Tabiiy ofat, avariya va fojealarda talafot kо‘rganlarga tibbiy yordamni tashkil etish.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat kо‘rsatish tizimi о‘zining samarasizligini kо‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam kо‘rsatish bilan tibbiy ta’minot (sog‘liqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari о‘rtasidagi nomutanosiblikning barcha sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga kelishi bо‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bо‘ladigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talofot olganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talofoti ommaviy tusga kirib, katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklarni tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mо‘ljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish kо‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi (SHTYODIM) tashkil etildi. О‘z navbatida respublikaning barcha viloyatlarida ham SHTYODIMning filialllari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. SHTYODIM va uning mintaqavi filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bо‘linma: 1 - tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2 - maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat kо‘rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan о‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha kо‘p qutqarishdir.
Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga – boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat kо‘rsatib, u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bо‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi.
Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari tо‘liq bartaraf etilguncha faoliyat kо‘rsatadilar.
Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini – amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bо‘g‘inini kechiktirib bо‘lmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (1-bosqich), hamda SHTYODIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM – saralash – evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa – ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini – ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalarni о‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan о‘rtacha halokatlar sodir bо‘lganda faoliyat kо‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan kо‘chma gospitallar ishga solinadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yо‘nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xatti-harakat qoidalarini о‘rgatishdan iborat.
«Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning vazifalari. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam kо‘rsatishni tashkil etishda halokatning miqyosi va sanitariya talofotining hajmiga qarab belgilanadi. Albatta tabbiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talofoti katta miqyosida bо‘lganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondoshuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talofot о‘chog‘ining о‘zida yoki unga yaqin bо‘lgan joyda tibbiy yordam kо‘rsatilishi lozim bо‘ladi.
Katta miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:
Shikastlangan о‘choqlarni tibbiy razvedka qilish;
Jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
Jabrlanganlarni saralash;
Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;
Tibbiy yordam berish va davolash.
Shikastlangan о‘choqlarni razvedka qilishda – aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining soni, talofot darajasi, yо‘llar va suv manbalarining mavjudligi, hamda ularning ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi.
Jabrlanganlarni qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan – bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi, hamda iloji boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillarning bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, о‘t о‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qismlarning xodimlari hamda kо‘ngilli fuqarolar bajaradilar.
Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Saralash – tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda yordam kо‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlarni transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi.
Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish – talofot olganlarning shikastlangan о‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam kо‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi tо‘ldiriladi va yaradorlarni transport vositalari (temir yо‘l, avtomobil, suv va havo yо‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi.
Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar kо‘rsatiladi.
Shunday qilib shikastlangan о‘choqda qolgan jabrlangan aholi tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin ketin kо‘rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam. Shikastlangan о‘choqlarda talаfot olgan fuqarolarga shu joyning о‘zida hayotiy kо‘rsatkichlarga muvofiq kо‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. О‘z vaqtida va tо‘g‘ri kо‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojini oldi olinadi.19-rasmda ayrim turdagi favqulodda hodisa sodir bo’lganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam usullari keltirilgan.
Albatta bu yerda favqulodda vaziyatning shikastlovchi omillarni tо‘xtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarni о‘chirish, yonayotgan, gazga tо‘lgan uylardan olib chiqish va boshqalar) choralarni kо‘rgan holda xatti-harakat qilish kerak.
Talаfot olgan kishini tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishda shifokor quyidagi tartibdagi tekshiruvlarni о‘tkazadi:
Og‘iz bо‘shlig‘i va yuqori nafas yо‘llarini tekshirish (og‘izni begona narsalardan tozalash);
Nafas olish harakatlarini tekshirish (о‘pkaga sun’iy nafas berish va yurakni bevosita uqalash);
Qon tomirlari butunligini aniqlash (qon tomirlaridan oqayotgan qonni tо‘xtatish, ayniqsa arterial tomirlardan);
Yurak-qon tomir tizimini tekshirish (tomir urishini);
Sezgi a’zolarini tekshirish;
Shikastlangan kishini nutqini tekshirish.
Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqti – shikastlangan vaqtdan boshlab 30 minggacha, nafas olishi tо‘xtagan bо‘lsa 5-7 minutgacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30 minut ichida birinchi tibbiy yordam kо‘rsatilsa, ularning umumiy ahvolining og‘irlashuvi ikki barobarga kamayadi.
Demak, jarohat olganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish vaqti nihoyatda muhim hisoblanadi.Ma’lumotlar kо‘rsatishicha, jarahotlanganlarga bir soat mobaynida yordam kо‘rsatilmasa о‘limga sabab bо‘lish 30 foizga, 3 soatgacha yordam kо‘rsatilmasa 60 foiz va 6 soatgacha yordam kо‘rsatilmasa 90 foizgacha ortadi.
Birinchi tibbiy yordamni jarohat olgan kishining о‘zi yoki uning yonida bо‘lganlar (aholi, san drujinachilar yoki fuqaro muhofazasi hodimlari) kо‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |