Marshrutizatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash
Ishdan maqsad:
Marshrutizatorlarni sozlashdan oldin tarmoqni tuzilishini
hisobga olish va marshrutizatorning interfeyslar xolatini o‘rganish
Nazariy qism
Marshrutizator yoki router – bu ikki va undan ortiq turli xildagi tarmoqni bir-
biri bilan bog’lab beruvchi qurilmadir. Marshrutizator dastur va qurilma ko’rinishida
bo’ladi. Dastur ko’rinishidagi marshrutizator oddiy shaxsiy kompyuterga
o’rnatilgan va unga ikkita turli tarmoq ulangan bo’ladi. Bu ko’rinishdagi
marshrutizator bizdan ortiqcha mablag’ talab qilmasada, ishonchli hisoblanmaydi.
Chunki kompyuterni har doim ham yoqig’ holatda saqlab bo’lmaydi. Shuning uchun
ham
qurilma
ko’rinishidagi
routerlar
afzaldir.
Eng sodda routerda, kamida 2 ta port mavjud bo’ladi. Biri WAN port hisoblansa,
ikkinchisi LAN port hisoblanadi. WAN portga turli tehnologiyalarga mansub
tarmoq – xDSL, Frame Relay, ATM va boshqa kabilar ulanishi mumkin. LAN
portga Ethernet texnologiyasiga tegishli tarmoq ulanadi. Hozirgi kunda router ishlab
chiqaruvchi firmalar soni kundan kunga ko’payib bormoqda. Cisco, Tp-link, D-link,
Tenda, Zyxell, Fast, Telmax va boshqalar shular jumlasidandir. Endi routerning
ishlash prinsipini ko’rib chiqsak. Siz honadoningizga o’rnatadigan ADSL modemlar
ham router hisoblanadi. Bu modemlar ko’pi bilan 8 Mbit/s tezlikni ko’tarib bera
oladi. Ammo hozirgi abonent liniya tarmoqlari bu tezlikni ko’tarmaydi.
Boshqariladigan routerlar nafaqat ikki tarmoqni bir biri bilan bog’lab beradi, balki
sizning lokal tarmog’ingizni tashqi hujumlardan himoya vazifasini ham bajarib
beradi. Ularda tarmoq ekrani – firewalllar mavjud bo’lib, ular yordamida sizning
tarmog’ingizga ruhsatlarni berishi mumkin. Shu bilan birga router sotib
olayotganingizda, uning Wi-fi router ekanligiga e’tibor bering. Chunki
honadoningizda wi-fi bilan ishlay oladigan qurilmalar mavjudligi yoki bo’lmasam
kelajakda albatta sotib olishingiz mumkinligini inobatga oling.
Router marshrutizasiya jadvaliga asoslangan holda ishlaydi. U ikki hil
ko’rinishda bo’ladi: dinamik marshrutizasiya va static marshrutizasiya. Dinamik
marshrutizasiya, ko’rinishidan qulay, uni sozlash shart emas. U o’ziga ulangan
barcha qurilmalar tog’risida ma’lumotni saqlaydi. Vaqti – vaqti bilan tarmoqqa
paketlar jo’natib turadi va ulardan qaytgan javob orqali tarmoqni hotirasida quradi.
Ammo bu routerni ko’proq ishlashiga sabab bo’ladi(yuklama ko’payadi). Havsizklik
jihatda ham mukammal deb bo’lmaydi. Statik marshrutizasiya esa tarmoq
havfsizligining barcha talablariga javob beradi. Unda tarmoq marshruti avvaldan
yozib qo’yiladi. Barcha paketlar ushbu route bo’yicha harakat qiladi.