12.3. Passiv tebratgichlarda tokni hisoblash
Passiv tebratgichlar odatda bir taraflama nurlanishni xosil qilish uchun reflektor va direktor sifatida qo‘llaniladi. Tebratgich reflektor yoki direktor vazifasini bajarishi uchun, undagi tok aktiv tebratgichdagiga nisbatan ma’lum fazaga va kattalikka ega bo‘lishi kerak(ideal holatda d = λ/4 da q = 1 va Ψ = ±90° shartlar bajarilishi kerak). q va ψ kattaliklar passiv tebratgichlarda aktiv va passiv tebratgichlar orasidagi masofaga hamda passiv tebratgichning aktiv va reaktiv qarshiliklariga bog‘liq. Bu kattaliklarni passiv tebratgich reaktiv qarshiligini o‘zgartirish bilan boshqarish mumkin. q va Ψ kattaliklarni aniqlaymiz. Aktiv va passiv (o‘rtasiga Xn0 sozlash qarshiligi ulangan, 12.8, a - rasm) bog‘langan simmetrik tebratgichlarni ekvivalent sxema bilan almashtiramiz(12.8, b - rasm)
12.8 - rasm. Bittasi passiv bo‘lgan bog‘langan tebratgichlar ekvivalent sxemasi
Bu tizim uchun Kirxgof tenglamasi
,
.
ko‘rinishda bo‘ladi.
Bu erda – tebratgichlarning o‘zaro qarshiligi; Xn – sozlanuvchi reaktiv qarshilik.
Aktiv tebratgichdagi tok , xamda xususiy , va o‘zaro qarshiliklar ma’lum, chunki tebratgichlaning nisbiy uzunligi l/λ va d/λ orasidagi masofa berilgan. SHuningdek, sozlash qarshiligi ham berilgan, bundan
.
Bu erdan
.
Passiv tebratgichdagi tokning nisbiy fazasi
.
qiska tebratgichlarda tok formula bo‘yicha tuguniga qayta hisoblanadi
Uzun tebratgich holatida bunday qayta hisoblash tokning giperbolik sinus qonuni bo‘yicha taqsimlanishini hisobga oluvchi formula amalga oshiriladi. Bu erda – aktiv tebratgichning ta’siri hisobga inobatga olinmagandagi susayish koeffitsienti.
Passiv tebratgich holatida q va Ψ o‘zaro bog‘liq. Xn o‘zgarganda ularning har ikkisi o‘zgaradi. SHuning uchun passiv tebratgich uchun ularning kerakli qiymatini bir vaqtda olish tanlash mumkin emas. Passiv tebratgich, odatda maksimal xalaqitsiz ishlash koeffitsientini ta’minlagan holda sozlanadi. Bunda hosil bo‘lgan q i Ψ lar ideal holatdan (q = 1, Ψ = 90°) farqli bo‘ladi, shuning uchun xalaqitsiz ishlash koeffitsienti 10...20 dan katta bo‘lmaydi. Passiv reflektordagi tok faza bo‘yicha aktiv tebratgich tokidan oshishi kerak. Bunda tebratgichning to‘liq reaktiv qarshiligi (sozlash qarshiligi bilan birga) induktiv xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu xulosa 0,1 d 0,25 bo‘lganda o‘rinli.
Optimal reflektor xossasini olish uchun reflektor va aktiv tebratgich orasidagi masofa (0,15...0,25) , reaktiv musbat qarshilik 10...50 Om deb olinishi kerak. Passiv direktordagi tok faza bo‘yicha aktiv direktordagi orqada qolishi kerak.Passiv tebratgich direktor sifatida ishlashi uchun, 0,1 d 0,25 da uning to‘liq reaktiv qarshiligi manfiy, ya’ni sig‘imli xarakterga ega bo‘lishi kerak. Qisqa to‘lqinli diapazonda passiv tebratgich odatda, o‘rtasiga qisqa tutashgan ikki o‘tkazgichli liniyadan iborat sozlanuvchi reaktiv qarshilik ulab boshqariladi. Metrli va detsimetrli diapazonda bunday qarshilik qo‘llanilmaydi. Passiv tebratgich uzunligi o‘zgartirilib sozlanadi. Reflektor sifatida ishlashi uchun, uning uzunligi /2 dan birmuncha katta va kirish qarshiligi induktiv xarakterga ega bo‘lishi kerak. Direktor sifatida ishlashi uchun, uzunligi /2 dan birmuncha kichik bo‘lishi va kirish qarshiligi sig‘imli xarakterga ega bo‘lishi kerak. Uzunlikni o‘zgartirish odatda tebratgich qalinligi va orasidagi masofa orqali belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |