10-§. NOVDA
1. Qo`shimcha kurtaklar qayerda bo`ladi? – ildizda, bargda.
2. Topinambur nima? -- tugunak.
3. Kartoshka qanday kurtakdan o`sadi? -- uchki kurtakdan.
Shakli o`zgargan yer usti novdalar qaysilar? -- 1) qulupnayning jingalagi, 2) bodring gajaklari, 3) do`lana
tikanlari.
4. Shakli o`zgargan yer usti novdalari nima hosil qiladi? -- jingalak, gajak, tikan.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
23
5. Shakli o`zgargan burglar qaysilar? – no`xat gajaklari, akatsiya tikani, zirk tikani.
6.
Barglarida ozuqa modda saqlaydigan o`simliklar? -- piyozbosh, karam, aloe
.
7. Poyasining uzunligi 400 metrga yetishi mumkin bo`lgan poya?.-- Rotang palmasi
8. Ajriq, ituzum, yantoq, saksovul kabi o`simliklarni poya shaklini yozing.
(jadvaldagi 51-bet)--1.ajriq-o`rmalovchi; 2. ituzum-tik o`suvchi ; 3. yantoq-tik; 4.saksovul-yonboshlab o`suvchi.
9. Avstraliyadagi evkaliptlarning bo`yi?--150 (155) metr.
10. Bahorda barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadigan o`simliklar?—1.terak, 2.chinor, 3.tut,
4.jiyda, 5.atirgul, 6.na`matak.
11.
Bahorda dastlab gul kurtaklaridan gul yozilib, so`ngra barg kurtaklaridan barg chiqadigan o`simliklar?—
1.o`rik, 2. bodom, 3. olxo`ri, 4. olcha, 5. shaftoli.
12.
Bargli poya?-- jiyda, do`lana.
13.
Besh yoshli archaning bo`yi?--10-15 sm.
14.
Bir nechtadan ko`zi bor, olma kabi yuzi bor. U nima—kartoshka.
15.
Bir yoz davomida 10 metrgacha o`sadigan poya?-- tok.
16.
Bo`g`im nima va bo`g`im oralig`i deb nimaga aytiladi?-- novdalarda barg birikkan joy bo`g`im: ikkita barg
oralig`i bo`g`im oralig`i deyiladi.
17.
Danakni danak dema…..?-- unda azim daraxt bor.
18.
Daraxt poyasi nima deb ataladi?-- tana.
19.
Daraxt va o`t o`simliklarning ustuni nima deb ataladi?--- (daraxtlarda) tana (o`tlarniki) poya.
20.
Elaksimon naychalar qayerda joylashgan?-- lub tolalari orasida.
21.
Epiderma necha qavat hujayradan iborat?-- bir qavat
22.
Faza nima?-- kurtaklarning bo`rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma`lum bir vaqt ichida o`tishi.
23.
Fazoda joylashishiga qarab poyalar necha xil bo`ladi?—1.tik o`suvchi, 2. ko`tarilib 3.o`suvchi, 4.o`ralib.
24.
G`umayning bargi qanday shaklda bo`ladi?-- qalami nashtarsimon.
25.
G`umay poyasining balandligi?-- 50-150 sm.
26.
Ildizpoyada nimalar bo`ladi?--- qo`shimcha ildiz, shakli o`zgargan barg va kurtak.
27.
Ildizpoyali o`simliklar?—1. g`umay, 2. qamish, 3. ajriq, 4. yalpiz, 5.gulsafsar, 6. shirinmiya.
28.
Ildizpoyasi va urug`idan ko`payadigan o`simlik?.-- g`umay
29.
Ingichka naychalar poyaning yog`ochligidan tashqari yana qayerda uchraydi?-- lup tolalarida
30.
Ipsimon poya?--pechak.
31.
Kaliforniyadagi sekvayadendronning bo`yi?--130-135 (142) metr.
32.
Kalta poyali o`simlik bu-?--piyoz.
33.
Kambiy hujayralari qachon yirik (1) qachon mayda (2) bo`ladi?.-- bahorda –yirik(1); yozda-mayda(2).
34.
Kambiy hujayralarining bo`linish usuli?-- uzunasiga tik bo`linadi (ekvatorial).
35.
Kartoshka tuganagida shakar qaysi moddaga aylanadi?-- kraxmalga.
36.
Ko`tarilib o`suvchi poya?-- sebarga.
37.
Ksilema qavatidan oldin qaysi qavat joylashgan?-- kambiy.
38.
Kurtagi nisbatan mayda bo`lgan o`simliklar?-- tut, tol, qayrag`och, o`rik, olma.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
24
39.
Kurtagi nisbatan yirik bo`lgan o`simliklar?—1. terak, 2. chinor, 3.soxta kashtan, 4.nastarin.
40.
Kurtak bu?-- boshlang`ich novda.
41.
Kurtaklar novdada necha xil joylashadi? --- 3 xil 1.ketma-ket (navbatma-navbat) 2.qarama-qarshi 3.halqa
hosil qilib.
42.
Kurtaklar qanday xillarga bo`linadi?-- mayda, yirik, turli.
43.
Lub qavatidan keyin qaysi qavat joylashgan?-- kambiy.
44.
Mirzaterakning balandligi?-- 20-25 metr.
45.
Nima uchun kuz kelganda novdalarning rangi qo`ng`ir, qizg`ish rangga kiradi?--- po`sti qalinlashadi va ostida
po`kak hosil bo`ladi.
46.
Nima uchun yog`ochlik lupga nisbatan enli bo`ladi?.-- bo`lingan kambiy hujayralarning ko`p qismi ichki
tomonga o`sib yog`ochlikni hosil qiladi, qolgan qismi esa tashqariga o`sib lubni hosil qiladi.
47.
Novda nima?.-- daraxt, buta va yarim butalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi.
48.
Novda qaysi qismlardan tuzilgan?-- kurtaklar, bo`g`im oralig`i, bo`g`im, poya.
49.
O`raluvchi (chirmashuvchi) poya?-- qo`ypechak, karnaygul (qo`shimcha: rotang palmasi).
50.
O`rmalovchi poya?-- qulupnay, g`ozpanja.
51.
O`simlik ustuni nima?-- poya.
52.
O`t o`simliklarning tanasi nima deb ataladi?-- poya.
53.
O`zbekistonda nisbatan sekin o`sadigan daraxtlar?—1.nok, 2.do`lana, 3.qatrong`i, 4.pista.
54.
O`zbekistonda tez o`sadigan daraxtlar?—1.tol, 2.terak, 3.chinor, 4.yong`oq, 5.gilos.
55.
Organik moddalarning o`simlik bo`ylab harakatlanishida qaysi qavat muhim rol o`ynaydi?-- lub qavati.
56.
Piyozbosh o`simlik deb nimaga aytiladi?-- tuproq orasida piyoz hosil qiladigan o`simliklarga.
57.
Piyozning poyasi qayerda joylashgan bo`ladi?-- tubida.
58.
Piyozning seret barglari shakli o`zgargan ….bo`lib ularning hujayrlarida oziq moddalar to`planadi.
59.
Po`st asta-sekin po`kaklasha boradi va …hosil bo`ladi?—po`stloq
60.
Po`st ostidagi qavat?--lub yoki floema.
61.
Po`st parenximasi necha qavat hujayradan iborat?-- ko`p qavatli
62.
Po`stning po`kaklashishidan nima hosil bo`ladi?-- po`stloq.
63.
Poya deb nimaga aytiladi?—o`simlikning er usti organlarini o`zaro bog`lab ularni ildiz bilan bog`lovchi
tayanch organ.
64.
Poyalarning xilma-xil bo`lishining afzalligi (ya`ni nimaga imkoniyat beradi)?---Ma`lum bir maydonda ko`p
sondagi o`simlik turlariga o`sish imkoniyatini beradi.
65.
Poyaning ko`ndalang kesimini tartib bilan ko`rsating.---po`stloq (epiderma) lub (floema)→kambiy→
yog`ochlik (ksilema)→o`zak.
66.
Poyaning qaysi hujayralari doimo bo`linib turadi?-- o`sish konusidagi hujayralar.
67.
Poyaning qaysi qavati floema deb ataladi?-- lub.
68.
Poyaning qaysi qavati shakli, o`lchami har xil bo`lgan hujayralardan tashkil topgan?--- ksilemada
(yog`ochlikda).
69.
Poyaning vazifasi?—1. o`simlikning yer ustki qismini subustratda ushlab turadi,
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
25
2. ildizdan va bargdan kelayotgan moddalar o`tkazish vazifalarini bajaradi.
70.
Qanday poyali o`simliklarda har yili yangi kurtaklar hosil bo`ladi?.-- yog`och poyali
71.
Qanotli poya?--burchoq.
72.
Qattiq poyalar?—1.qayrag`och, 2.zarang, 3.saksovul, 4.yulg`un, 5.yong`oq, 6.eman, 7.o`rik.
73.
Qaysi o`simlik poyasida bir yilda bir nechta halqa hosil bo`ladi?-- saksovul.
74.
Qaysi bir yillik o`simliklarda lub tolalari kuchli rivojlangan?-- kanop, zig`ir.
75.
Qaysi oila vakillari aprel oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o`sib turaveradi?---sho`radoshlar
76.
Qaysi poyalar yer yuzasida qo`shimcha ildizlar chiqarib o`sadi?-- o`rmalab o`suvchi poyalar.
77.
Qipiqsimon bargli poya?-- saksovul, qandim.
78.
Rotang palmasi qayerda o`sadi?— Janubiy Osiyoning tropik o`rmonlarida.
79.
Sekvoyadendronning 5 kg mida nechta urug` bo`ladi?---980000
80.
Sekvoyadendronning 5 ta qubbasida nechta urug` bo`ladi?---10000
81.
Sekvoyadendronning pastki qismi yo`g`onligi qancha?-- 46 metr.
82.
Shakli o`zgargan yer osti novdalarning muhim biologik ahamiyati?-- noqulay tashqi muhitdan saqlaydi,oziq
moddalar to`playdi,vegetativ ko`payishda ishtirok etadi.
83.
Shakli o`zgargan yer osti poyalarga qaysilar kiradi?—1. piyozbosh, 2. tugunak, 3.ildizpoyalar.
84.
Shoxlanmagan poya?-- palma.(6-sinfdan dala qirqbo`g`imi bahorgi poyasi ham).
85.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kurtaklar qaysi oydan boshlab bo`rta boshlaydi?-- yanvar
86.
Suv va unda erigan oziq moddalar va organik moddalar qayerda harakatlanadi?---yog`ochlik naylarida;
lubning elaksimon naylarida.
87.
Tanasi sekin o`sadigan daraxtlar?—1.nok, 2. shamshod, 3. archa.
88.
Tanasi tez yog`onlashadigan daraxtlar?—1.tol, 2.terak, 3.chinor, 4.yong`oq, 5.shotut.
89.
Terakning kurtagi novda qanday holatda joylashadi va qaysi qismidagi kurtak maydaroq bo`ladi?-- navbat
bilan, novdaning pastki qismidagi.
90.
Terakning kurtaklari tashqi tomonidagi qobiqning vazifasi?-- qishda qattiq sovuqdan, kasallik tug`diruvchi
bakteriya va zamburug`lardan.
91.
To`rt qirrali poya?--rayxon.
92.
Tuganaklar qanday sharoitda tez ko`karadi?-- issiq, sernam sharoitda.
93.
Tuganaklarni ko`rsating.—1.kartoshka, 2. batat, 3. shoyigul.
94.
Tugunak kurtaklari qayerda joylashgan?-- tugunakdagi chuqurchalarda.
95.
Tut novdasida yasmiqchalar qachon hosil bo`ladi?-- yozning ikkinchi yarmida
96.
Uch qirrali poya?—xilol (salomalaykum)
97.
Uzunasiga kesib qaralgan terak kurtagi necha qismdan iborat?.-- 3 qismdan: 1.boshlang`ich poya
2. boshlang`ich barg 3.qobiq
98.
Vegetativ va generativ kurtak deb nimaga aytiladi?-- agar novdada barg va kurtakdan iborat bo`lsa,
vegetativ kurtak: Agar novdada gul paydo bo`lsa, generativ yoki “gulli novda” deyiladi.
99.
Yasmiqchalar nima?—novda, poyaning nafas olish og`izchalari.
100. Yo`g`onligi 10-11 m gacha boradigan poya?-- chinor, yong`oq.
Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov
@biologiya_fardu telegram kanali
26
101. Yog`ochlar qanday turlarga bo`linadi?-- qattiq, yumshoq, og`ir, yengil.
102. Yog`ochligi yumshoq daraxtlar?—1.tol, 2.terak, 3. jiyda.
103. Yosh novdalarning o`zak hujayralari …bo`ladi?-- tirik bo`ladi
104. Yoyilib yoki palak otib o`suvchi poya?—1.qovoq, 2. qovun, 3. tarvuz, 4. bodring,
5. temirtikan.
99. Qo`shimcha ildiz yana qaysi o`simliklarda uchraydi?—piyozda va ildizpoyali
o`simliklarda.
100. G`umay o`simligini yo`qotish uchun qanday tadbir amalga oshiriladi?-- 1.yerni chuqur
haydash 2. ildizpoyalarini terib tashlash kerak.
101. Piyoz tarkibida qanday moddalar bor?—1. Shaker 2. Darmondorilar (vitaminlar)
3. kasallik qo`zg`atuvchi mikroblarni qiruvchi moddalar (fitonsidlar).
102. Yovvoyi piyoz qayerda ko`p o`sadi?—O`zbekistonning tog`li tumanlarida (rayonlari)
103. Kartoshkada kraxmal qayerda xosil bo`ladi?—tuganakda shakarning o`zgarishidan.
104. Yillik xalqalarning vazifasi?—1. daraxt yoshi bilish mumkin. 2. qanday sharoitda
o`sganligini 3. Kompos vazifasini (sharq va g`arblarni)
105. Qaysi daraxtda lup tolasi juda ko`p?—tut.
106. Yozning ikkinchi yarmida sodir bo`ladigan jarayon?—tut poyasida yasmiqchalar hosil
bo`ladi.
107. Ildiz uzun yog`ochligi qattiq daraxt?—yong`oq.
108. Kselemasi qattiq bargi mayda qipiqsimon o`simlik?—saksovul.
109. Ayrim daraxtlarning o`zagi…?—yumshoq, yoki chirigan bo`ladi.
110. Novdaning qaysi qismida odatda organic moddalar to`planadi?—o`zak hujayralarida.
111. Mebel tayyorlanadigan daraxtlar?-- 1.qayrag`och, 2.zarang, 3.saksovul, 4.yulg`un,
5.yong`oq, 6.eman, 7.o`rik.
112. kambiy hujayralariga xos xususiyat?—1. nam va yopishqoq 2. hujayra sitoplazmasi
bor. 3.yosh nozik
113. Poyaning qaysi qavati doimo bo`linib (ko`payib) turadi.?—kambiy.
114.Terak o`simligiga tegishli belgilar ?—1. barglari erta to`kiladi 2. kurtagi yirik
3. poyasi yumshoq 4.tanasini yuqori qismi qurib, pastdan yangidan o`sib chiqaveradi.
5.bo`yi 20-25 metr. 6. o`q ildiz sistemasiga ega.
115. Evkalipt o`simligi qayerda o`sadi?—Avstraliyada.
116. To`rt qirrali poyaga ega bo`lgan o`simlikni ustuni nima deb ataladi?—poya.
Do'stlaringiz bilan baham: |