Monokristallar suyulish temperaturasiga yetguncha va bug‘lanib ketguncha qizdiriladi. Keyin hosil bo‘lgan bug‘ keskin sovutiladi. Sovugan sari nanozarralar paydo bo‘la boshlaydi va kattalashadi. Ular tartiblanib va birlashib nanoagregatlarga aylanadi. Agar uni o‘z holiga qo‘ysak, asta - sekinlik bilan nanoagregatlar chegarasi yo‘qolib, ular mikrokristalga aylanadi. Mikrokristallar bug‘da uzoq ushlab turilsa eng kichkina va nuqsonli zarralar tezda bug‘lanib ketadi, ancha yiriklari va mukammallari bo‘lsa o‘sishda davom etadi. Shunday qilib bu jarayon tizimda dastlabki monokristalga tiklanguncha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |