Ijtimoiy siyosatga munosabat. «Nufus qonuni to‗g‗risida tajriba» Asarining yozilishiga U.Godvinning «Ijtimoiy adolat to‗g‗risida» ocherki Sabab bo‗lgan. Unda daromadlarning adolatsiz taqsimlanishi – Kambag‗allikning asosiy sababidir, deb ko‗rsatilgan va taqsimot Mexanizmini takomillashtirish taklif etilgan. T.Maltus esa ijtimoiy Siyosatning hukumat va boshqa jamiyat tashkilotlari tomonidan olib Borilishiga qat‘iy qarshi bo‗lgan. Uning fikricha, kambag‗allarga Bo‗lgan xayrixohlik ularning ahvolini yaxshilashga qodir emas, balki Faqat Vaziyatni Keskinlashtiradi. Aholining Quyi Tabaqalariga Ko‗rsatiladigan moliyaviy yordam qisqa muddatli samara beradi va shu Bilan aholining o‗sishini rag‗batlantiradi. Ammo bu unga muvofiq Ravishda oziq-ovqat mahsulotlarining ko‗payishiga olib kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |