bilim kaliti
hisoblanadi. CHunki, uning yordamida
nafaqat nima, qaerda, balki nima uchun shu yerda va qanday degan savollarga javob
olinadi.
Umuman geografik o’rin hayotimizda doimo qo’llaniladigan tushunchadir,
qaysi bir boradigan yoki o’rganadigan ob’ektning qanday va qaerda joylashganligi,
mo’ljal bo’lib xizmat qiladi, bu tushuncha barcha uchun hamma vaqt va har doim
kerak. Geograflyaning o’zida esa u hududiy fikrlash, kartani yaxshi bilish, hududiy
munosabatlarni chuqur anglashni talab qiladi.
[8]
Yuqorida geografik o’riniing tarixiyligi, o’zgaruvchanligi, uning harbiy,
siyosiy va geostrategik ahamiyati to’g’risida gapirilgan edi. Darhaqiqat, geografik
o’rin ilmiy geografik determinizmning asosiy omillaridan biri sifatida jamiyatning
tarixiy rivojlantirish, uning markaz va qutblari, yo’l-yo’laklari shakllaniishda katta
xizmat qilgan. L.I, Mechnikov "Buyuk tarixiy daryolar va jaqon tsivilizatsiyasi"
asarida jamiyat rivojlantirishda uchta asosiy bosqichni ko’rsatadi.
Birinchisi,
daryo tsivilizatsiyasi
bo’lib, unda sug’orma dehqonchilik uchun
qulay bo’lgan daryolar ta’sirida fan va madaniyat, tashqiot markazlari vujudga
kelgan. Aynan ana shunday sug’orma dehqonchilik madaniyati Nil daryosining quyi
qismy - hozirgi Misr, ikki daryo (Tigr va Yefrat) oralig’i -Mesopotamiya, Hind va
Gang daryolari oralig’i qamda Huanxe daryosining quyi burilish qismi o’sha
davrning rivojlangan markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz –
Movarounnahr (Amudaryo - Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi
tomoni) ni va Xorazmni ham
markazlari bo’lgan, ularga o’zimizning yurtimiz -
Movarounnahr (Amudaryo Oksning arablar uchun "narigi", orqa, biz uchun bergi
tomoni) ni va Xorazmni ham qo’shishimiz mumkin. sababi, bu mintaqalarda ham
sug’orma dehqopchilik yaxshi rivojlangan, u bilan bog’liq fan va madaniyat
o’choqlari shakllangan,
Ikkinchi bosqich —
Urta dengiz madaniyati
bo’lib, u asosan savdo-sotiq,
Buyuk ipak yo’li bilan bog’liq tarzda rivojlangan. Snu davrda mazkur yo’l bo’yida
joylashgan hududlar, jumladan, Urta Osiyo shaharlarningining iqtisodiy geografik
o’rni nihoyatda qulay bo’lgan va ular gurkirab taraqqiy etgan, hozirgi Italiya
xududida qator savdo markazlari (Genuya, Venetsiya, Florentsiya va b.) yaxshi
rivojlanib borgan.
Qo’shnichilik munosabatlarida oraliq joylar ham katta imkoniyatlarga ega;
ular muhim boglovchi, "kontakt" vazifasini bajarib, har ikki tomon qulayliklaridan
samarali foydalaniladi. Bunday
geografik vaziyat
xususan shaharlarning
rivojlantirishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Jumladan, yangi, navqiron Navoiy
23
shahrining qadimgi Samarqand va Buxoro shaharlarningi o’rtasida joylashganligi
uning rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Navoiy respublikamiz yirik
____________________________________________
8
Hagget P. Geograhfie. –Bonn: «Cornelsen», 2001.
haharlarningi orasida bunday maqomga juda qisqa muddatda, tez erishdi (albatta,
bunga Qizilqum tabiiy resurslarining ta’sirini ham unutmaslik kerak).
Bunday
"oraliq shahar"
qonuniyatini juda ko’p uchratish mumkin.
CHunonchi, Jizzax Toshkent va Samarqand o’rtasida, G’ijduvon Navoiy va Buxoro
o’rtasida, Guliston Toshkent va Jizzax o’rtasida va h.k. Yana shunisi e’tiborliki,
qadimda yirik markazlar taxminam bir hil masofada barpo etilgan.
Bunga Volga daryosi bo’yida joylashgan Qozon, Saratov (Sariqtov), Samara,
Volgograd, Astraxan shaharlarningi misol bo’la oladi. O’rta Osiyoda ham Buxoro -
Samarqand, Samarqand -Toshkent, Samarqand - Xo’jand, Toshkent - Qo’qon,
Xo’jand -O’zgan, Xo’jand - O’sh o’rtasidagi masofa ham deyarli bir hil.
Avval ta’kidlanganidek, iqtisodiy geografik o’rin ayniqsa shaharlarning
rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shaharlarning, o’z navbatida, o’zlarining
iqtisodiy geografik o’rnini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, bunday imkoniyatlar
tabiiy holda barcha shaharlarningda bir hilda emas. Masalan, Termiz yoki Guliston -
Surxoidaryo aa Sirdaryo viloyatlarining ma’muriy markazlari turdosh funktsiyali
shaharlarning orasida nisbatan sustroq rivojlangan. Termizning siyosiy geografik
o’rni noqulay bo’lsa, Gulistonning qaysi bir ma’noda shahri azim - Toshkentga
yaqinligi uning katta markaz maqomida rivojlantirishga to’sqinlik qiladi (poytaxtning
rayon hosil qiluvchi va rayonga xizmat qiluvchi salohiyati, ta’sir doirasi Gulistonga
qaraganda ancha yuksak).
Do'stlaringiz bilan baham: |