Internet- provayderlarning strukturasi.
Lokal tarmoq
3. T
ARMOQNING DASTURIY TA
’
MINOTI
.
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga
ko’rsatadigan xizmati bilan o’lchanadi. Tarmoqning xar bir
xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab
chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir
vaqtda ko’plab foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lishi
kerak. Xozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil
asosiy tamoyili joriy etilgan.
- Fayl-server
;
-
mijoz-server.
I
NTERNETNING TARIXI
Internе́t (ingl. Internet) — axborotni saqlash va uzatish
uchun mo’ljallangan Butunjaxon umumlashtirilgan kompyuter
to’ridir. Ko’pincha Umumjaxon to’ri yoki Global to’r deb
nomlanadi. Uning asosida Butunjaxon o’rgimchak to’ri
(World Wide Web, WWW) va boshqa aloqa sistemalari
faoliyat yuritadi. 2012 yilning 30 iyuniga kelib Er shari
aholisining Internetdan foydalanuvchilari soni 2,4 mlrd. dan
oshib ketdi.
1957 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Erning birinchi sun’iy yo’ldoshi
fazoga chiqarilganidan so’ng AQSh mudofaa Vazirligi axborot uzatishning
ishonchli sistemasiga muhtojligini sezdi. Mudofaa yo’nalishida ilmiy-
tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi agentligiga
(DARPA) AQSh xukumati tomonidan kompyuterlar tarmog’ini ishlab
chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya
universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, Yuta
Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Universitetga (Santa-Barbara)
yuklatildi. Kompyuter to’ri ARPANET (ingl. Advanced Research Projects
Agency Network) deb nomlandi va 1969 yilda mazkur tarmoq orqali
dastur doirasiga kiruvchi yuqorida sanab o’tilgan 4 ta ilmiy maskan
birlashtirildi.
Barcha ishlar AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan
moliyalashtirildi. Keyinchalik ARPANET tarmog’i rivojlanib kengayib
bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida faoliyat yurituvchi
olimlar foydalanishni boshladilar.
Birinchi server ARPANET 1969 yilning 2 sentyabrida Kaliforniya
universitetida (Los-Andjeles) o’rnatildi. 1969 yilning 29 oktyabrida
soat 21:00 ARPANET tarmog’ining ikki bo’g’ini - bir biridan 640 km
masofada joylashgan Los-Andjeledagi Kaliforniya universiteti (UCLA)
va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o’rtasida aloqa seansi
o’tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los-Andjelesdan turib uzoq
masofadagi, ya’ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo’ldi. Uning
xamkasbi Bill Dyuvall (Bill Duvall) Stenforddan telefon orqali har bir
kiritilgan belgini tasdiqlab bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |