NANOZARRACHALARNING TUZILISHI Kumush nanozarralarining xossalari haqiqatda noyob ekanligini bilamiz. Birinchidan, ular bakteriyalarni yo‘qotuvchi va antiviruslikdan iborat ajoyib faollikka ega. Balki ko‘pchilik cherkovning davolovchi «muqaddas suvi» xossalarini eshitishgan bo'lsalar kerak, bu oddiy suvni kumush filtrdan o‘tkazish yo‘ii bilan olinadi. Bunday suvda oddiy suvda mavjud bo‘lgan kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bo‘lmaydi. Shuning uchun bu suv “gullamasdan” va buzilmasdan yil bo‘yi turaveradi. NANOZARRACHALAR KLASTERLARI Kumush nanozarrasining foto tasviri (100 nm). NANOZARRACHALARNING NOYOB XOSSALARI Kumush nanozarralari bakteriya va viruslar bilan kumush ionlariga nisbatan minglab marta samaraliroq kurashadi. Tajribalar ko'rsatishicha, nanozarralarning arzimas zichligi ham, o‘zi kamaymagan holda, barcha ma'lum mikroorganizmlarni (shu jumladan SPID virusini ham) yo‘q qilgan. Bundan tashqari, zararli viruslarga qo‘shib hujayralarni ham oldiruvchi antibiotiklardan farqli ravishda, nanozarralar faqat zararli viruslargagina ta’sir etadi, hujayra esa zararlanmaydi. VIRUSNING HUJAYRAGA HUJUMI Viruslarning hujayraga hujum qilish tezligi o'q tezligidan yuqori.Mikroorganizm qobig‘i maxsus oqsillardan tuzilgan bo'lib, agar unga nanozarra ta'sir etsa, bakteriyalarni kislorod bilan ta'minlashni to‘xtatadi. NANOZARRACHALAR KLASTERLARI Fullerenlar orasida muhimi mikroskopik futbol to‘pini eslatadigan 60 ta uglerod atomi joylashgan zarradir. Fullerenlar yangi moylar ishlab chiqarishda, antifriksion qoplamalarda, yoqilg‘ilarning yangi turlarida, yuqori qattiqlikdagi olmossimon birikmalarda, datchiklar va bo‘yoqlarda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. KO'RINMAS KIYIM Philips kompaniyasi olimlari o‘z egasi yuragi urishidagi buzilishlarni bildiruvchi nanodatchiklar o‘rnatilgan ichki kiyim loyihasini taklif qilishdi. Favqulodda holatlarda (masalan, infarkt holida) ichki kiyim simsiz aloqa orqali eng yaqin tez yordam stansiyasi bilan bog‘lanib, inson hayotini saqlab qoladi. Qarangki, bugungi kunda nanotexnologiyalar yordamida olingan birinchi shunday kiyimlarning namunalari namoyish etilmoqda! KO'RINMAS KIYIM NAMOYISHI KO'RINMAS KIYIMNING ISHLASH TEXNOLOGIYASI “Ko'rinmas kiyim"ning ishlash qoidasi juda sodda: u kiyimga o‘rnatilgan juda kichik videodatchik va nurlanuvchi elementli nanomaterialdan tuzilgan. Har bir tasvir qabul qiluvchi datchik, masalan, orqa tomondagi nuqta tasviri videosignalini protsessorga jo‘natadi, u esa shu nuqta tasvirini unga mos keluvchi old tomondagi “ekran”ga uzatadi. Bunda protsessor nur trayektoriyasini shunday modellashtiradiki, xuddi qabul qiluvchi datchik bilan nurlanuvchi element orasida hech narsa yo‘qday bo‘lib ko'rinadi. Kuzatuvchi kiyim egasi orqasidagi narsalarni ham bemalol ko‘raveradi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |