Ma’ruza № 2. AXBOROTLARNING IQTISODIYOT VA JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI ROLI
Reja:
Axborot: asosiy tushuncha va ta’riflar;
Axborot xossalari;
Iqtisodiy axborotning tasniflanishi va xususiyatlari;
Tashkilotning axborot resurslari;
Boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari.
Тayanch so’zlar va tushunchalar: axborot, iqtisodiy axborot, axborot jarayonlari, birlamchi axborot, tashqi axborot, direktiv axborot, ichki axborot, chiquvchi axborot, ikkilamchi axborot, rekvizit, axborot o’lchov birliklari.
AXBOROT: ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
Axborot tushunchasi lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, bayon etish, xabardor ekanlik degan ma’noni anglatadi. Axborot — tabiatdagi obyektlar, hodisalar, ularning xususiyatlari, holatlari haqidagi ma’lumotlar to’plami bo’lib, obyektlar yoki hodisalar haqidagi mavhumlik darajasini kamaytirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |