Ramazon oyida iftorlik qilish odat tusiga kirib qolgan marosimlardan hisoblanadi. Iftorlik marosimini o‘tkazmoqchi bo‘lgan xonadon sohibi ramazon oyida biror kunni belgilaydi va ro‘zadorlarni ziyofatga taklif etadi. Iftorlik marosimi o‘tkazishning tub mohiyati kambag‘allar, beva-bechoralar, yetim-esirlar qornini to‘ydirishdan iborat. - Ramazon oyida iftorlik qilish odat tusiga kirib qolgan marosimlardan hisoblanadi. Iftorlik marosimini o‘tkazmoqchi bo‘lgan xonadon sohibi ramazon oyida biror kunni belgilaydi va ro‘zadorlarni ziyofatga taklif etadi. Iftorlik marosimi o‘tkazishning tub mohiyati kambag‘allar, beva-bechoralar, yetim-esirlar qornini to‘ydirishdan iborat.
Mavlud (mavlud an-nabiy). Islomda keyinroq Muhammad (s.a.v) payg‘ambarimizning tug‘ilgan kuni (Rabiul-avval oyining 12-kuni) Mavlud (mavlud an-nabiy) – nishonlana boshlangan. Mavlud kuni duolar o‘qilib, payg‘ambarimiz sha’niga madhiyalar aytiladi, diniy she’rlar o‘qiladi, dindorlar yig‘inlari uyushtiriladi, sadaqalar beriladi. - Mavlud (mavlud an-nabiy). Islomda keyinroq Muhammad (s.a.v) payg‘ambarimizning tug‘ilgan kuni (Rabiul-avval oyining 12-kuni) Mavlud (mavlud an-nabiy) – nishonlana boshlangan. Mavlud kuni duolar o‘qilib, payg‘ambarimiz sha’niga madhiyalar aytiladi, diniy she’rlar o‘qiladi, dindorlar yig‘inlari uyushtiriladi, sadaqalar beriladi.
Bayramlardan asosiy maqsad – musulmonlarni islom dini asosida birlashtirish bo‘lgan. Bayram o‘tkaziladigan joylarda “Amri ma’ruf” kabi diniy marosimlar uyushtirilgan. Ba’zan podshoh va hukmdorlar o‘z olijanobligini ko‘rsatish maqsadida bu joylarda xalq uchun katta ziyofatlar ham berishgan. - Bayramlardan asosiy maqsad – musulmonlarni islom dini asosida birlashtirish bo‘lgan. Bayram o‘tkaziladigan joylarda “Amri ma’ruf” kabi diniy marosimlar uyushtirilgan. Ba’zan podshoh va hukmdorlar o‘z olijanobligini ko‘rsatish maqsadida bu joylarda xalq uchun katta ziyofatlar ham berishgan.
- Xulosa qilib aytganda, islom dinidagi bayramlar xursandchilik, tinch-totuvlik, mehr-oqibat ko‘rsatish, shukrona qilish kunlaridir. Bu ulug‘ kunlarda qarindoshlar, yor-birodarlar bir-birlarini ziyorat qilishib, tabriklashib, hol-ahvol so‘rashi xayrli ishlardan sanaladi.
Adabiyotlar : - Adabiyotlar :
- Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.
- Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar, I tom, – T., 1968.
- Religioznie traditsii mira. V 2 tomax. M., 1996.
- Mahmud Sattor. O‘zbek udumlari.- T.: Fan, 1993. - 240 b.
- Qoraboyev Usmon. O‘zbek xalqi bayramlari. –T.: Shark, 2002. -240 b.
- Jabborov I. O‘zbek xalqi etnografiyasi. - T.: O‘qituvchi, 1994. -312 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |