Hajv ichida hajv. Maxmurga xos ijodiy fazilatlardan bin hajviy qahramonni avval shoirning o'zi yaxshilab tanishtiradi, "fe'lu fazilatlarini" ta'rif, tavsif etadi so'ngra qahramonni o'zmi gapirti-radi, o'z tilidan o'zini fosh ettiradi, yanada aniqrog'i, syujetli she'rlar siklini yoki yangi hajviy-badiiy shaklni vujudga keltiradi. Bu bilan ifodalamoqchi bo'lgan fikrini o'quvchiga yengil yetkazishga harakat qiladi. Bizningcha, shoir bu bilan o'ziga xos yangi usul bilan maqsadiga erishadi. Binobarin, quyidagi "Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari" she'rida ham aynan shu manzarani ko'ramiz.Maxmurning satirik qahramonlaridan biri — Avj laqabli Muhammad Rajab degan qozi. Aslida qozi unvoniga ega bo'lgan kishi har taraflama yaxshi fazilatlar egasi bo'lishligi, ayniqsa, shariat ilmini tola bilishligi va unga amal qilishligi lozim bo'ladi. Ammo shoir qahramoni qozi Rajab esa buning mutlaqo aksi:
Ajab qoziyi kohili johili,
Bo'lub omilik ilmiga komili...
Adamdur alif anda ko'p izlama,
Bu nar xarni qozi debon sizlama.
Demak, she'r qahramoni qozi johillik, omilikda kamol topganlardan, mutloq ilmdan bexabar, hatto ilmsizlikda birinchilardan, shuning uchun "sizlashga" va hurmatga loyiq emas. Uning mutlaqo savodsiz ekanligini xalq og'zidagi "qornini yorsang alif ham chiqmaydi" degan ifoda bilan bildiradi. Shuningdek, xalq tilidagi bu ifodani adabiy tilga olib kiradi. Shoir qozi Rajabning salbiy xususiyatlarini fosh qilar ekan, unga nisbatan nafratini ifodalash maqsadida "nar xar" deya haqoratli iborani ishlatib yuboradi. Maxmur adabiy tilimizga zid bo'lgan bunday haqoratomuz so'zlarni doim ham ishlatmaydi. Bu yerda qozi Rajabni to'la fosh etish uchun bunday jargon so'zdan foydalangan. Maxmur hajviy qiyofa yaratar ekan, uning kulgili ifodasiga erishishda o'z san'atkorligini namoyish qiladi:
Chiqib ar-ari qaddi chandon uzun,
Bo'lur saqfi gardung'a qilsang stun.
Kesib bir shitolangni ham ikki yo'l,
Ravon ayla Jayhun-u Sayhunga pul, —
misralarida Muhammad Rajabning "saqfi gardun", ya'ni falak shiftiga ustun bo'ladigan, Jayhun-u Sayxunlarga ko'prik o'rnini bosa oladigan kelishimsiz, uzundan uzun bo'y tasvirini berish bilan hajviy timsolning beo'xshov qomati haqida o'quvchiga tasavvur beradi. Shuningdek, misralarda qo'llangan mubolag'a (g'uluv) qozining tashqi ko'rinishini bo'rttirib kulgi yaratishga xizmat qilgan. Maxmur mazkur hajviyada qahramonning salbiy illatlarni satirik tarzda tasvirlar ekan, uning ma'naviy qiyofasini kulgi zaminida yoritadi. Shu ma'noda tubandagi "Qozi Muhammad Rajab Avjning o'zi to'g'risidagi g'azali" asari ham yuqoridagi "Qozi Muhammad Rajab Avj sifatlari" asarining tadrijiy davomi bo'lib, hajviy qahramonimiz qozi Rajab o'zi haqida shunday deydi:
Qozilikda jam'i qilgan pulni savdo aylasam,
Asfalasofil degan davrida bozorimni ko'r.
To adamdan azmi dunyo ayladim yuz voykim,
Qo'ymadim olamda bir кип nafsi qahhorimni ko'r.
Mana shu tarzda shoir "Hoji Niyoz sifatlari" masnaviysida ham hajviy qahramon Hoji Niyozni hajdek ulug' ibodatga da'vogarligidan, haj taomillarini risoladagidek ado etmasdan turib o'zini "hoji" deb bilishidan achchiq kuladi:
Tutar o'zini hojiyi Makka ham,
Borib man degay Makkaga yakka ham.
Nishonida yo'q zarrai fayzi hal,
Ani hoji desang erur bul haraj.
Maxmurning mazkur qahramonga munosabati "G'azali Hoji Niyoz"da davom etadi va shoir Hoji Niyozni e'tiqodga xiyonatkor, tili-yu dili bir bo'lmagan iymonda sustkash, amalda "fazlaxo'r" (sarqitxo'r) kishi deb hisoblab, Hoji Niyozni" fazlaxo'ri iloh o'zim", "mu'tarifi gunoh o'zim", "luqmaxo'ri pagoh o'zim", "tamaxo'ri gunoh o'zim" deya johil kimsa ekanligiga iqror qildiradi va o'zini o'ziga tanitadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |