Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi


Deduktiv xulosa chiqarish



Download 3,74 Mb.
bet35/123
Sana03.05.2023
Hajmi3,74 Mb.
#934781
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Falsafa Majmua

Deduktiv xulosa chiqarish
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiy qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub’ekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:

Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; ‑mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:

Aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo‘shinkori uning tasdig‘i bilan tengdir ” degan qoida amal qiladi.


Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob’ektiv xarakterga ega.
Ye. Hech bir ilmiy qonun sub’ektiv xarakterga ega emas.
II. Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub’ekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi:
Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart.
Juz’iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Almashtirishga misol:
A.Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.
I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.
Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi sub’ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish