13.4-rasm. Ikki qamrovli avtooperatorni ishlatish sxenasi Asboblar almashtirilganda u gorizontal o‘q atrofida aylanib, asboblami bir vaqtning o‘zida shpindel va magazindan qamrab oladi; so‘ngra asboblami ulaming o‘qi bo'ylab tortib chiqaradi; asboblar o‘mini 180° ga o‘zgartiradi va shpindel hamda magazinga o‘matadi.
Almashtirish sikli avtooperatoming gorizontal (neytral) vaziyatiga burilishi bilan yakunlanadi. Bu holda u magazinning burilishi va 4 shpindel babkasining vertikal siljishiga xalaqit bermaydi. 2-sxema nihoyatda sodda, ammo quyidagi kamchilikka ega: burilishda avtooperator magazinning qo‘shni uyalarida joylashgan asboblarga tegib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun uyalar orasidagi masofa uzaytiriladi, shuning uchun magazin sig'imi (asboblaming bir xil diametrida) 2 sxema bo'yicha ishlaganda 1 sxema bo‘yicha ishlaganga qaraganda kam bo‘ladi.
Avtooperatorlar yuritmasi sifatida mexanik va gidravlik qurilmalardan foydalaniladi.
KVD laming texnik imkoniyatlari almashuvchan shpindelli kallaklami ishlatish orqali kengayadi. Maxsus KVD lar (asosan agregat dasgohlar bazasida bajarilgan) shunday kallaklar bilan jihozlangan va ular yirik seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi; bu holda ishlov berilayotgan detallarning berilgan nomenklaturasi saqlangan holda, ishlov berish unumdorligi ortadi. 2 ko‘p shpindelli kallaklar magazin qurilmasiga o'matiladi (7.8-a rasm) yoki burilish stoliga mahkamlanadi (1.%-b rasm); 3 xomaki detallarga ketma-ket ishlov beriladi. Ko‘rsatilgan KVD shpindel kallaklarini avtomatik almashtirish qurilmalari bilan jihozlangan.
Xomaki detallami Yuklash va tayyor detallami olish vaqtini qisqartirish uchun KVD larda quyidagilar qo‘llaniladi: yo‘ldosh moslamalami avtomatik almashtirish qurilmalari; mayatnikli stollar; bir necha burilish stollari (bir vaqtda ishlovchi) va boshqalar. 13.4-a rasmda 1 va 2 qo‘shilgan burilish stollari bilan jihozlangan KVD ko‘rsatilgan. 1 stolni Yuklash-tushirish, xomaki detalga (3 asbob bilan) 2 stolda ishlov berish vaqtida amalga oshiriladi.
Ba’zan, stollardan biri davriy burilish mexanizmi bilan jihozlanadi. U detalga bir necha tomondan ishlov berish imkonini beradi; bu holda ikkinchi stol silindrik va murakkab egri chiziqli sirtlarga ishlov berish uchun to‘xtovsiz burilishi mumkin.
Yo'ldosh-moslamalarda joylashgan, xomaki detalni almashtirish sxemasi 13.4-b rasmda keltirilgan. YM unga biriktirilgan xomaki detal bilan 2 ishchi pozitsiyada joylashgan vaqtda, ikkinchi YM yangi xomaki detal bilan 1 pozitsiyaga yuklanadi. YM 2-pozitsiya nuqtayi nazaridan ishlov berib bo'lingach, u 4 gidrosilindr yordamida 3 tushirish pozitsiyasiga siljiydi. 2-pozitsiyaga esa 1-pozitsiyadan YM kelib tushadi. So‘ngra YM ning «mayatnikli» harakati qaytariladi.
KVD larga ishlov berish aniqligiga issiqlik deformatsiyalarining ta’sirini kamaytirish maqsadida moylash materiallari temperaturasini barqarorlashtirish tizimlari bilan jihozlangan. Ko‘p vazifali dastgohlarda ishlash
KVD lar tannarxining qimmatligi dastgohda bajarilayotgan ishlov berish jarayonini kam miqdordagi operatsiyalar va xomaki detalni o'rnatish orqali bajarishni talab etadi. Agar xomaki detalga bitta operatsiyada to‘la ishlov berish va buning uchun xomaki detalni faqat bir marta o‘matish yetarli bo‘lsa, bazaviy sirt ishlov berilmagan (qoralama) sirt bo‘lishi mumkin. Agar bazaviy sirtlar ishlov berilgan bo'lishi shart bo‘lsa, bu operatsiyani oddiy dastgohlarda bajarish mumkin. Murakkab xomaki detallarga ishlov berish quyidagicha amalga oshiriladi: dastlab bazaviy sirtlar va xomaki detaining shu vaziyatdagi o‘rnatilgan holatida ishlov berilishi mumkin bo'lgan sirtlarga, so‘ngra qolgan sirtlarga ishlov beriladi.
13.4-rasm. KVD ko`p shipindilli kallaklarni avtomatik almashtirish sxemasi KVD laridagi ishlov berishning aniqligi asbob aniqligi, dastgoh aniqligi va RDBQ buyruqlarining bajarish aniqligi orqali ta’minlanadi.
Bir o‘qda bir necha parallel tekisliklarda joylashgan teshiklar ikki tomondan o‘tkirlanadi va buning uchun xomaki detail bor stol 180° ga buriladi. Oddiy parmalar bilan ishlov berishdan avval teshiklar markaziy qisqa parmalar yordamida markazlashtiriladi.
O`rta diametrdagi quyma teshiklarga dastlabki ishlov berish o‘tkirlash asbobi bilan amalga oshiriladi.