Marosim folklori



Download 1,19 Mb.
bet61/78
Sana14.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#550917
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Adabiy hayot. XIX asrning II yarmi — XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti mumtoz adabiyotimizning an'analarini saqlaganr o'zida yangiliklar yaratib, XX —XXI asr adabiyoti uchun poydevor bo'lgan adabiyotdir. Bu davr adabiyotida mumtozlarimiz qo'llagan tur va janrlar (g'azal, ruboiy, tuyuq, muammo, muxammas, musaddas, muamman, masnaviy, ta'rix kabilar) bilan bir qatorda sayohat taassurotlari tasviri sifatida sayohatnoma (Muqimiy, Furqat, Nodim) janri, she'riy hikoya (Muqimiy, Furqat) janri, maktubot (Mu­qimiy, Nodim) janrlari inkishof etildi va rivojlantirildi. Va yana matbuotning maydoni publitsistika va badiiy ocherk kabi turlari paydo bo'lishi uchun omil bo'ldi. Mazkur davr ijodkorlaridan Yusuf Saryomiy (1845—1912), Ziyovuddin Haziniy (1867— 1923) tasavvuf g'oyalarini kuylagan so'nggi shoirlar bo'ldi.
Tadqiq etilayotgan davr adabiyotiga yangi ruh, yangi g'oya kirib keldi. Adabiyotning mavzu doirasi kengaydi, mazmun tarkibi o'zgardi. Davr adiblarining aksariyati o'z asarlarida mahalliy boy va amaldor to'ralarning o'tkazgan zulmkorlik siyosatidan to'ygan xalqning achchiq qismatinigina kuylab qolmay, bu zulmdorlarni aniq ko'rsatgan, kirdikorlarini aniq adresi bilan ob'yektiv, real tasvirlarda ayovsiz fosh etib, achchiq kulgili lavhalar yaratdilar. Demak, badiiy adabiyotda hajviyotning o'ziga xos tomoni pay­do bo'ldi va taraqqiy etdi. Davr adiblari millat qayg'usi va uning muammolarini ko'tarib chiqibgina qolmay, balki uning yechimini ham topdilar va bu yechim millat onggi va tafakkurini isloh qilish va shu mazmundagi asarlar yozishda deb bildilar. Shoirlarimiz xalqning iztirob va qayg'ulari, orzu-istaklari bilan qadam-baqadam bordilar.
Yangi davr adabiyoti ijodkorlarining aksariyati zullisonayn shoir sifatida ijod qildilar, chunki ularning deyarli ko'pchilik qismi madrasa ko'rgan va arab, fors-tojik, hatto ba'zilari rus va ajnabiy tillarni ham yaxshi bilgan. Zullisonaynlik an'anasi izchil davom etayotgan bu davrda, albatta, tarjimachilik maktabining ham paydo bo'lishi tabny-Xorazmda Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniy, Toshkentda Al" inaiy, Samarqandda Sidqiy Xondayliqiy, Siddiqiy Ajziy, Vasliy Samarqandiy kabi ijodkorlar tarjima maydonida munosib ijod qildilar. Adabiy-madaniy harakatchilikning bosh markazi sifatida Toshkent har jihatdan tez taraqqiy eta boshladi. Xiva, Qo'qon, Sa-inarqand, Buxoro shaharlarida ham adabiy harakat va taraqqiyot ixiavsumi yuqori bosqichda bordi.
Xiva adabiy-madaniy hayotida shoh va shoir Muhammad Rahimxoni Soniy Feruz (1844— 1910) rahnamoligida rivoj topdi va taraqqiy etdi. Uning tashabbusi bilan bosmaxona paydo bo'ldi, tarjima maktabining, tazkirachilik an'anasining yangi shakllari paydo bo'ldi. Bu zamon va makon K.Xorazmiy, Feruz, Bayoniy, Tabibiy, Avaz О'tar va shu kabi adabiy-badiiy tafakkurning ulug' siymolarini yetishtirib berdi.Tadqiq etilayotgan davr tabiatning achchiq qismati va uning barobarida keng shafoatiga duch keldi. Achchiq qismatini yuqorida ko'p gapirdik. Taqdirning marhamati nimada ko'rinadi? Qarangki, bu vaqtdagi Xiva hukmdori Feruz O'rta Osiyo xonlari orasida eng aqllisi va ziyolisi ham yaxshi shoiri bo'lgan. U o'z saroyida baquvvat adabiy muhitni maydonga keltirdi. Bu maydon qanchadan-qancha adabiyot, she'riyat va san'at muhiblari-ni kashf etdi. Ahmad Tabibiy (1869-1911), Muhammad Rasul Mirzo (1840-1922), Avaz О’tаг (1884-1919) kabi shoirlar shu davrada yetishib, kamol topdilar.
Buxoroda ham aynan shu davrda siyosiy hayotnigina emas, adabiy hayotning ham e'tiborli kishisi bo'lgan Amir Abdulahadxon (1859-1910) hukmdor edi. Uning amirlik davri 1885-1910 yillarda, ya'ni yurtda ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham adabiy hayot qaynayotgan, murakkab va ziddiyatli davrga to'g'ri keldi. Abdulahadxon—"Ojiz" taxallusi bilan she'rlar yozgan sohibi devon shoir. Shuningdek, Buxoroda Afzal maxdum Pirmastiyning "Afzali ut-tazkor fi zikrish-shuaro val ash'or" ("Shoirlar va she'rlar haqida Afzal tazkirasi") (1904), Ne'matulla Muhtaram (1910), Mirsiddiq Hashmat va Abdilarning "Tazkiratush-shuaro" kabi tazkiralari ham Abdulahadxonning rag'bati va rahnamoligida dun -yoga keldi. Buxoroda adabiy hayot mana shu tarzda kamol topdi Ko'ringanidek, ikki makonning ikki hukmdori qalam sohibi adabiyotga daxldor vakillardan bo'lgan. O'z-o'zidan ma'lumki, yurtda adabiy-madaniy hayot hech qanday to'siqsiz ravnaq topganligi, ularning xizmati va rag'bati bilan qancha-qancha yangi nomlar va yangi asarlar kashf etililganligi tayin. Bu,albatta, tabiatning ko'rsatgan in'omi bo'ldi.
Qo'qon adabiy muhiti esa vodiy shoirlari bilan yana to'lgan 'edi. Furqat (1854- 1909), Muqimiy (1850- 1903), Zavqiy (1853-1911), Muhayyir (1845-1918), Usmonxo'ja Zoriy (1839- 1916), Muhyi (1853-1921), Hazmiy (1867-1923) kabi ko'lami keng, yuqori maqomdagi davraga marg'ilonlik Xo'ja Jonxo'ja Rojiy (1839-1918), namanganlik Nodim Namangoniy (1844-1910), Ibrat (1862- 1937), xo'jandlik Toshxo'ja Asiriy (1864- 1916), sayramlik Yusuf Saryomiy (1845—1912), toshkentlik Karimbek Kamiy (1865— 1922)larning qo'shilishi davraga fayz va o'zgacha ruh, yangi mazmun va yangi shakllar olib kirdi. Do'stlar davrasi, she'r shukuhi va kuy avji ijtimoiy voqelik bilan yo'g'rilib, uning ifo-dasi she'riyatning yangi shakllarida, yangicha talqinda hosil bo'ladi. O'tkir hajvlar, rus istibdodiga oshkoro isyonlar (Furqatning "Munojati musaddas"i, "Begim" g'azali, "Bo'ldi" radifli muxammasi) shu davraning mahsuli bo'ldi.
Komil Xorazmiy (1825-1899). Muhammadniyoz Komil 1825-yilda Xivada ziyoli oilasida tug'ildi. Zamondoshlari uni "Niyozmuhammad", "Polvonniyoz", "Matniyoz" deb ham chaqirishgan. "Komil" (etuk, mukammal ma'nosini beradi) adabiy taxallusi bo'lib, "Xorazmiy" tug'ilgan makoniga nisbatan olingan. Bo'lajak shoir yoshligidanoq madrasa tahsilini mukammal egalladi, arab, fors tillarini o'rgandi, she'rlar mashq qildi. 25-30 yoshlaridayoq shoir sifatida tanildi, hatto zamonining ulug'laridan bo'lgan Ogahiydek shoirning nazariga tushdi va uning "Gulshani davlat" kitobidan o'rin topdi, 1856-yilda Xiva xoni Said Muhammad Rahimxon Komil Xorazmiyni saroyga tortadi va uni saroy xattoti qilib tayinlaydi. Muhammad Rahimxoni Soniy Feruz hukmfarmonligi davrida esa mirzaboshilik (xattotlarga boshliq) lavozimida ishladi.
Mutaxassislarning ma'lumotiga qaraganda, Komil Xorazmiy Moskva, Peterburg shaharlarida bo'lgan. 1891, 1896- 1897-yillarda Toshkentga ham kelgan. Umrining oxirlarida shoirning ko'zi ojizlanib qoladi. Tosh­kentga ikkinchi marotaba kelganida ko'zini davolatadi, biroq foydasi bo'lmaydi. 1899-yilda Xivada 74 yoshida vafot etadi.
Komil Xorazmiy tadbirkor davlat arbobi, zo'r xattot, ajabtovur musiqago'y, mohir tarjimon va navras fikrli shoir edi. Komil Xorazmiy qo'lyozmalarni ko'chirish, kitob tayyorlash ishlarini qoyilmaqom qilib bajardi. Hatto o'z davrida nomdor shogiralar yetishtirdi. Davlat arbobi sifatida esa o'tkir siyosatdon edir ya'ni "Gandimiyon shartnomasi" nomi bilan tarixga kirgan Rusiya va Xiva xonligi o'rtasidagi shartnomaning asosiy tashkilotchisi ham Ko­mil Xorazmiy bo'lgan.
Musiqa san'atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiy bastakor sifatida ham shuhrat topdi. U "Murabbai Komil", "Peshravi Ko­mil" kabi kuylar yaratdi. Bu kuylar "Rost" maqomiga bog'lab yaratilgan va notaga ko'chirilgan. Komil Xorazmiy Barxurdor bin Mahmud turkman Farohiy (adabiy taxallusi Mumtoz)ning "Mahbubul-qulub" ("Ko'ngullarning sevgani") (XVIII), Faxriddin Ali Safiyning "Latoyifut-tavoyif" ("Turli toifalarning latifalari") (XVI) asarlarini o'zbekchalashtirib, Xorazm tarjima maktabiga salmoqli hissa qo'shdi va uni quvvatlantirdi.
Komil shoir sifatida xalq e'tibori va e'tirofiga sazovor bo'ldi. U sharqning devon tuzish an'anasini davom ettirgan sohibi devon shoir edi. Shoir devonidan g'azal, ruboiy, mustazod, murabba (to'rtlik), muxammas, musaddas (oltilik), musabba (ettilik), muammo kabi lirik janrdagi she'rlar o'rin olgan. Uning "Sen-sizin, ey dilrabo, jannatda g'ilmon bo'lmasun", "Meni Majnun bo'lubman bir pari ishqida devona", "Ohkim, bir sarvi gulruxsora oshiq bo'lmisham" misralari bilan boshlanuvchi she'rlarida an'anaviy yor ishqini kuylasa, "Ahbob" ("Do'stlar"), "Oftob", Hadis" radifli g'azallarida axloq, pand-nasihat masalalariga alohida e'tibor qiladi, "Fuzalo" ("Fozillar"), "Shuaro" ("Shoirlar"), "Ju-halo" ("Johillar") singari she'rlarida esa ilm-fan va ijod ahlining og’ir va ayanchli hayotidan, zamon adolatsizliklaridan noliydi. Bir so'z bilan aytganda, Komil Xorazmiy ijodi va faoliyati XIX asr o'zbek adabiyotining o'ziga xos yorqin sahifasini tashkil qiladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish