|
Hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda
|
bet | 43/43 | Sana | 31.08.2021 | Hajmi | 31,61 Kb. | | #161130 |
| Bog'liq iqtisod
Hisoblanadi. Agar ishchilar bu narsalarga ega bo‗lganda, ularda Mahsulotni boshqa birovlar bilan bo‗lishishga zarurat bo‗lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo‗lmaganligi uchun ular ekvivalentning Bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini–muallif) ushbu narsalarga Egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk Doirasidan yer chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli Hisoblanmaydi). Ijtimoiy masalalar. Ko‗pchilik klassiklarning konsepsiyasida Mehnatning qiymati ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo‗lgan Narsalarning qiymati bilan aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga
141
Bog‗liq holda mehnat qiymati atrofida tebranib turadi. Bu qonunning Amal qilishi kishilarning xohishiga bog‗liq bo‗lmaydi va shuning uchun Yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun yo‗naltirilgan har Qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini Yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo‗yilmasini kengaytirish (mehnatga Talab oshadi) yoki aholi o‗sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) Bilan amalga oshirilishi mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillarni Yoqlab chiqqan bo‗lsada, ammo keyinchalik undan voz kechadi. Sotsialistlar g‗oyasining ta‘siri va taqsimot qonunlarining tarixiy Xarakterini tan olishi (tarixiy bo‗lganidan ularni o‗zgartirish mumkin) Ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz Kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari Surdi va o‗z takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o‗z ichiga oladi: Ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish yo‗li bilan Yollanma mehnatni tugatish J.S.Mill fikricha, mehnatga bo‗lgan Qiziqishni yo‗qotadi. Shuning uchun kapitalistik korxonalar o‗rniga Kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir vaqtning O‗zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining Rivojlanishi, Kapitalistik Korxonalarning Foydasini Taqsimlashda Ishchilarning ishtirok etishi tarafdori bo‗lgan. Yer rentasini yer solig‗i yordamida umumlashtirish. Renta Yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid. Renta yer Egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha Jamiyatga tegishli bo‗lishi kerak. J.S. Mill mayda yer egalarini qo‗llab-quvvatlaydi. Uning Fikricha, o‗z yerida ishlovchi ko‗pchilik dehqonlar renta to‗lashdan Ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan Farqli ravishda haddan tashqari o‗z oilasini kengaytirishga moyil emas. J.S. Mill o‗zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi Individual erkinlik bilan Yer sharidagi tabiiy boyliklarga egalik Qilishning umumiyligini va mehnat daromadlarida barchaning baravar Ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi. Bunda u go‗yoki bir- Biriga qarshi ikki yo‗nalish: iqtisodiy erkinlik prinsipi bilan ijtimoiy Adolat prinsipini birlashtirmoqchi bo‗lgandek tuyuladi. Ijtimoiy Yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini Ko‗rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|