Marosim folklori


"Zarbulmasalning badiiy qurilishi



Download 1,22 Mb.
bet46/79
Sana12.12.2022
Hajmi1,22 Mb.
#883824
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
тахлаш кк

"Zarbulmasalning badiiy qurilishi. "Zarbulmasal" — origi­nal asar. U mumtoz adabiyotimizda nutqiy xazina. Negaki, unda "tesha tegmagan", "oxori to'kilmagan" iboralar, mazmundor maqollar asarni bezabgina qolmay, adabiy tilimizni boyishiga, nutqimizni shakllanishiga muhim xizmat qiladi. Muallif maqol va iboralarni o'rni o'chog'ida topib qo'llaydi, lekin har doim ham maqollarni bir xilda bermaydi, ba'zan maqollar aynan berilmay, uning ma'nosi jumlalar qatiga singdirib beriladi. Masalan, "Taqsir afandim, xato qildim. Og'iz oshga yetganda burni qonagan men bo'laman", "Sening sirka tilarga lab-lunjing yo'q ekani ma'lum", "Men seni Boyo'g'li deb eshitib erdim, eshitganim ko'rgandek emas ekan" kabilar. Kezi kelganda, Gulxaniy fors-tojik tilidagi "Avval taom, so'ngra kalom" ("Avval taom, ba'daz kalom"), "Shayxning hunari bo'lmasa, xonaqoh tang" ("Shayxro hunar nest, xonaqoh tang ast"), "Issiq jon isitmasiz bo'lmas" ("Tani garm be dard nest") maqollaridan ham foydalanadi. Asarning badiiy jihatdan mukammalligi yana shunda ko'rinadiki, o'z fikrini quvvatlashda mumtozlarimiz ijodiga ham murojaat qiladi, Hofiz, Navoiy asarlaridan parchalar keltirishi fikrimiz dalilidir. "Zarbulmasal"dagi majoziy obrazlarning xatti-harakatalarini ham o'zlariga xos qilib tasvirlashi asarning zavq-shavq bilan o'qilishini ta'minlaydi. Masalan, Ko'rqush Boyo'g'linikiga sovchilikka borganida, mehmonni kutib olish voqeasi shunday tasvirlanadi: " Zamondin so'ng Boyo'g'li kelganidan ogoh bo'lib, aning oldiga chiqib, "...Xush kelibsiz, safo kelibsiz" deb ta'zim va tavozu' birla ko'rishib, bir-birining yuzini cho'qishub, Boyo'g'li Ko'rqushni uyasiga qo'ndurdi..."
Asarda muallif o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, istiora, majoz, takror kabi tasviriy vositalardan o'rinli foydalangan. Chunonchi, Gunashbonuni chiroyi quyidagi mubolag'a va o'xshatish orqali tasvirlanadi: "Ammo Boyo'g'lining bir qizi bor erdiki, mehri xovariy yuziga banda erdi: Orazidin shams-u qamardur xijil, So'zlaridin shahd-u shakar munfail..., ...va ul qiz oftobi olamtobdek har xomni pishirur, hech maxluq ani kunduzi ko'rmoqqa chorasi yo'q erdi". Yoki Boyo'g'lining uyidagi "xatti-harakatlarni", nog'orachi va doirachilarning bazmga tayyorgarlik ko'rishlarini ko'rsatish uchun real turmushdan o'xshatishlar tanlaydi, ya'ni raisning namozdan qochgan kishini urishi, o'g'rining orqasini o'ta toblashi kabi: "Andin so'ng Boyo'g'li bazm asbobini tuzub... mehmondorlik rasmini barpo tutdi. Mug'anniylar sozlarining qulog'iga go'shmol uchun qo'l solib, toblay berdilar. Bir-ikov naqora orqasiga darra birla kohili namozni urgan raisdek ura berdilar va o'tga daf orqasini o'g'rining orqasin toblag'ondek toblay berdilar". Shuningdek, asarda tabiat manzaralarini ham turli badiiy bo'yoqlarda ustadona tasvirlaydi:
Bor edi ko'p ne'mati alvonlari,
Hurramu ma'mur edi hayvonlari.
Zulfkabi sunbuli xushbo'ylari,
Rohatijon erdi oqar suvlari.
"Tuya bilan Bo'taloq" masalidagi tabiat tasviri quyidagicha ifodalangan:
Fasli tamiz erdi, havo ko'p isig',
Yo'lda temurdek edi qumlar qiziq...
Xullas, Gulxaniy "Zarbulmasal"da qushlarning o'zaro murakkab munosabatlarini turli detallar, tasviriy vositalar yordamida tasvir etar ekan, bu orqali o'z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratib, real voqelikka obektiv baho beradi.
Muhammad Sharif Gulxaniyning mavjud asarlari uni o'zi yashab turgan zamon nafasi bilan bir qatorda kelajak orzulari ila yashab ijod etgan shoir ekanligini tasdiqlaydi.


Tayanch tushunchalar:



  • Gulxaniy

  • Zarbulmasal

  • Bo’taloq

  • Najjor

  • Kashmir

  • Sangpusht



Savol va topshiriqlar:



  1. Gulxaniy yashab ijod etgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot qanday edi?

  2. Shoirning "Ber menga" radifli she'rini yod o'qing va uning mohiyatini sharxlab bering.

  3. Gulxaniyning hayotiy kechinmalari badiiy aks etgan asarlarini ko'rsating va tahlil qiling.

  4. Masal deb qanday asarga aytiladi?

  5. "Maymun bilan Najjor", "Tuya bilan Bo'taloq", "Toshbaqa bilan Chayon" masallarida qanday g'oya ilgari surilgan?

  6. Gulxaniy o'zbek adabiyoti taraqqiyotiga qanday hissa qo'shdi?

Adabiyotlar:



  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish