Faqat u xaridor sotib olishi yoki xohlashi mumkin bo‗lgan bahodan Yuqori bo‗lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo‗li Bilan erishishi mumkin». Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish Xarajatlaridan past bo‗lishi mumkin emas, negaki, hech kim o‗z zarariga Ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o‗rtasidagi barqaror Muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab Chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o‗rnatiladi». Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg‗arish natijasida Vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital, deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko‗payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib Keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular yeyishi
Do'stlaringiz bilan baham: |