1.1-Rasm. Rostlash ob`yektiga ta`sir qiluvchi o`zgaruvchilar
Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri – texnologik jarayonning turg`unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi ob`yekt deyiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi ob`yektdagi kerak bo`lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi ob`yektga rostlagichning ta`siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan qiymatiga teng yoki shunga yaqin bo`ladi.
Avtomatik sistemalar bir-birlari bilan ma`lum ketma-ketlikda bog`langan bo`lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi avtomatik sistema tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko`ra tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Avtomatik sistema elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bog`lanishni ifodalovchi shema esa funksional shema deb ataladi. Bundan tashqari, shu avtomatik sistemani turli dinamik xususiyatlarga ega bo`lgan va bir – birlari bilan bog`langan sodda zvenolar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik sistemaning shemasi zvenolarning bog`lanishini aks ettiradi va sistemaning tuzilish shemasi deyiladi (1.2 rasm).
Rostlanuvchan ob`yekt va avtomatik rostlagich birligi ARSni tashkil qilib, rostlash konturi nomli tutash zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARSning tuzilish shemasiga emas, balki funksional shemasiga tegishli bo`ladi.
1.2.rasm. ARSning struktura shemasi.
Har qanday avtomatik boshqarish tizimi (ABT) alohida qismlardan iborat. Tizimning ishlash jarayonida bu tashkil etuvchilar o`zaro bog`liq ravishda ma`lum algoritmda ishlaydi. ABT yaratishda yuqori sifatli elementlar,bloklar,elektron hisoblash va boshqarish mashinalari majmualarini vujudga keltirish juda muhim. Boshqarish jarayoninig sifati, samaradorligi, ko`p jihatdan tehnologik jarayon haqidagi axborotlarni to`g`ri va yuqori aniqlikda aks ettiradigan o`lchov asboblari-datchiklarning bo`lishini talab qiladi. Datchikdan olingan axborotlar electron hisoblash va boshqarish sistemasiga undan ijro etuvchi elementlar sistemasiga ta`sir qiladi. ABTning elementlarini o`rganish orqali tizimni tashkil etuvchilarining xossalari va xarakteristikalari aniqlanadi. Demak ABT ma`lum funksiyani bajaradigan o`zaro bog`langan elementlardan iborat, bu elementlar birlamchi axborot olish, axborot signalini kuchaytirish, ularni boshqarish signaliga aylantirish, ijrochi elementlarga ta`sir ko`rsatish ya`ni majmuada barcha boshqarish jarayonini ta`minlaydi.ABTning elementlari bajaradigan funksiyasiga muvofiq 3 ta guruhga bo`linadi:
O`lchovchi element,ya`ni turli xil datchiklar ularning vazifasi:
boshqarish tizimida texnologik jarayon, atrof-muhit haqida axborot olish;
texnologik jarayon parametrlarinig zarur holati haqida axborot olish;
olingan axborotni keyingi qurilma foydalanishi uchun qulay signalga aylantirish.
O`zgartgichlar-datchiklardan kelgan signallarni qayta ishlaydi va ijrochi elementlar uchun boshqaruvchi signal ishlab chiqadi. Ularning asosiy funksiyalari:
signallarni dastlabki qayta ishlash (filtratsiya,ya`ni signaldagi shovqinlarni pasaytirish,signallarni standart qiymatga keltirish uchun me`yorlash;
signallarni bir formadan ikkinchi formaga o`zgartirish (modulyatsiya va demodulyatsiya) ya`ni signal bilan ishlash qulayligi ta`minlanadi;
boshqarish qonuniga muvofiq signallar bilan matematik operatsiyalar bajarish;
ijrochi elementlarning funksiyasini ta`minlash uchun signallarni quvvati bo`yicha kuchaytirish.
Ijrochi elementlar- boshqarish ob`ektiga bevosita ta`sir qilib uning holatini o`zgartiruvchi qurilma.
Har qanday guruh elementi kirish va chiqish signaliga ega. Kirish signali , fizik kattaliklarning oniy qiymati (temperatura, bosim, konsentratsiya, tok kuchi, kuchlanish). Sinusoidal yoki impulsli elektr kattaliklarning amplituda qiymatlari, fizik kattaliklarning chastotasi. Chiqish signali – kattaligi va xarakteri jihatdan har xil bo`lgan elektr signal.
Elementga kirish signali dan tashqari boshqa jarayonlar, ya`ni g`alayonlanishlar ta`sir qiladi. Element xossalarini aniqlash uchun unga kirish signali pog`onasimon signal beriladi, elementning bu signalga reaksiyasi o`tish xarakteristikasi deyiladi. Bu xarakteristika bo`yicha elementning statik va dinamik xossalarini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |