Ma’ruza №1. Qurilishda xavfsizlik texnikasi umumiy qoidalari. Reja



Download 41,87 Kb.
bet2/2
Sana01.04.2022
Hajmi41,87 Kb.
#522977
1   2
Bog'liq
ХФХ Маъруза №1

Izoh. Balandlikda bajariluvchi ishlar deb yer sirtidan, yopmadan yoki ishchi taglikdan 5 metrdan ortiq balandlikda konstruksiyalarni montaj qilish yoki ta’mirlashda bevosita bajarilayotgan ishlar hisoblanib bunda ishlovchilarning balandlikdan tushib ketishlaridan saqlovchi asosiy vosita vazifasini saqlagich belbog’lar bajaradi.
Qurilish tashkilotlarining ishchilari, rahbarlari, mutaxassislari va hizmatchilari tuzilgan jamoa shartnomasiga mos tarzda belgilangan me’yorlardan kam bo’lmagan, yoki undan ortiqroq miqdorda maxsus ust-bosh, maxsus poyabzal hamda ishlarning turi va havf darajasini hisobga olgan holda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishlari lozim. Ko’rsatilgan shaxslar ulardan mo’ljallangan maqsadlarda foidalanishlari lozim.
Qurilish maydonchasidagi barcha shaxslar GOST 12.4.087-84 bo’yicha himoya kaskalarida bo’lishlari lozim. Himoya kaskasiga va zaruriy boshqa shaxsiy himoya vositalariga ega bo’lmagan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar ishlarni bajarishga qo’yilmaydilar.
Shaxsiy himoya maxsus ust-boshlarni, maxsus poyabzallarni va boshqalarni berish, saqlash va ishlatish mavjud me’yorlar va yo’riqnomalarga mos ravishda amalga oshirilishlari lozim.
Qurilish obyektlarida ishlayotgan ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar hamda xizmatchilar mavjud me’yorlarga, qurilish va montaj tashkilotlari uchun yaratilgan inventar binolar, inshootlar va qurilmalar hamda ularning majmualari nomenklaturasiga mos tarzda, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi kengashi (SFP) bilan kelishilgan hamda O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash vazirligi tasdiqlangan mehnat sharoitlariga gigiyenik talablar va qurilish tashkilotlari ishchilarini sanitariya-maishiy ta’minlash gigiyenik talablariga (SanPiN 00.23-94) mos tarzda sanitariya-maishiy binolar (garderoblar, maxsus ust-bosh va poyabzal uchun quritgichlar, dushlar, ovqatlanish, dam olish va isinish uchun xonalar, ayollar gigiyenasi xonalari va hojatxonalar) bilan ta’minlanishlari lozim.
Qurilish maydonida ishlovchilar uchun sanitariya-maishiy xonalarni va moslamalarni ishlatishga tayyorlash asosiy qurilish montaj ishlari boshlanguncha tugallanishi lozim.
Mavjud korxonalarni qayta qurishda shu qayta quriluvchi korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga zarurligini e’tiborga olgan holda sanitariya-maishiy xonalari yaratiladi.
Qurilish-montaj ishlarini «vaxta usuli»da bajaruvchi xodimlar «Uzoq va juda muhim obyektlarda qurilish-montaj ishlarini vaxta usulida bajarish» nizomiga ko’ra, ijtimoiy-maishiy va tibbiy hizmat ko’rsatish, shuningdek uch marta ovqatlanish bilan ta’minlanishlari lozim.
Qurilishning har bir obyektiga shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish uchun dorili aptekachalar, zambillar, qisib qo’yish uchun shinalar va boshqa vositalarga ega bo’lgan xonalar yoki joylar ajratilishi lozim.
Qurilish maydonchasida barcha ishlovchilar sifati sanitariya talablariga mos keluvchi ichimlik suv bilan ta’minlanishlari lozim. Ichish qurilmalari ishlash joylarida ko’pi bilan ufq bo’yicha 75 m dan vertikal bo’yicha 10 m masofada joylashtirilishi lozim.
Ish beruvchi qurilish maydonchasida va ishlash joylarida mehnat muhofazasi bo’yicha qoidalar va yo’riqnomalar talablarini o’z qo’li ostidagi ishchilar va hizmatchilar bajarishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratib berishi lozim. Havfsizlikka tahdid yuzaga kelganida tashkilot bo’yicha buyruq asosida ishlarga bosh qilib qo’yilgan shaxs ishlarni to’xtatishi va tahdidni bartaraf qilish bo’yicha choralar qo’rishi, lozim bo’lganida esa, odamlarni havfsiz joyga olib ketishni ta’minlashi lozim.
Qurilish maydonchasi hududida, ishlash joylarida, ishlab chiqarish va sanitariya maishiy xonalarda begona shaxslarning, shuningdek mast holda bo’lishlari taqiqlanadi.
Bosh pudratchi qurilish tashkiloti ish bajaruvchisi o’zining barcha bo’linmalarini va nazoratdagi obyektlarda ishlayotgan kichik pudratchi tashkilotlarni ob-havoning keskin o’zgarishi (dovul, bo’ron shamol, chaqmoqlar, qor yog’ishi va b.) haqida xabardor qilishi lozim.
Tashkilotning ish beruvchisi tasdiqlagan lavozimlar bo’yicha hizmatdagi muhandis-texnik xodimlar (ustalar, ish boshqaruvchilari, katta ish boshqaruvchilari, uchastka mexaniklari va boshqa muhandis-texnik xodimlar) davriy ravishda, kamida yiliga bir marta, bajaradigan ishlarining xarakterini hisobga olgan holda mehnat xavfsizligi bo’yicha bilimlari tekshirilishi lozim. Rejadagidan tashqari tekshiruvlar xodim boshqa lavozimga ko’chirilganda, shuningdek davlat mehnat nazorati va texnik inspeksiya talablariga ko’ra o’tkaziladi.
Bilimlarni tekshiruvchi ish beruvchi tayinlangan hay’at amalga oshirib, natijalarni qayd qilish jurnalida (bilimlar nazorati qaydnomasi) hamda 5-Ilovaga ko’ra shaxodatnomada rasmiylashtiradi. Shaxodatnoma ishonchnoma asosida beriladi.
Mehnat muhofazasi masalalarini qanoatlanarsiz bilgan hizmatchilar korxona bo’yicha buyruq asosida ishlarga bosh bo’lishda navbatdagi tekshiriluvchiga chetlashtiriladi. Takroriy tekshiriluvda bilimlar qanoatlanursiz baholangan taqdirda bajariluvchi ishga past malaka tufayli mos emasligi asosida (O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 100-moddasi 2-bandi) ushbu shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Ish beruvchilar, bosh mutaxassislar-hay’at a’zolari havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalarini bilishlikka yuqori tashkilotlar hay’atlarida, agar bunday hay’atlar bo’lmasa, u holda O’zbekiston, Qoraqalpog’iston Respublikalari Mehnat vazirliklari, viloyat (shahar, tuman) mehnat, bandlik va aholining ijtimoiy himoya boshqarmalari (bo’limlari) qoshidagi doimiy ishlovchi hay’atlarda shaxodatlanishlari lozim.
Tashkilot shtatiga qabul qilingan ishchilarga ishlashga ruxsat berish va ularning ish bajarishi jarayonida ish beruvchilarni GOST 2.0.004-90 bo’yicha mehnat muhofazasiga o’qitishi va yo’riqnoma berishi lozim. Ishchilarni mehnat faoliyati jarayonida talablarining bajarishlari lozim bo’lgan mehnat muhofazasi yo’riqnomalari bilan tanishtirish kafolat imzosi asosida bajariladi. Mehnat muhofazasi yo’riqnomalari O’zR Mehnat vazirligi O’zbekiston SFP hamda «Sanoatkontex-nazorat» (sobiq Davshahartexnazorat) bilan kelishilgan holda tasdiqlagan mehnat muhofazasi yo’riqnomalarini ishlab chiqish Nizomi talablariga mos kelishi lozim.
Mehnat muhofazasi bo’yicha takroriy yo’riq o’quvi barcha xodimlar uchun uch oyda kamida bir marta o’tkazilishi lozim.
Qurilish-montaj ishlarini mavjud korxona hududida bajarilayotganda, yo’riq o’quvni hududida ishlar bajarilayotgan korxona yeki sex rahbariyati mehnat muhofazasi (havfsizlik texnikasi) xodimlarini jalb qilgan holda o’tkazilishi lozim.
Tashkilot shtatiga yangidan qabul qilingan hamda ishga olish haqidagi buyruqda ishlarni bajarishda havfsiz usullarga o’rganmagan ishchilar ishga olinganidan ko’pi bilan bir oy ichida kamida 10 soatli dastur bo’yicha, mehnat havfsizligi bo’yicha 1.23-6.ga kura qo’shimcha talablar qo’yiladigan ishlarni bajarishga qo’yiluvchi ishchilar esa, ishlashni boshlaguncha kamida 20 soatlik dastur bo’yicha o’qitishlari lozim. O’qitish dasturlari 10-ilovada bayon qilingan masalalar ruyxatini hisobga olgan holda tuzilishi hamda ish beruvchi yoki tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
O’quvdan o’tmagunlaricha ishchilar ishlarni mustaqil bajarishga (ularning roziligi bilan boshqaruvchilar tomonidan tayinlangan tajribali ishchilar nazoratisiz qo’yilmaydilar).
O’quv tugaganidan so’ng va kelgusida ham har yili yoki bir tashkilotdan boshqasiga o’tganlarida ishchilar ish beruvchi yoki o’sha ishchilar o’tgan tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlagan o’quv dasturi hajmida mehnatning havfsiz usullarini bilganligi xaqida bilim nazoratidan o’tishlari lozim.
Bilimlar nazorati ish beruvchi buyrug’i bilan tayinlangan hay’at tomonidan amalga oshiriladi. Tekshiruvni bilim nazorati qaydi jurnalida va 5-ilovaga mos shakldagi shaxodatnomada yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Shaxodatnomalar ishonch imzosi asosida beriladi.
Tekshiruvda bilimi qanoatlanursiz bo’lgan shaxslar ishga qo’yilmaydi hamda ikki hafta muddat ichida takroriy sinovdan o’tkaziladi. Ikkinchi marta qanoatlanursiz baho olgan shaxslarni ish beruvchi keyingi ishlardan chetlanuvi lozim.
O’zbekiston Respublikasi davlat nazorati mahkamalariga qaram bo’lgan mashinalarni, uskunalarni, qurilmalarni ishlatuvchi hamda ishlarni bajaruvchi tashkilotlar xodimlari (shaxslari) ishlarga shu nazorat mahkamalarining talabnomalariga mos tarzda ishga qo’yiladilar.
1.23 Mehnat havfsizligi bo’yicha qo’shimcha talablar qo’yiladigan ishchi kasblari hamda qurilish montaj ishlari turlari ro’yxati 6-Ilovada keltirilgan tahminiy ro’yxat asosida belgilandi.
Mehnat havfsizligi bo’yicha qo’shimcha talablar qo’yiladigan qurilish-montaj ishlarini bajarishga kasbiy imkonlariga ega bo’lgan, ushbu ishlarni bajarishning havfsiz usullari va yo’llari bo’yicha o’quvni va bilim nazoratini o’tgan hamda tegishli shaxodatnomalar olgan, 18 yoshdan kichik bo’lmagan shaxslarga ruxsat beriladi. O’quv va bilim nazoratidan o’tgunlaricha bunday shaxslar mustaqil ishlashga qo’yilmaydilar.
Ishlab chiqarish amaliyotini (ishlab chiqarish o’quvini) o’tayotgan 18 yoshgacha bo’lgan kollejlar va umum-ta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari «18 yoshgacha bo’lgan shaxslardan foydalanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo’lgan ishlar ro’yxati»ga kiritilgan ishlab chiqarishlarda, kasblarda hamda mavjud sanitariya-gigiyena me’yorlari ostidagi ishlarda hamda ishlab chiqarish o’quvi va amaliyotga (ishlab chiqarish o’quviga) rahbarlik qilish uchun tayinlangan qurilish montaj tashkiloti xodimi nazorati ostida, hamda ushbu ishlab chiqarishlarda va ishlarda mavjud sanitariya-gigiyena me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda kuniga ko’pi bilan to’rt soat bo’lishlari mumkin.
Ishlab chiqarish amaliyotini kollejlar hamda Oliy o’quv yurti talabalari o’tayotganda qurilish montaj tashkilotining rahbariyati quyidagilarga majburdir:

  • ishlarni havfsiz olib borishga mas’ul muhandis-texnik xodimni tayinlagan holda joylarda havfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari talablariga rioya qilish ustidan qat’iy nazorat o’rnatishi;

  • qurilish montaj tashkiloti hamda o’quv orasida tuzilgan shartnomada ko’rsatilmagan yoki tegishli tarmoq markaziy qo’mitasi bilan kelishilgan juda havfli ishlar ro’yxatiga kiruvchi ishlarni ko’rsatilgan shaxslardan foydalanishga ruxsat bermaslik;

  • ishga qabul qilish buyruqlarida ko’rsatilgan kasblarga mos tarzda ishchilar uchun namunaviy dasturlar asosida ko’rsatilgan shaxslarni joylariga ishlashga yuborguncha ishlarni bajarishning havfsiz usullariga o’qitishni ishlab chiqarish topshirigini berishda esa ushbu bobning 1.21-bandiga mos tarzda har bir shaxsni ishlarni havfsiz bajarish bo’yicha yo’riqnomalar bilan ta’minlashi;

- ko’rsatilgan shaxslarga sanitariya-maishiy hizmat ko’rsatishni ta’minlashi hamda ularga bepul maxsus kiyim, maxsus poyabzal hamda yakka himoya vositalari berilishini.
Zararli va og’ir mehnat sharoitlarida band bo’lgan ishchilar va joylardagi muhandis-texnik xodimlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartib va muddatlar, mavjud korxona hududida ishlar bajarayotganlar esa, bundan tashqari ushbu korxonada ishlaydigan shaxslar uchun belgilangan tartibda tibbiy nazoratdan o’tishlari lozim.
Qurilish-montaj tashkilotida mehnat muhofazasi bo’yicha o’quv-metodik ishlarni bajarish hamda tashviqot qilish uchun mehnat muhofazasi bo’yicha namunaviy qoidalarga mos keluvchi mehnat muhofazasi kabineti tashkil qilinishi lozim. Maishiy binolarda esa mehnat muhofazasi bo’yicha stendlar o’rnatiladi.
Ushbu iqlimiy hududda ochiq havodagi ishlarni bajarishni to’xtatish hamda isitilmaydigan naqliyot vositalarida odamlarni tashish to’xtatiladigan tashqi havoning harorati va shamol kuchi chegaraviy qiymatlari qurilish maydonchalari joylashgan joyning tuman hokimiyatlari tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ish beruvchilar qonunchilik yoki joriy me’yorlar belgilangan tartibda ayollar va o’smirlar mehnatidan foydalanishda cheklashlarga rioya qilishlari lozim. Ayollar va o’smirlarni yuklamalarni qo’lda ko’tarish va ko’chirish bilan bog’liq ishlarni jalb qilgan hollarida O’zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya shifokori tasdiqlagan SanPiN 0051-96 va SanPiN 0052-96 da belgilangan yuklarni ko’tarish me’yorlariga rioya qilishlari lozim.
Ishlarni bajarish loyihalarini ishlab chiquvchi va tasdiqlovchi tashkilotlar ularda mehnat xavfsizligi, uning tarkibi va mazmuniga oid yechimlarni 7-Ilovada bayon qilingan talablarda mosligini ko’zda tutish lozim. IBL siz ishlarni bajarish, shuningdek IBL mavjudligida unga ko’rsatilmagan ishlarni amalga oshirishga yo’l qo’yilmaydi.
Qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo’llaniladigan mashinalar, uskunalar va texnologik moslamalar o’zlarining texnikaviy tavsifnomalari bo’yicha ishlarni havfsiz bajarish shartlariga mos bo’lishlari lozim.
Ishlarni bajarishda portlash va zaharlash xossalariga ega bo’lgan polimer materiallar va buyumlardan belgilangan tartibda tasdiqlangan ularni ishlatish yo’riqnomalari bilan tanishmagan holda bajarish taqiqlanadi. Import polimer materiallar va buyumlardan faqat O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining davlat sanepidemiologiya nazorati Respublika markazi bilan kelishilgan tarzdagina foydalanishga ruxsat beriladi.
Download 41,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish