Тabiiy resurslar – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan obyektlar, jarayonlar, tabiat sharoitlari, jarayonlari, obyektlaridir.
Mehnat resurslari – jamiyatda ishlash uchun umumta’lim va kasbiy bilimga ega kishilar.
Moliyaviy resurslar – davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir.
Energetik resurslar – energiya omillari, masalan, ko’mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazo.
Axborot resursi – bu axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasidan iborat.
Shuni qayd etish lozimki, har qanday ko’lamdagi tashkilotning kerakli darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o’zi yetarli emas. Chunki ishlab chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bo’lishning o’zi kifoya qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida ko’plab axborotga ham ega bo’lish talab etiladi. Shu bois ham axborot, axborot resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.
Agar, axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o’rinli foydalanilsa, u mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko’zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayondir.
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko’p qirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
axborotlarning mazmuni;
axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki;
jismoniy shaxs mulki;
axborotlarga kirish imkoniyatlari bo’yicha: ochiq, yopiq, mahfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;
axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, tahliliy, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar – ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda:
katta hajmdagi axborotlarni ixcham holatda saqlash;
axborotlarni tezkor izlab topish;
uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati;
bitta axborot tashuvchisida turli xildagi axborotlarni saqlash;
bibliografik va to’liqmatnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish;
faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma’lumotlar bazasining paydo bo’lishi.
Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:
barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va hozirgi vaqtda yaratilayotgan birlamchi hujjatlar;
to’liq matnli ma’lumotlar bazasi;
kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yiғiladigan, chop etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar;
yaratilgan bibliografik mahsulotlar;
faktografik ma’lumotlar bazasi;
tahliliy ma’lumotlar;
axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar;
kompyuter tarmoqlari aloqalari;
axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy vositalar va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish;
axborot mahsulotlarini yaratadigan, saqlaydigan va foydalanadigan tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |