2. AXBOROT XOSSALARI
Axborotning erkin foydalanish, ishonchliligi, to’liqliligi, samaradorligi, moslashuvchanligi, relevantligi, tashqi ta’sirlarga bardoshligi, dolzarbligi, tezkorligi, obyektivligi, barqarorligi, mazmundorligi va hujjatlarga asoslanganligi kabi xossalarini ko’rib chiqaylik.
Axborotdan erkin foydalanish xossasi qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga axborotdan qulay va erkin foydalanish imkoniyatini belgilaydi. Agar axborotdan erkin foydalanish xossasi buzilsa, foydalanuvchi undan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo’ladi va natijada tegishli qaror qabul qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |