13.5-rasm Ishlov beriladigan xomaki detallarni almashtirish sxemasi K atta diametrdagi quyma teshiklarga xuddi shunday ishlov berish (teshik konturi bo‘ylab) frezalar yordamida bajariladi. Teshik shakli va diametrining Yuqori aniqligini ta’minlamay, kontur bo‘ylabqoralama o‘tkirlash va frezalashni bajarish, bir vaqtning o‘zida teshikning aniq joylashishini olish imkoniyatini beradi. Bunday ishlov berilgandan so‘ng zenkerlashni bajarish mumkin.
13.6-rasm KVD avtooperatori 13.7-rasm KVD Shipindeli So‘ngra yoyish amalga oshiriladi. Zenkerlash yordamida quyma teshiklarga qoralama ishlov berish (frezalashsiz) ratsional emas, chunki bu holda teshik o‘qining boshqa tomonga ketib qolishi aniq. Korpus detalining har bir tekisligida bir xil teshiklaming bir necha guruhi joylashishi mumkin; teshiklaming bir xil guruhlari detaining turli devorlarida bo‘lishi mumkin. Bu teshiklarga ishlov berish turli sxemalarga binoan amalga oshirilishi mumkin. Sxemalar operatsiya- laming qiyinligi va asboblar ishining ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.
Teshiklarni frezalashni murakkab korpus detaliga ishlov berishning eng boshida bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Detalni qoralama frezalashni kichik diametrli freza yon sirti bilan amalga oshirish ayni muddao. Bu holda, frezaning kesish kuchi va stol vibratsiyasini (tebranishini) kamaytirish maqsadida ketma-ket yurishlari orqali bajariladi. Natijada ishlov berish aniqligi ortadi. KVD larda katta diametrdagi frezalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday frezalar asboblar magazinining qo‘shni yacheykalarini berkitib qo‘yadi, ya’ni uning sig‘imini kamayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, avtooperator yordamida katta o‘lchamli asboblarni almashtirish qiyinlashadi.
Yaxshi bo‘lmagan tekisliklami frezalash kichik diametr konturi bo‘ylab bajarish maqsadga muvofiq. KVD larida ishlash, o‘tkirlash va frezalash RDB dastgohlarida ishlashga qaraganda murakkab hisoblanadi. Bunga sabab, asboblami avtomatik almashtirish qurilmasi bilan jihozlangan KVD konstruksiyasining murakkabliligidir.
Shuning uchun KVD da ishlaydigan operator boshqa RDB dastgohlarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
KVD ni sozlash va o'matish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 1) o‘rnatish-qisish moslamalarini tayyorlash; 2) kesuvchi va yordamchi asboblar to‘plamini tayyorlash va uni o'lchamga sozlash; 3) xomaki detalni o‘rnatish; 4) BD ni kiritish; 5) xomaki detalga ishlov berish.
Nazorat savollari Asboblami kodlashni usullari?
Asboblarni revalverv kalagida joylashtirish usullari?