O’qitishning
ilyustrativ metodi
o’qituvchi o’quvchiga tayyor bilimlarni tushintirib,
har
xil
xususiy
metodlarni
qo’llaydi.
O’qituvchining tushuntirishi, darslik bilan ishlash,
ko’rgazmali metodlardan foydalanish.
4.
Seminar
O’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga
kirishishiga
yo’naltirilgan, nazariy
bilimlarni
amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy
shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish
shaklidir.
5.
Darslik mazmuni
Darslik mazmuni yaxlit o’qitish tizimi bo’lib:
ta’lim maqsadi, predmet mazmuni, o’qitish
metodlari, o’qitish vositalaridan iborat.
Reja:
1. O'qitish metodlarining turlari.
2. Natural ob’ektlar, modellar, chizmalar, grafiklar
3. Ko’rgazmali vositalarning mohiyati.
4. Texnik vositalarining kimyo darslarida tutgan o’rni.
Ta'lim metodlari o'qitish jarayonida va pedogogik tafakkurning ko'p asrlik
rivojlanishi tarixida muhim o'zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta'lim
metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim
mualliflar o'qitish metodlarini belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini
asosiy deb hisoblaydilar:
Og'zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o'quvchilarning texnik
adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar);
Ko'rgazmali - (ko'rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish;
Mehnat usullarini ko'rsatish, o'quvchilarni mustaqil kuzatishlari va
boshqalar);
Amaliy - (mashqlar operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya
mashg'ulotlari) va boshqalar.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida o'quvchilar bilish faoliyatining holati
bo'yicha tasniflanadigan metodlar qo'llanmoqda.
Ta'lim jarayonida qo'llanadigan metodlar o'quvchilarning faolligini
oshirish, o'rganilayotgan o'quv materilini o'quvchilar chuqur o'zlashtirishini
ta'minlashi lozim. Bu talablarga I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan taklif
etilgan metodlar tizimi to'liq javob beradi. Ularning asosini o'quvchilarning bilish
faoliyati tashkil etadi. Ya'ni:
Tushuntirish - ko'rgazmali metod. O'qituvchi har xil vositalar yordamida
o'quvchilarga tayyor ma'lumot beradi va ular malumotni qabul qiladilar,
anglaydilar va o'z xotiralarida saqlaydilar.
Eslash metodi. O'qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o'quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etadi. O'quvchi esa tasvirlar bo'yicha malakalarni egalaydilar.
O'quvchilar bilimining hajmi ortib borgan sari, birinchi metoddan ikkinchisi bilan
birga foydalanish ko'payib boradi.
Muammoli bayon. O'qituvchi muammoli vaziyatni vujudga keltiradi. dars
davomida uni hal qilish yo'llarini tushuntirib boradi va hal qiladi. O'quvchilar
o'qituvchi bilan birgalikda muammoni hal qilishda faol ishtirok etadilar.
Qisman izlanish yoki evristik metod. O'qituvchi o'quv muammosini aytib,
uni yordamchi qismlarga bo'ladi va Izlanish yo'lini belgilaydi, o'quvchilar esa o'z-
o'zlarini taklab muammoni hal qiladilar. Bunda o'qituvchi o'quvchilarga ayrim
yo'nalishlarni, masalan, oldindan tuzilgan savollarni aytadi.
Tadqlqot metodi. O'quvchilarning yangi muammoni hal qilishidagi
mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir. Bunda o'qituvchi
ularga tayyor muammoni bayon qilmaydi. Uni o'quvchilarning o'zlari o'quv
materialini o'zlashtirish jarayonida topadilar, shundan so'ng o'qituvchi
muammoli vaziyatni vujudga keltiradi.
An'anaviy o'qitish metodlari — og'zaki bayon qilish, tushuntirish, suhbat,
leksiya, o'quv adabiyotini o'qish; tajribalar o'tkazish, natural obeyktlarni,
ko'rgazmali vositalami namoyish etish; mashq, yozma ish, grafik ish laboratoriya
ishlari. Bayon etilgan metodlar vosita va usul sifatida namoyon bo'ladi, o'qituvchi
esa ular yordamida u yoki bu metodlardan foydalanib, darsni yuqori saviyada
o'tkazadi,
Amaliy metod deganda, o'quv materialini mashqlar, mustaqil topshiriqlar,
amaliy va laboratoriya ishlari asosida о'zlashtirishning shakllari tushuniladi.
O'quv jihozlarini quyidagi uch guruhga bo'lib xarakterlash mumkin.
1.
Tabiiy ob'ektlar.
a)
Ekskursiyalar. (Ohak, o’g’it ishlab chiqarish, qum, ruda konlariga,
zavodlarga va boshqa joylarga).
b)
Tabiiy ob'ektlar namunasidan foydalanish. (Minerallarning namunalari
va boshqa kolleksiyalar).
c)
Kimyoviy reaktivlar va ulardan tayyorlangan materiallar.
d)
Kimyoviy idishlar va ashyolar.
2.
Tabiiy ob'ektlarning ko'rinishlar.
a)
Turli modellar. (atom va molekula modellari, kristall panjaralar).
b)
Illyustratsion o'quv vositalari. Buning o'zini ham ikki guruhga bo'lish
mumkin:
a). Harakatsiz (statik yoki episkopik vositalar): chizilgan rasm, jadval,
sxema, badiiy rasmlar, portretlar. shuningdek, plyonkaga chizilgan proektlar
yordamida ko'rsatiladigan yoki dioskopik vositalar (transporant, diafil'm,
diapozitivlar).
b). Harakatli (dinamik): kinofil'm, kinofragmentlar, kinokol'sovkalar,
kompyuter asosida tayorlangan prezentatsiyalar, telemagnit yozuvlari (tovushli va
tovushsiz).
3.
Sodir bo'layotgan o'zgarishlarni tushuntiruvchi vositalar: (gap, belgi,
grafika). Buning o'zini yana to'rt guruhga bo'lish mumkin:
1. Bosma o'quv qurollari, tekstlis jadvallar.
2. Kimyoviy, fizik va matematik belgilar.
3. Kimyoviy texnologiyalar va apparatlarning sxemalari.
4. Grafika, diagramma, rejalar, kartalar.
Bulardan tashqari hozirgi vaqtda boshqa maxsus guruh o'quv qurollar,
xususan texnika vositalaridan xam keng foydalanilayotganligini ham doim nazarda
tutmoq zarur.
Ko'rgazmalilik tamoyili o'rganilayotgan hodisa va narsalarni jonli idrok etish
asosida o'zlashtirishni ko'zda tutadi.
Ta'limning ko'rgazmalilik tamoyili o'quv materialini aniq obrazlar orqali
bevosita idrok qilishni taminlaydi.
Ta'lim jarayoinida ko'rgazmali vositalardan to'g'ri foydalanish; o'quvchilar
texnikaga oid bilimlarni puxta o'zlashtirib olishiga, ularning malakalarini oshishiga
yordam beradi.
Agar ko'rgazmali qurol biror o'quv materialini ifodalash sifatida ko'rsatish
vositasi bо'1sа, nutq asosiy ko'rgazmali qurol esa yordamchi vosita bo'ladi, Agar
ko'rgazmali vosita kuzatishni rivojlantirish uchun qo'llansa, nutq qisqa bo'lishi,
«asosiy vositaga, ya'ni kuzatishning maqsad va vazifalarini oshirishga qaratilishi
kerak.
Ximikatlarga oid belgilar.
Dars jarayonida ximikatlarga oid va bir xilda ishlatiladigan belgilarni ham
doim diqqat markazida tutishi va o'quvchilar ongiga muntazam singdira borish
lozim. Bu belgilar asosan quyidagicha:
1.
Toza
(chistiy) (ch)
98 foizdan kam emas
2.
Toza analiz uchun
99 foizdan kam emas
(chistiy dlya analiza) (ch.d.a.)
3.
Kimyoviy toza
(ximicheskiy chistiy) (x.ch.)
99 foizdan kam emas. 0, 01-0, 5 foiz
boshqa moddalar bor
4.
Spektral toza
(spektral'niy chistiy) (s.p.ch.)
Tarkibida boshq'a moddalar 0, 01dan,
0, 00001kam
5.
Etalon toza
(etalonno chistiy)(e.ch.)
Asosiy modda maksimal tarkibni
tashkil etadi
6.
Juda toza
(osobo chistiy) (o.ch.)
0, 00001-0, 0000000001dan kam
boshq'a moddalar bor.
"X.Ch." - qizil, "Ch.D.A." - to'q ko'k rang, "Ch" – zangori, "O.S.Ch." -
sariq rang, zaharli modda – sariq, portlovchi modda - ko'k, suvdan saq'lang –
zangori, yonadigan gaz – qizil, yonishga yordam beradigan gaz - ko'k,
yonmaydigan gaz - q'ora rangda ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |