Fizik kattalik deb, miqdor jihatdan har bir fizik obyekt uchun xususiy, lekin
sifat jihatdan ko’plab obyektlar uchun umumiy bo 'lgan va bu obyektlarning biror
xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi.
Fizik kattalikni ham miqdor, ham sifat jihatdan to’la ifodalaydigan kattalikka
uning haqiqiy qiymati deyiladi.
Fizik kattaliklarning qiymatlari doimo takomillashtirilib boriladigan tajribalar
yordamida aniqlanadi va ularni solishtirish kelishilgan birliklarni (birlik sistemasini)
kiritilishini taqozo etadi.
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir.
Asosiy fizik kattaliklar yettita bo’lib, ularning uchtasi
moddiy dunyoning asosiy
xossalarini ifodalovchi: uzunlik, massa, vaqtdir. Qolgan to’rttasi: tok kuchi,
termodinamik harorat, modda miqdori va yorugiik kuchi fizikaning biror
bo’limidan olingan.
Fizik kattalikning son qiymati uning kattaligini ko’rsatadi va u tanlangan
birlikka boo’liq.
Fizik kattalikning birligi deb, har bir fizik kattalikni miqdoriy
ifodalash uchun qo’llaniladigan, shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan
o’chamli fizik kattalikka aytiladi. Odatda, birlik kattalikning belgisi yordamida
quyidagicha ko’rsatiladi: [s] = lm; [m]=1 kg va hokazo. Fizik kattaliklarning asosiy va
hosilaviy birliklarining to’plami birliklar sistemasini tashkil qiladi.
Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI — sistema international)
1960- yilda o’lchov va tarozilar bo’yicha bosh konferensiyada qabul qilingan bo iib,
yettita asosiy — metr, kilogramm, sekund, amper, kelvin, mol,
kandela va ikkita qo
'shimcha —radian va steradianlardan tuzilgan:
m e t r (m) — yorug’likning bo’shliqda 1/299792 458 s da o’tadigan yo’lining
uzunligi;
k i 1 o g r a m m (kg) — kilogrammning xalqaro timsolining massasiga teng massa
(Parij yaqinidagi Sevre shahrida o’lchov va tarozilar xalqaro byurosida saqlanayotgan
platina-iridiy qotishmasining massasi); qabul qilngan.
s e k u n d (s) — seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi
o’tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo’lgan vaqt;
k e l v i n (K) — suv uchlamchi nuqtasi termodinamik haroratining 273,15 dan
bir qismiga teng harorat birligi;
amper (A) — bo’shliqda bir- biridan 1 m masofada parallel joylashgan,
ingichka, cheksiz uzun o’tkazgichlardan o’tganida shu o’tkazgichlarning orasida ular
uzunligining har bir metriga 2 ∙ 10
-7
N o’zaro ta'sir
kuchi vujudga keltiradigan
o’zgarmas tok kuchidir;
m o 1 (mol) — tarkibiy elementlari, 0,012 kg massali
l2
C
nuklidda mavjud
bo’lgan tarkibiy elementlarga teng sistemaning modda miqdori;
k a n d e 1 a (kd) — 540 • 10'
2
Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan
manbaning, energetik kuchi 1/683 W/sr bo’lgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchi;
r a d i a n (rad) — ikki radius orasida joylashgan va qarshisidagi yoyning uzunligi
aylana radiysiga teng bo’lgan burchak;
s t e r a d i a n (sr) — sfera sirtidan tomoni sfera radiusidek bo’lgan kvadratning
yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo’lgan fazoviy burchak.
Hosilaviy birliklar fizik qonunlardan foydalanib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: