Axborotning dolzarbligi xossasi qaror qabul qilish uchun axborotdan foydalanish paytida uning qimmatlilik xossasi saqlanib qolinishi darajasi bilan aniqlanadi. Ushbu xossa axborot paydo bo’lgan vaqtdan boshlab undan foydalanish paytigacha bo’lgan vaqt oralig’iga bog’liq.
Axborotning tezkorligi xossasi vaqt o’tgach axborot eskirishi va dolzarbliligini yo’qotishini aks ettiradi. O’z vaqtida qabul qilinib, tahlil qilingan va foydalanilgan axborot salbiy holatlar va oqibatlarning vaqtida oldini olish yoki yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatlrini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |