementlari haqida nimalari bilasiz?
“Shikastlangan” fayllarni tiklovchi buyruq nomini ayting.