Gaplardagi to'ldiruvchi va aniqlovchilarni toping.
1. Maxdum bo'ychan, olago'sht, siyrak mo'y, oq tan, istarasi issiq bir domla edi. (A. Qod.) 2. Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlari anqiydi. (O.) 3. O'n-o'n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi. (P.Q.) 4. Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab qo'yardi. (P.Q.) 5. Men onam, otam va opam bilan xayrlashib, yo'lga tushdim. 6. Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko'k, qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir hayotiylik berar edi. (A. Qod.)
Uyushgan bo‘laklarning shakllari va ularda тeng bog‘lovchilarning qo‘llanilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |