Marosim folklori



Download 1,19 Mb.
bet56/78
Sana14.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#550917
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
Mavzu Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja

Ogahiy lirikasi. "Ta'viz ul-oshiqin" devoni. Ogahiy mohir tarjimon, zo'r tarixchi bo'lishi bilan birga el suygan lirik shoir ham edi. Uning 18000 misra nazm javohirlari jamlangan "Ta'viz ul-oshiqin" devoniga kirgan she'rlari ijtimoiy mazmun salmoqdorligi nasihatomuz o'g'itlarni mujassamligi, satrlar silsilasida bedilona falsafa hukmronligi bilan oJzbek adabiyotida badiiy xazina sifatida qadr tolib kelmoqda. Shuningdek, shoirning o'zi devon debochasida o'z nazmining inohiyati haqida quyidagilarni yozadi: "...Toza she'r tafakkuri bodasin ichib, goho o'zimga keldim, goho o'zimdin ketdim. Va har hoi bilan necha muddatlar ko'p mehnat va mashaqqatlar chekib, aksari ash'orimni jam etib devon suratida bir necha avroq suturiga bitdim. Chun borchasi dardi rshq o'tining harorati bila og'ishta va shavqu muhabbat asarining siroyati bila sirishta va oshiqlar g'amining taskiniga sabab va dardmandlar alamining tahfifiga mujib erdi. Lojaram, agar ishq va dard ahlining qo'liga tushsa, ta'viz yanglig' ixloslari bo'yunlarig'a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangez mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi marazig'a nav'i shifo topar erdilar". Demak, Ogahiy she'rlari — oshiqlar qalbiga yaqin, g'amiga taskin, dardlariga shifo, bo'ynilariga tumor. Shoirning istagi ham shu edi, shuning uchun ham u devonni "Ta'viz ul-oshiqin", ya'ni "Oshiqlar tumori" deb atadi. Shoir o'zi aytganidek,
Ogahiy, dilso'z nazmingni eshitsa ahli ishq,
Bo'ynig'a tavizdek aylarlar ash'oringni band.
"Ta'viz ul-oshiqin"da sharq mumtoz adabiyotining o'n to'qqiz janridagi asarlar mujassam. Ular 470 g'azal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba', 4 musamman, 4 tarje'band, 7 qit'a, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma', 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri ta'vil, 1 munojot, 1 savol-javobi oshiq va ma'shuq, 20 ta'rix, 19 qasidadan iborat. Devonda 1300 misradan ortiq forsiy she'rlar ham uchraydi.
Devondagi she'rlarning mavzu ko'lami keng. Unda davr va ahli davr hayotining tasviri real lavhalarda berilgan:
Xarob o'lsun ilohi gumbazi davvori charxi dun,
Ki doim davri kajdur, tavri shum, hayati vojgun.
Aning kajmvligi tasiridindur bu jahon ichra,
Jafo ahli hamesha xurram-u ahli vafo mahzun.
Ul gado holig'a rahm et, ey g'anikim, kechalar
Qochurub uyqusin aylar diydasin giryon sovuq.
Lirik qahramon siymosi orqali umumxalq dard-u hasratini izhor qilar ekan, davr va davr elidan norozi bo'ladi, natijada shoirning tushkun, hazin kayfiyati baytlargada ko'chadi. Ogahiy inson taqdiriga munosabat masalalarini kuzatar ekan, ijodkor va iming ijodi, hunarrnand va uning hunari qadrsizligidan kuyunadi:
Har damda адат so'zdin yuz durr-u guhar sochsang,
Bir ko'hna xazaf chog'liq topmas el aro qiymat
Yoki:
Ko'r Ogahiy hunaru fazl qadrsizlig'ini,
Ki qotg'oli oshig'a topmas ahli donish do'g'.
Hayotni ziyraklik bilan kuzatgan shoir bu paytlarda jamiyatdagi tengsizlikdan, har narsa va har kim o’z o'rnida emasligidan, ilm ahlining kamsitilib, e'tiboran chetda qolganidan, aksincha, savodsiz va badavlat kimsalar esa hurmat-izzatdaligidan g'ashlanadi:
Odam uldur bu jahon ahli aro,
Qaysi hayvorming esa Simu zari.
Kirmagay zarsiz kishilik soniga,
Sadiy o'lsun fazl aro yo Anvariy.
Shoir zamona ziddiyatlari, zo'ravonligi, adolatsizligi bilan murosa qilolmaydi. Ter to'kib ishlamay, mehnatkashlar hisobiga kayf-safo qilib hayot kechiruvchilarni qoralar ekan, ranju mashaqqatlarga giriftor bo'lgan zamondoshlarining og'ir ahvolidan achinadi:
Tarab bazmi aro bekorlar doim qilib ishrat,
Hamesha xizmat ahli mubtalodur ranj-u mehnatg'a.
shunday "bekor'lar, nodonlar aysh-ishratda, e'zozdaligini, "ahli donish", "tab'i raso" kishilar xorlikdaligini har qadamda uchratgan Ogahiy bu mavzuga qayta-qayta kuyunib murojaat qiladi:
tfodon aziz-u, muhtaram-u, lek xordur,

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish