Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi


-MAVZU. HUKM. XULOSA CHIQARISH. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI



Download 3,74 Mb.
bet33/123
Sana03.05.2023
Hajmi3,74 Mb.
#934781
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-Falsafa Majmua

9-MAVZU. HUKM. XULOSA CHIQARISH. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
Reja

  1. Mulohaza va uning turlari.

  2. Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari

  3. Analogiya va uning turlari

  4. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar.

  5. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.

  6. Mantiq ilmining nazariy va amaliy ahamiyati.



Tayanch so’zlar
Mantiq, bilish, hissiy bilish, aqliy bilish, tafakkur, tafakkur shakllari, tafakkur qonunlari; formal, dialektik va matematik mantiq. Predmet belgisi, termin , tushuncha, tushuncha mazmuni, tushuncha hajmi, tushunchalarni umumlashtirish, tushunchalarni chegaralash, tushunchani bo'lish, klassifikatsiya, sub'ekt (S), predikat (P), Isbotlash, rad etish, tezis, argument, isbotlash usuli, antitezis, isbotlash va rad etish qoidalari, isbotlash va rad etishda uchraydigan mantiqiy xatolar, sofizm, parodoks, parologizm, muammo, savol, javob, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi gipoteza, nazariya, aksiomatik nazariyalar, formal sistemalar.


Mulohaza (Hukm)
Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim.
Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi.
Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan.
Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz.
Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas, balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir.
Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u holda ular chin bo‘ladi, agar ular noto‘g‘ri bog‘lansa, yolg‘on hukm bo‘ladi. Bu o‘rinda yana shuni qayd etish lozimki, tushunchalarning, fikrlarning mazmuniga ko‘ra bir - biriga muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil mazmuniy tahlil kabi bo‘ladi. Mazkur zaruriy bog‘lanishlar aksariyat hollarda rasmana mantiq doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi.
Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish mazmunan chin va yolg‘on bo‘lishidan qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur. Zotan, fanning eng muhim vazifasi haqiqatni izlab topishdir. Masalan, «Hayot - DNK va RNK kabi moddalarning harakat usulidir», desak, u holda chin muhokama yuritgan, binobarin, muhokamamizni fan yutuqlariga asoslagan bo‘lamiz. Mabodo, «Hayot g‘ayritabiiy kuch ehsondir", deganimizda yolg‘on muhokama yuritgan bo‘lamiz. Chunki, tabiatdagi biror narsa, jumladan, hayot ham g‘ayritabiiy kuch i’nomi bo‘lmaydi.
Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan bo‘ladi. Masalan, «Toshmatov abadiy dvigatelning asoschisi» deyilsa, u holda bu muhokama yolg‘ondir. Chunki, Toshmatov ham Eshmatov ham yoki boshqa biror jahonning mashhur tadqiqotchisi ham mazkur kashfiyotni bunyod etmaganligi, qolaversa, uni ixtiro qilib ham bo‘lmasligi tabiiy - ilmiy fanlarning rivojlanishida dalillar asosida isbotlangan. Ammo, «Jinoyatni noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) sodir etdi» deyilsa, bunday muhokamada ifodalangan fikr muammolidir. Chunki, fan hali NUJ larni o‘rganib, ular sodir etadigan jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo bo‘lishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmoqda, lekin mazkur hodisani tekshirib ko‘rishning iloji yo‘qligidan, ularni haqiqiy isbotlangan hodisalar sirasiga qo‘shib bo‘lmaydi.
Demak, hukmda in’ikos etadigan buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar fanda aniqlangan bulishi zarur. Shundagina muayyan bilimlardan oldin fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan xulosalar kelib chiqishi mumkin.
Hukm o‘zbek mantiqiy adabiyotida ba’zan muhokama deb ham yuritiladi. Hukm va muhokamani biz ham muqobil tushunchalar kabi qo‘llaymiz.
Hukm - tushunchalar orasidagi belgiga, munosabatga, mavjudlikka oid jihatlarning chin yoki yolg‘onligini tasdiq yohud inkor shaklida ifoda etadigan tafakkur shaklidir.
Hukm tafakkur shakli bo‘lsa-da, uni so‘z birikmasi orqaligina ifodalash mumkin. Shu bois hukm va gap bir -biri bilan bog‘liqdir. Hukm - grammatik qurilma hisoblangan gapda namoyon bo‘lsa, gap esa mazmuniga ko‘ra muayyan fikrlardan iboratdir.
Ma’lumki, gaplar darak, so‘roq, buyruq. va undov gaplarga bo‘linadi. Mazkur gaplarning atigi bittasi - darak gapgina tugal fikrni ifodalab, hukmga muvofiq keladigan fikrni anglatadi.
So‘roq buyruq va undov gaplarda mukammal bog‘lanishli tugal fikrlar ifoda etilmaganligi uchun ular hukm ma’nosini namoyon eta olmaydi. Chunonchi, darak gapdagi «O‘zbekiston Respublikasi - kelajagi buyuk davlat» fikri mukkamaldir. Ammo «Kim bor», «Onani seving»! «Kun naqadar sovuq». kabilar so‘roq va undov gaplarda tugal fikrni ifodalamaydi. Ammo barcha tushunchalarda bo‘lganidek, ana shu gaplarda ham muayyan mazmun, fikr bo‘ladi. Lekin, mazkur fikrlar hukm ko‘rinishida bo‘lmaydi. Chunki ulardagi gap atigi bir tushuncha orqali ifodalanadi. Hukm bo‘lishi uchun gapda, hech bo‘lmaganda ikkita bir -biri bilan tasdiq yoki inkor ma’nolarida munosabatda bo‘luvchi tushunchalar mavjud bo‘lishi zarur.
Hukm tafakkur shakllari orasida muhim o‘rin tutadi. Hukm narsa va hodisalar, ularning turli belgilari, xususiyati va munosabatlari h,aqidagi bildirilgan tasdiq yoki inkor shaklidagi fikrdir. Hukm ham tafakkurning boshqa shakllari singari ob’ektiv-voqelik in’ikosi natijasidir.
Tasdiq yoki inkor shaklda bo‘lishi va bir hukmning xarakterli belgisi. Hukmning asosiy vazifasi narsa va hodisalarning xususiyat va munosabatlarini ko‘rsatish hamda ularga xususiyatning xosligini ta’kidlashdir. Shuning uchun hukm o‘ziga xos bo‘lgan tasdiq o‘rtasidagi ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. Shuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukm chin bo‘ladi. Chunki, bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga muvofiq kelmaydi. Masalan, «Atom - moddaning bo‘linmas zarrachasidir» deksak noto‘g‘ri hukmdir. Atom murakkab moddiy sistemaga ega bo‘lib u yadro va elektronlarga bo‘linadi. Atomning yadrosi ham bo‘linadi, bu yadro protondan va neytrondan iborat. «Yer quyosh atrofida aylanmaydi» desak, bu ham hukm darajasiga kiradi. Chunonchi, geliotsentrik nazariyaga ko‘ra, yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi degan qonun hukmdordir.
Hukm tushuncha bilan yaqin munosabatdadir, chunki ular bir - biridan ajralgan holda mavjud bo‘la olmaydi. Tushuncha va uning belgilari hukm asosida mavjud bo‘la olmaydi. Tushuncha va uning belgilari hukm asosida vujudga keladi va rivojlanadi. Tushunchaning hukmdan farqi, unda tasdiq xolati yo‘qligidir. Masalan, metal, paxta, o‘simlik, yumshoq kabi tushunchalarni olaylik. Ular kutgan fikrni bermaydi, ya’ni ular o‘rtasidagi munosabat, biror buyumga, biror belgi bor yo‘qligi haqida fikr bermaydi. Agar «Paxta yumshoq o‘simlikdir» desak bu fikrdir, chunki paxtada yumshoqlik belgisi borligi tasdiqlab aytilmoqda.
Hukmni tahlil etish orqali buyum va buyum belgisini aks ettiruvchi xislatga ega ekanlingini bilib oldik. Hukmlarni o‘rganishda ularning tuzilishidan boshlamoq zarur. Bunda hukm terminlariga e’tibor bermoq lozim. Odatda, har bir hukmning uch asosiy elementi bo‘ladi. Hukmning birinchi elementi mantiq ilmida sub’ekt, ikkinchisi predikt (logikada mantiqiy ega sub’ekt, mantiqiy kesim predikat deb ataladi), uchinchi elementni bog‘lovchi deb ataladi.
Agar «Bug‘doy g‘alla ekinlarining bir turidir» desak, bu mulohazada hukm sub’ekti yoki egasi «Bug‘doy» tushunchasi, hukm predikati yoki kesimi esa «G‘alla ekinlarning bir turi» bo‘ladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Logikada hukmning umumiy tizimi quyidagicha ifodalanadi: S-r, bunda S subekt (ega), R-predikat (kesim) simvoli bo‘lib «-» esa sub’ektini predikat bilan bo‘lgan munosabatni ifodalovchi bog‘lovchidir.
Ega va kesim egalari bir buyumga taalluqli bo‘lib, uning turli belgilarini aks ettiradi. Odatda, sub’ekt oldingi hukmlardan aniq bo‘lgan belgilarni, predikat esa yangi belgilarni ifodalaydi. Har bir hukm uchun ega va kesimning zarur bo‘lishi ularning alohida - alohida bo‘lgan ahamiyatini inkor etmaydi. Ularning hukmdagi vazifalari turlichadir.
Har bir hukm asosiy vazifa hukmning kesim elemetlarida bo‘lmog‘i lozim, chunki kesim hukmda asosiy mantiqiy maqsadni ifodalash vazifasini bajaradi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lovchidir. U sub’ekt va predikatni bir biri bilan bog‘laydi hamda hukmning shakllanishiga yordam beradi. Demak, bog‘lovchi hukmning tarkibiy qismidir. Boshqacha aytganda, bog‘lovchi yordamida buyumdagi belgi buyumning ob’ektiv xislati ekanligini bilib olamiz. Masalan, «G‘ayrat- odamdir» degan hukmdan bog‘lovchi «dir» «emas», ya’ni tasdiq yoki inkor ma’nosidagi so‘zlar bilan ifodalanadi.
Demak, fikrni to‘g‘ri yoki xatoligi har bir kishining o‘z mulohazasiga qarab emas, balki ob’ektiv birlikka mos kelishiga qarab belgilanadi va shundagini biror fikr to‘g‘risida aytilgan tasdiq yoki inkor to‘g‘ri bo‘ladi.
Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa, sodda, aksincha, bir necha sodda hukmlardan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hukm bo‘ladi. Sodda va murakkab hukmlar o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Murakkab hukmlar hukm turli mantiqiy bog‘lovchilar «yoki», «agarda», «unda», «va», «kam», «faqat», «bundan» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar yordami bilan sodda hukmlardan tuziladi. Masalan, «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti», «Kitob bizning do‘stimiz» kabilar sodda hukmga misol oladi.
Murakkab hukmlar bir necha sodda hukmlardan tashkil topib, qa’tiy yoki shartli shakllarda ifodalanadi. Masalan, «Bu odam» desak murakkab hukm bo‘ladi.
Mulohazalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy hukmlarning miqdor va sifati bo‘yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Umumiy tasdiq hukmlar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar».

  2. Umumiy inkor hukmlar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S-P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha Ye harfi bilan belgilanadi.

  3. Juz’iy tasdiq hukmlar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba’zi S-Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.

  4. Juz’iy inkor hukm bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «ba’zi talabalar sport bilan shug‘ullanmaydilar». Uning formulasi «ba’zi S-P emas» bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi.

Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko‘ra, o‘zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Hukmlarda terminlar (S va P) to‘liq yoki to‘liqsiz hajmda olingan bo‘ladi. Termin to‘liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to‘liq mos bo‘ladi yoki mutlaqo mos bo‘lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to‘liq hajmda olingan bo‘lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo‘ladi:
1. A – Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekti hammavaqt to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «hamma insonlar tirik mavjudotdir».
Bu hukmning sub’ekti – «inson», predikati – «tirik mavjudot» tushunchasidir, «hamma» - umumiylik kvantori. Bu hukmning sub’ekti to‘liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to‘g‘risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to‘liq kirishadi. Uning predikati to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi.

Download 3,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish